Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/136
tarix28.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#134904
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

“Tarbiyaviy ishlar metodikasi”
– o’quvchilar jamoasida tashkil etiladigan 
ma’naviy-ma’rifiy ishlarning shakl, metod va vositalari, ularni tashkil etish
o’tkazish va natijalarini tahlil qilish masalalarini o’rganuvchi fan. Tarbiyasini 
tashkil etishda ota-onalarning tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga oid 
pedagogik, metodik bilimlarni puxta o’zlashtira olishlari nihoyatda muhim. Zero, 
oila pedagogikasining asosini oilada tarbiyaviy ishlarni to’g’ri, samarali tashkil 


14 
etish etish tashkil qiladi. Shu sababli ota-onalar har bir xatti-harakatlarining 
tarbiyaviy mohiyatga, ta’sirga egaligini chuqur anglab etishlari zarur. Albatta, 
oilada tashkil etiladigan tarbiyaviy (ma’naviy-ma’rifiy) ishlar ta’lim 
muassasalarida bo’lgani kabi reja, dastur hamda maxsus tayyorgarlik asosida 
amalga oshirilmaydi. Oila tarbiyasining murakkabligi, qiyin jarayon ekanligi ham 
aynan shunda namoyon bo’ladi. Aksincha, ota-onaning yurish-turishi, o’zini 
tutishi, so’zlari, atrofdagilar bilan muomasi, oila xo’jaligi, hatto kasbiy faoliyatiga 
bo’lgan yondashuvi ham farzandlarning ko’z o’ngida yaqqol namoyon bo’ladi. Shu 
bois tarbiyaviy ishlar metodikasiga oid bilimlar ota-onaga o’zlarining yurish-
turishi, o’zini tutishi, so’zlari, atrofdagilar bilan muomasi, oila xo’jaligi, hatto 
kasbiy faoliyatiga bo’lgan yondashuvini ijobiy mazmunga ega bo’lishini 
ta’minlashga yordam beradi. Oila davrasida tashkil etiladigan suhbat, ota-ona va 
farzandlar o’rtasidagi savol-javoblarda kutilgan natijaga erishish, oila xo’jaligini 
boshqarish, uni tashkil etishda yoki fanlarni o’zlashtirishda farzandlar o’rtasida 
o’zaro musobaqalarni uyushtirish, oila hayoti uchun muhim bo’lgan masalalarni 
muhokama qilish jarayoniga ularning jalb etish katta tarbiyaviy ta’sirga egaligini 
ota-ona etarli darajada anglay olishi zarur. Bunda, albatta, ota-onalarga 
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani yordamga keladi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə