Maktabni boshqarishda ichki nazoratni tashkil etish



Yüklə 156,12 Kb.
tarix16.09.2023
ölçüsü156,12 Kb.
#122101
Maktabni boshqarishda ichki nazoratni tashkil etish

Maktabni boshqarishda ichki nazoratni tashkil etish.

Zayniddinova Xumoyaxon

Reja:


Maktab boshqaruvining ichki nazoratida rahbariyat o’rni.
Maktab boshqaruvida ichki nazoratni yaxshilash orqali kutilgan natijaga erishish yo’llari.
Maktabda ichki nazoratni amalga oshirishda qilinadigan ishlar.
Maktabni ilmiy-metodik boshqarishni taʼminlash yoʼllaridan biri ichki nazoratni toʼgʼri tashkil etishdan iboratdir. Oʼzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʼgʼrisida"gi Qonunida belgilangan "Taʼlim muassasasini uning rahbari boshqaradi" deyilgan. Maktab direktori eng avvalo mohir oʼqituvchi, hamma ishlarning tashkilotchisi va boshlovchisi hamda maktab uchun davlat oldida javobgar shaxsdir. Maktab jamoasini boshqarish ilmiy-metodik va pedagogik-psixologik asosda tuzilgan reja vositasida amalga oshiriladi.
Taʼlim muassasalarida amaldagi qonun xujjatlariga muvoffiq faoliyat ko’rsatadigan jamoa boshqaruvi organlari har bir maktabda pedagogik kengash, metodik kengash, metodbirlashma kengashi ota-onalar qoʼmitasi, jamoatchilik kengashi, vasiylik va homiylik kengashi, o’quvchilarning oʼzini-oʼzi boshqarish organlari (oʼquvchilar tashkiloti va yetakchilar) faoliyat koʼrsatadilar.

Maktab boshqaruvida ichki nazoratni tashkil etishda quyidagi hollardagina kutilgan natijalarni beradi:

    • maktab boshqaruvida ichki nazorat ilmiy asosda tashkil etilganda;
    • ichki nazoratni taʼminlash uchun eng optimal yoʼl tanlanganda;
    • maktab ichki nazoratini reja bilan tashkil qilib, maktab rahbarlari nazoratning barcha obʼektlari va yoʼnalishlari toʼgʼrisida aniq va puxta tasavvur hosil qilganlarida;

ayrim fanlarni oʼqitish jarayonida tahlil qilinayotgan masala bo’yicha metodik ishlar, moddiy bazadan foydalanish samaradorligi, sust oʼzlashtiradigan va iqtidorli oʼquvchilar bilan ishlash jarayoni oʼrganilganda;
maktab rahbariyati ichki nazoratni yaxshi tashkil etish uchun vaqti, kuchi, bilimi, gʼayrati, shijoatini ayamaganda;
maktab rahbariyati har bir daqiqada maktabdagi ahvolni yaxshi bilgan hollardagina kutilgan natijalarni beradi.

Maktab rahbaridan:


tashkiliy-maʼmuriy boshqaruv (maqsadli buyruq berish, talab qilish, koʼrsatma berish, farmoyishlar chiqarish va hokazolar);
moliyaviy-iqtisodiy boshqaruv (iqtisodiy, moliyaviy masalalarni nazorat qilish);
psixologik-pedagogik taʼsir oʼtkazish;
boshqaruvda motivatsiya (rag’batlantirish);
boshqaruv va nazoratda butun jamoani jalb etish usullarini yaxshi bilishi va amalda qo’llay olishi talab qilinadi.

Bunda maktabning barcha sohalardagi ishini chuqur tahlil qilishda demokratiya tamoyillariga asoslangan holda kamchiliklarni ochiq prinsipial, oʼz-oʼzini tanqid asosida ko’rsatib berish kerak.

Bunda maktabning barcha sohalardagi ishini chuqur tahlil qilishda demokratiya tamoyillariga asoslangan holda kamchiliklarni ochiq prinsipial, oʼz-oʼzini tanqid asosida ko’rsatib berish kerak.

Maktabda ichki nazoratni amalga oshirish uchun quyidagilarni bajarish maqsadga muvofiqdir:


maqsadni bilish;
mavzuni tanlash;
monitoring dasturini tuzish (savollar to’plash, nazorat topsshiriqlari, testlar);
shakl va usullar tanlash;
ishlarning haqiqiy ahvolini tekshirishni tashkil etish;
nazorat natijalari asosida maktabning buyrug’i va qarorini chiqarish;
jamoada nazorat natijalarining pedagogik-monitoring tahlilini o’tkazish;
ayrim fanlarni oʼqitish ahvolini oʼrganayotganda metodik ishlar, moddiy texnika baza, sust o’zlashtirayotgan va iqtidorli bolalar bilan ishlash;
Har bir rahbardan boshqaruv nazariyasi va amaliyotini yaxshi darajada egallab olishi maktabni boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish, tajribalarni har tomonlama o’rganish hamda uni maktab hayotiga tatbiq qilish yo’li bilan maktabning ichki boshqaruv va nazorat tizimini qayta qurish va takomillashtirib borishni talab etadi.
Oʼquv yili davomida maktab yillik ish rejasini pedagogik kengash, rahbar huzuridagi yigʼilishlarda nazorat qilib, tekshiriladigan fanlarning oʼqitilishi va boshqa masalalar avgust oyidagi pedagogik kengashda muhokama qilinib tasdiqlanadi va o’qituvchilar (monitoring) xonasida koʼrinarli joyga osib quyiladi.
Maktab rahbari ichki nazoratni ta’minlashda o’qituvchilarning tashabbuslarini qo’llab quvvatlashi, o’zi yangicha tashabbuslar bilan chiqib, dolzarb masalalarni ta’lim tarbiya jarayoniga yo’naltirilgan ma’ruzalar qilishi va hodimlarga ishonishi kerak.
Maktab boshqaruvida har bir maktabda o’quv yilining boshida ichki nazoratni ta’minlash uchun ichki nazorat tizimi yaratilishi lozim. Buning uchun doimiy nazorat qilinadigan sohalar tanlab olinadi va har bir o’quv yili uchun davriy ish jadvali tuziladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Yüklə 156,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə