Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Aktivni qayta lizingga olish sharti bilan sotish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə134/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Aktivni qayta lizingga olish sharti bilan sotish. Bu kelishuv bo’yicha firma o’z aktivlarini boshqa tomonga sotadi va u tomon ularni qaytadan firmaga lizingga beradi. Odatda aktivlar bozor qiymatiga yaqin narxda sotiladi. Firma asbob-uskuna qiymatini naqd pulda va lizing muddati mobaynida aktivlardan iqtisodiy foydalanish huquqini oladi. Buning o’rniga u lizing haqini to’lashga rozilik beradi va aktivlarga egalik qilish huquqini beradi. Mulkni qaytadan lizingga olish sharti bilan sotish bo’yicha bitimlarning buxgalteriya hisobi uslubiyoti lizing tipiga bog’liqdir. Agar aktivlarni qaytadan lizingga olish sharti bilan sotilishi moliyaviy lizing hisoblansa, unda bunday bitim, lizing beruvchi aktivlarni kafolat o’rnida ishlatib lizing oluvchini mablag’ bilan ta’minlashni usuli hisoblanadi. Shu sababli, sotuvdan olingan tushumning balans qiymatidan oshgan qismini olingan foyda deb hisoblash maqsadga muvofiq kelmaydi. Bunday ortiqcha qism, agar tan olingan bo’lsa, muddati uzaytiriladi va lizing muddati mobaynida foydaga olib boriladi.

Agar mulkning qayta lizingga olish sharti bilan sotilishi operatsion lizing hisoblansa, hamda lizing haqlari va sotish narxi haqqoniy qiymat bo’yicha belgilansa, demak oddiy sotish amalga oshirilgan hisoblanadi va har qanday foyda yoki zarar shu zahoti tan olinadi. Agar sotish narxi haqqoniy qiymatdan past bo’lsa, har qanday foyda yoki zarar shu zahoti tan olinadi, bozordan past narxlar bo’yicha ko’rilgan zarar kelgusi lizing to’lovlar bilan qoplanishi bunga kirmaydi. Bu holda uning muddati uzaytiriladi va u ushbu aktiv ishlatiladigan vaqt davri mobaynida qilinadigan lizing to’lovlariga proportsional ravishda foyda yoki zararga olib boriladi. Agar sotish bahosi haqqoniy qiymatdan yuqori bo’lsa, haqqoniy qiymatdan oshgan qismning muddati uzaytiriladi va ushbu aktiv ishlatiladigan muddat mobaynida hisobdan chiqariladi.

Agar bitim vaqtida haqqoniy qiymat balans qiymatdan kamroq bo’lsa, balans qiymati va haqqoniy qiymat o’rtasidagi summaga teng zarar shu zahoti tan olinadi.


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə