Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə136/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Yerni lizingga olish. Odatda yerni lizingga olish operatsion lizingdir, chunki yerni ishlatish muddati chegaralanmagan. Agar lizing sotib olish yoki yerga egalik qilish huquqini berishni ko’zda tutsa, unda bunday operatsiya mohiyati bo’yicha muddatini uzaytirib sotish deb hisoblanadi va lizing kapitalizatsiyalashtirilishi lozim. Agar lizingga olingan mulkning bozor qiymati ichida yer narxi 25%dan pastni tashkil qilsa, operatsiya asbob-uskuna lizingi sifatida qaraladi. Agar yerning narxi 25%dan ko’proq bo’lsa, unda yer lizingi alohida hisobga olinadi.

Lizingning ustunliklari haqida yana quyidagilarni aytib o’tish mumkin.

Lizing pul mablag’lari bilan bog’liq muammolarni hal qilishi mumkin, chunki bu holda lizingga olingan aktiv qiymatining 100%igacha moliyalashtirilishi mumkin. Bank kreditlari odatda aktiv qiymatining 80% bilan chegaralanadi. Xuddi shuningdek lizingda qayd kilingan foiz stavkasi to’g’risida kelishish mumkin, bank kreditlari esa, suzuvchi foiz stavkalari bilan tavsiflanadi.

Lizing bitimlarini operatsion lizing sifatida tuzish mumkin, bu lizing oluvchiga qarz chegaralari mavjud bo’lganda, balansdan tashqari bo’lgan hisobotni moliyalashtirishga yo’l ochadi.

Ishga tushirilishi uzoq muddatni talab etuvchi uskunalarni tayyorlashga buyurtma berishdan ko’ra, foydalanishga tayyor bo’lgan uskunani lizingga olish qulaydir.

Ba’zida aktivlarga faqat vaqtincha, mavsumiy yoki birlamchi talab bo’ladi, bunday holda lizing doimo, foydalanishda bo’lgan aktivlarga egalik qilish noqulay bo’lgan muammolarni yo’q qilishga yordam beradi.

Egalik qilishga nisbatan qisqa muddat ichida aktivlarning lizingi lizing oluvchiga yangi mahsulotning va yuqori texnologik asbob-uskunaning eskirishidan “muhofaza” qilishga imkoniyat beradi.

Lizingning kamchiliklari haqida yana quyidagilarni aytish mumkin.

Lizingga olingan aktivlarning 100% moliyalashtirilishi shuningdek pul ko’rinishidagi yuqori darajadagi foizlarni anglatadi.

Mavsumiy lizingda asbob-uskuna kerak bo’lgan paytida topish mumkin bo’ladi deb kafolat berib bo’lmaydi, Undan tashqari, chegaralangan lizing foiz stavkalari belgilanishi mumkin.

Qisqa muddatli lizing asbob-uskuna eskirishidan himoya qilishi mumkin, ammo qisqa muddatli lizing haqi oddatda uzoqroq muddatli lizing haqidan baland bo’ladi (lizing beruvchi mumkin bo’lgan eskirish riskini qoplaydi).

Uzoq muddatli lizingda belgilangan stavka lizing beruvchi - kreditorni foiz stavkasi ko’tarilganda, zararlar xavfiga boshlaydi.




Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə