Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Lizing operatsiyalari hisobini takomillashtirish bosqichlari



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə148/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Lizing operatsiyalari hisobini takomillashtirish bosqichlari. Lizing to’lovlarini hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, bu ularning hisobini yuritishda ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Lizing shartnomasida lizing to’lovlari, ularni to’lash davriyligi ko’rsatiladi. Asosan, lizing to’lovini hisoblashda to’lovning qat’iy belgilangan umumiy summasidan foydalaniladi. Lizing to’lovi bunda, o’z tarkibiga amortizatsiya ajratmalari, qarzga olingan mablag’lardan foydalanish uchun to’lov, lizing kompaniyasining marjasi, kelishuv yuzasidan xizmatlar uchun berilgan to’lovlar va lizing beruvchining lizing ob’ektini olish bilan bog’liq xarajatlarini oladi.

Bugungi kunda, amaliyotda lizing kompaniyasi amortizatsiya ajratmalari o’rniga lizing kompaniyasi mablag’larini (lizing ob’ekti qiymati) qaytarish summasidan foydalanadi. Lizingda bo’nak to’lovi bo’yicha hisoblashilganda, lizing kompaniyasining marjasi lizing ob’ekti qoldiq qiymatidan yoki lizing ob’ekti to’liq qiymatidan ishchi kapital hajmining o’zgarmasligidan kelib chiqib aniqlanadi.

Lizing to’lovi - lizingning barcha muddatidagi hamma lizing to’lovlarining summalari va lizing oluvchiniagar mulkni sotib olmoqchi bo’lsa, u to’lashi kerak bo’lgan summalar yig’indisidan tashkil topadi.

Qoidaga ko’ra, moliyaviy, qaytariladigan, bo’lingan lizinglarda sotib olishda to’lanadigan summa umumiy lizing to’loviga qo’shiladi.

Quyida O’zR Markaziy banki boshqarmasini 1997 yil 29 martdagi № 11 bayonnomasi bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshish tartibi”da o’z aksini topgan lizing to’lovlarini hisoblashni keltirib o’tamiz.

Lizing to’lovi tarkibiga kiritiladigan amortizatsiya ajratmalarining hajmi:

K x M


A =

100 % x Y

bu erda,

K - lizing ob’ektining balans qiymati;

M - to’liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalarining yillik me’yori;

Y - lizing muddati (yillarda).


Lizing kompaniyasining jalb etilgan mablag’lar uchun to’lovi:

Sk x Mkr


Tjm =

100%


bu erda,

Tjm - jalb etilgan mablag’lar uchun to’lov;

Sk - kredit summasi’

Mkr - kreditdan foydalanish me’yori.

Lizing kompaniyasining marjasi

Sk x Slk


Mlk =

100%


bu erda,

Mlk - lizing kompaniyasining marjasi;

Sk - kredit summasi;

Slk - lizing kompaniyasining me’yori.

Lizing kompaniyasining qo’shimcha xizmatlari o’z tarkibiga kelishuv bo’yicha taqdim etilgan xizmatlar uchun to’lovni va lizing kompaniyasining lizing ob’ektini sotib olish bilan bog’liq boshqa xarajatlarini oladi.

Lizing shartnomasi bo’yicha umumiy lizing to’lovining summasi quyidagicha aniqlanadi.

Lt = A + Tjm + Mlk + LS

bu erda,


Lt – qo’shimcha xizmat to’lovi;

Yillik to’lovi – LT = Lt/y;

Choraklik to’lovda – LS = Lt/y/4;

Oylik to’lovda – LS = Lt/y/12;

LS - davriy lizing to’lovi.

Lizing oluvchi shartlarni buzganligi uchun shartnomasining amal qilishi to’xtatilsa, lizing shartnomasida aks ettirilishi lozim bo’lgan lizing kompaniyasining kelishuvini qoplash summasini to’lash kerak bo’ladi.

J = Tlt + K + N

bu erda,


J - kelishuvni qoplash summasi;

Tlt - to’lanmagan lizing to’lovlari;

K - lizing shartnomasining rejali muddati oxirida lizing ob’ektining qoldiq qiymati;

N – neustoyka.


Yuqorida keltirilgan hisob-kitob usuliga ko’ra “B”kompaniya mutaxassislari o’z faoliyatida bank kredit hisob-kitobiga o’xshash boshqacha yondashuvdan foydalanadilar.

Qo’yilgan mablag’larning qaytarilishi amortizatsiya ajratmalari va qoldiq qiymatdan iborat.

Lizing to’loviga qo’shiladigan amortizatsiya ajratmalarining hajmi:

A = K x M x D / 12

bu erda,

A - amortizatsiya ajratmasi (ajratma davrlar bo’yicha bir xil hajmda hisoblanadi)

K- Lizing ob’ektining balans qiymati

M - tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari me’yori (yillar va foizda)

D - lizing to’lovi davri, ya’ni kelgusidagi to’lovlari o’rtasidagi davr (oyda).


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə