Prinsipial elektr chizmalarini tuzish va uning elementlarini tanlash



Yüklə 69,72 Kb.
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü69,72 Kb.
#162067
  1   2   3   4   5

Prinsipial elektr chizmalarini tuzish va uning elementlarini tanlash




Amaliy mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni darsga mashg’ulotida tayyorlash, talabalarga bilimni uzatish yo’li bilan o’quv jarayonini tashkillashtirish, amaliy mashg’ulot materiallari boyicha bilim va ko’nikma hosil qilish, ushbu mashg’ulotni o’zlashtirishi uchun izlanish, ularning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish
Reja:

  1. Prinsipial sxemalarning vazifalari, turlari va ularni bajarishning umumiy tamoyillari.

  2. Prinsipial elektr sxemada ba’zi-bir elementlarning grafik belgilanishi.

  3. Prinsipial elektr sxema elementlarining harfiy belgilanishi.

  4. Prinsipial elektr sxemalarda zanjirlarni tuzish tartiblari.



1. Prinsipial sxemalar haqida umumiy tushunchalar
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish, boshqarish va avtomatik rostlashda turli elektr va pnevmatik asboblar, apparaturalar qo‘llaniladi, ular orasidlagi o‘zaro aloqalarni ko‘rsatishda, shuningdek, ularni ishlash prinsiplarini o‘zlashtirishda prinsipial sxemalardan foydalaniladi. Prinsipial sxemalarda avtomatlashtirish sistemasining ayrim bir bo‘lagiga kiruvchi element, modul, yordamchi apparatlarniing tarkibi va ular orasidagi bog‘lanishlarning to‘la ko‘rsatilishi lozim. Prinsipial sxemalarni loyihalash uchun dastlabki material sifatida funksional sxemani asos qilib olinadi.
Prinsipial sxemalar Davlat Standartlari va tarmoq ko‘rsatma xujjatlari talablariga rioya qilgan holda bajariladi.
Prinsipial elektr sxemalar quyidagi meyoriy xujjatlar asosida yaratiladi:
DS 2.701-84. Sxemalar. Ko‘rinishi va tiplari. Bajarish uchun umumiy talablar.
DS 2.710-81. Elektr sxemalarda shartli harfiy belgilashlar.
DS 2.755-87. Sxemalardagi shartli grafik belgilashlar.
RM 4-106-82. Ko‘rsatma materiallar. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sistemalari. Bajarishga talablar.
Meyoriy xujjatlar prinsipial sxemalarni bajarish qoidalarini, sxema elementlarining shartli grafik va harfiy belgilanishlarini, zanjir qismlrini markirovka qilish yo‘llarini belgilab beradi.

Yüklə 69,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə