Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Taktik (o’rta muddatli) rejalashtirish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə508/524
tarix08.07.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#119418
1   ...   504   505   506   507   508   509   510   511   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Taktik (o’rta muddatli) rejalashtirish – 3-5 yil muddat oralig’ida korxonaning uzoq muddatli maqsadlarga mo’ljallangan dasturlarini ishlab chiqish.
Tender - tovarni etkazishga buyurtma berishning yoki ma’lum bir ishni bajarishga pudrat tuzishning maxsus shakli bo’lib, savdo tashkilotchilari kelishuvini samarali tijorat yoki boshqa shartlarini ta’minlash maqsadida bir necha mol etkazib beruvchi yoki pudratchilarni jalb etishni ko’zda tutadi.
Texnopolis - muhim hududlar doirasida fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi shakli. Ushbu hududlarda tekshirish tajribaxonalari joylashgan bo’ladi, shuningdek, ishlab chiqarishga yangi yutuqlarni tezda kiritish, hamda mutaxassislarni ishlab chiqarishdan fanga va aksincha holatlarni tezda amalga oshirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan kichik innovatsiya korxonalari faoliyat yuritadi “Fan shaharlari” ma’lumotlarining hisobi Yaponiyada shakllanadi. Innovatsiya firmalarining tuzilishi va rivojlanishi sarmoyalash maxsus “venchurli” (xavfli) shakli bilan shunigdek, boshlovchi tadbirkorlarga fan bilan bog’liq biznesni o’rganib olish uchun ko’p sonli maslahat, axborot, mutaxassis xizmatlarini ko’rsatish bilan mos keladi.
Tezkor hisob - xo’jalik hisobi usullaridan biri. Tezkor hisob ma’lum bir xo’jalik jarayonini bevosita sodir bo’layotgan joyda va vaqtda ro’yxatga olish tizimidir. Tezkor hisob ma’lum bir bo’lim, tsex, xo’jalik faoliyatida rejaning bajarilishi haqida ma’lumotga ega bo’lishi maqsadida o’tkaziladi.
Tezkor hisob ma’lumotlaridan kundalik nazorat va xo’jalik jarayonlari bevosita sodir bo’layotganda boshqaruvni olib borish uchun foydalaniladi. Shuning uchun ham tezkor hisobga qo’yiladigan talablardan biri, xabar etkazuvchilardan og’zaki yoki yozma ma’lumotlarni tez qabul qilish yoki xo’jalik jarayonini bevosita kuzatib, tez ma’lumot yig’ilishidir.
Tezkor hisobning ko’pgina ma’lumotlari yig’ilib, iqtisodiyot tarmoqlarining boshqaruvida ishlatilishi mumkin.
Tezkor rejalar – korxona asosiy maqsadini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan taktik rejalar (ishlab chiqarish rejasi, umumishlab chiqarish xarajatlari rejasi, moddiy texnika ta’minoti rejasi kabilar).

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   504   505   506   507   508   509   510   511   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə