Glossariy



Yüklə 7,73 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü7,73 Kb.
#165788
GLOSSARIYfalsafa

GLOSSARIY


Falsafa - yunoncha ―phileo‖ – ―sevaman‖, ―Sophia‖ – ―donolik‖ degan ma’noni anglatadi. Insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardan biri. Olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo’qlik kabi ko’plab muammolar haqida bahs yuritadigan fan.  
Dunyoqarash - Inson o’zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, unga baho berishi, xulosa chiqarishi bo’lib, dunyoni inson ongidagi o’ziga xos in’ikosidir. Insonning o’ziga va uni qurshab turgan borliqqa bo’lgan munosabatlarini ifodalaydigan ko’nikmalari, malakalari, bilimlari hamda dunyoni amaliy va nazariy o’zlashtirish hamdir.
Mif - yunoncha ―mifhos‖ so’zidan olingan bo’lib, ―afsona, rivoyat, xikoyat‖ kabi ma’nolarini anglatadi. Ibtidoiy davr kishilari ongi va tushunchasida inson, tabiat, jamiyat va koinotning paydo bo’lishi bilan bog’liq voqealar, shuningdek, tabiat va jamiyat hodisalarining aks etishidir. 
Reformator – islohotchi.
Monoteizm – yakkaxudolik.
Metodologiya – uslublar haqidagi ta’limot.
Renessans – uyg’onish
Insonhar qanday falsafiy ta’limotning asosini tashkil etuvchi fundamental falsafiy kategoriya. Boshqa biologik mavjudotlardan xotirasi, tafakkuri, tili, amaliy faoliyati, ongi bilan ajralib turadi.
Mifologik dunyoqarash - Ijtimoiy taraqqiyotning boshlang’ich bosqichlariga xos bo’lib, dunyoni tushunishning oddiy usuli, xayoliy in’ikosidir. 
Din - arabcha ―ishonch, ishonmoq‖ demakdir. Borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi, adolatning yuksak namunasi, moddiy olamga xos bo’lmagan va ayni vaqtda barkamollikning oliy ko’rinishi sifatida tushuniluvchi oliy mavjudotga, ya`ni Xudoga nisbatan munosabat, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmuidir.
Diniy dunyoqarash - Olamdagi voqea va hodisalar sabablarini ilohiy kuchlar, oldindan belgilangan maqsadlar bilan bog’lab tushunishdir. 
Monizm — (yunoncha ―monos‖ ya`ni ―yakka‖ ma’nosini anglatadi) olamning asosi yakyu-yagona sababga, bitta asosga ega deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limotdir.
Dualizm — (lotin tilida ―dua‖ ya`ni ―ikki‖ degan ma’noni ifodalaydi) olamning asosida ikkita asos, ya`ni modda va materiya bilan birga ruh va g’oya, yotadi deyuvchi qarash.
Plyuralizm — (lotin tilida ―plyural‖ ya`ni ―ko’plik‖ degan ma’noni anglatadi) olamning asosida ko’p narsa va g’oyalar yotadi deb e’tirof etadigan ta’limotdir. 
Ontologiya - borliq haqidagi ta’limot. Falsafaning borliq to’g’risidagi fundamental tamoyillarini o’rganuvchi sohasi. 
Borliq - Bir butun dunyo va undagi narsa va hodisalardan 
tortib, inson hayoti, ongi,
kishilar faoliyatining barcha ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlari, hatto jamiyatda sodir 
bo’ladigan butun jarayonlardan iborat hamma reallik
larni o’z ichiga oladi. Falsafiy kategoriyalar ichida boshlang’ich kategoriyadir. 
Ruh - ma’naviy - ruhiy, nomoddiy ibtidoni ifodalovchi falsafiy tushuncha.
Bilish - insonning o’zining qurshagan dunyoga bo’lgan munosabatlaridan biridir.
Hissiy bilish - inson bilishining dastlabki bosqichi bo’lib, miyada predmet va hodisalarning belgilari, signallari va hissiy obrazlarining hosil bo’lishidir. 
Mantiqiy bilish - inson borliqni aqliy bilishidir. 
Yüklə 7,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə