Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Investitsiyalarning mazmuni va ularni



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə177/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

5.2. Investitsiyalarning mazmuni va ularni

hisobga olish vazifalari
Pul, moddiy va nomoddiy shakldagi kapitalni tadbirkorlik faoliyati obektlariga daromad olish va kelajakda ularning qiymatini ko’paytirish maqsadida yo’naltirish “investitsiya”lar deb ataladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha qilayotgan amaliy harakatlari majmui “investitsiya faoliyati” deb yuritiladi. Korxonalar investitsiya faoliyatini amalga oshirish borasida turli maqsadlarni ko’zlayilar. Ayrim korxonalar uchun investitsiya faoliyati bilan shug’ullanish ularning asosiy faoliyat turi hisoblanib, kompaniyaning moliyaviy natijalari shu yo’nalishning natijalariga bevosita bog’liq bo’lsa, ayrimlari investitsiyalarni keyinchalik muhim ishlarni amalga oshirish uchun zahira sifatida ushlab turadi, boshqalari esa savdo munosabatlarini mustahkamlash yoki tijorat sohasidagi ustunlikka ega bo’lish uchun savdo investitsiyalariga mablag’ yo’naltiradi. Korxonalarning investitsiya faoliyatini davlat turli shakllarda tartibga solib turadi. Jumladan:

- investitsiya kiritishning e’tiborga loyiq yo’nalishlari va ob’ektlarini belgilab berish;

- investitsiya faoliyatini soliqlar bilan tartibga solish;

- investitsiyalar hisobini yuritishni standartlar yordamida tartibga solish;

- investitsiya faoliyatini investorlarga moliyaviy yordam ko’rsatish yoki tegishli kredit siyosatini o’tkazish orqali tartibga solish;

- investitsiya faoliyatini tegishli amortizatsiya siyosatini amalga oshirish orqali tartibga solish;

- moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirishning shakl va shartlarini belgilash orqali tartibga solish;

- investitsiyalar himoyasini tashkil qilish.

Korxonalar o’z bo’sh mablag’larini qimmatli qog’ozlar, davlatning qarz majburiyatlarini sotib olish, boshqa korxonalarning ustav kapitalida qatnashish, birgalikda o’zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish kabi yo’nalishlarga sarf qilishlari mumkin.

Yuqorida keltirilgan holatlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda investitsiyalar hisobini yuritishga bevosita o’z ta’sirini o’tkazadi. Respublikamizda korxonalarning investitsiyalar qilish bilan bog’liq xo’jalik muomalalari hisobi asosan buxgalteriya hisobining “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” deb nomlangan 12-sonli BHMS “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” vositasida yuritiladi.

Shu bilan birgalikda, investitsiyalardan tushgan daromadlarni tan olish, sho’’ba korxonalarga investitsiyalar qilish, birgalikdagi faoliyatga qilingan investitsiyalarni hisobga olish kabi ayrim xo’jalik muomalalari esa 2-sonli “Asosiy xo’jalik faoliyatidan tushgan daromadlar”, 8-sonli “Jamlangan moliyaviy hisobotlar va shu’ba xo’jalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish” deb nomlangan BHMS yordamida tartibga solinadi.

Investitsiyalar hisobini yuritishning vazifalari quyidagilardan iborat:

- investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq xo’jalik muomalalarini o’z vaqtida, to’liq va to’g’ri aks ettirilishini ta’minlash;

- investitsiyalarni toifalari bo’yicha to’g’ri turkumlanishini ta’minlash;

- investitsiyalarni baholash va qayta baholash muomalalarini to’g’ri amalga oshirish;

- investitsiyalarni bir toifadan boshqasiga o’tkazilishi muomalalarini to’g’ri amalga oshirilishini ta’minlash;

- investitsiyalardan olingan daromadlarni to’g’ri hisobga olinishi, soliqqa tortilishi va moliyaviy hisobotlarda to’g’ri ko’rsatilishini ta’minlash;

- turli toifadagi investitsiyalarni chiqib ketishi muomalalarini to’g’ri aks ettirilishini ta’minlash;

- investitsiyalar bilan bog’liq xo’jalik muomalalarni milliy standartlari talabi asosida yuritilishini taminlash.


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə