Ishlab chiqarish funksiyasi - Sarflanadigan ishlab chiqarish omillari miqdori bilan, ushbu omillardan foydalangan holda maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ishlab chiqarish funksiyasi orqali ifodalash mumkin.
Q = f (K, L, M)
Izokvanta – bu bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziqdir.
Izokosta chizig‘i – bu ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi chiziq bo‘lib, u umumiy qiymati bir xil bo‘lgan ikkita ishlab chiqarish omillari sarflarining barcha kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalarni o‘z ichiga oladi.
Doimiy resurslar -ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan va ko‘rib o‘tilayotgan davr mobaynida o‘zgarmas holatda qoladigan resurslardir. Ularga ishlab chiqarish maydonlari (bino yoki inshoat o‘lchami), yuqori malakali mutaxassislarning mehnati va o‘ziga xos bilimi misol bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: |