10 ma’ruza. Qurilishning moddiy-texnika ta’minoti bozor sharoitida qurilish moddiy-texnika ta’minoti



Yüklə 23,2 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü23,2 Kb.
#151873
10 ma\'zruza


10 – ma’ruza. QURILISHNING MODDIY-TEXNIKA TA’MINOTI
1. Bozor sharoitida qurilish moddiy-texnika ta’minoti.
2. Moddiy-texnika resurslari yetkazilishini tashkil etish.
3. Moddiy — texnika resurslari ta’minoti shakllari va usullari.
4. Qurilish moddiy-texnika ta’minotini tashkil etish tizimida logistika


Bozor sharoitida qurilish moddiy-texnika ta’minoti tizimi sanoat va qurilish industriyasi, transport va energetika tashkilotlari, ilmiy — tekshirish, loyiha, o ‘quv va boshqa muassasalar, xo‘jaliklaming tarmoqlariga qaratilgan bo‘ladi. U qurilish kompleksini zarur bo‘lgan moddiy - texnika resurslari bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Qurilish materiallarining tovarlar bozoridagi vaziyatini umumiy holda baholash bilan shunday to‘xtamga kelish mumkinki, korxonalar va tashkilotlar qonunda ko‘rsatilgan yetarli darajadagi erkin tadbirkorlik faoliyatini tavsiflaydigan sharoitlarda ishlaydilar: ular boshqarish va davlat hokimiyati tuzilmalariga nisbatan zarur bo‘lgan xo‘jalik mustaqilligiga egadirlar, amalda barcha resurslarga erkin holatda yondashish imkoniyatlariga ega bo‘lib, savdo-sotiq va xo‘jalik yuritishda amalga oshiriiadigan operatsiyalarda kontragentlarni tanlashda mutlaqo erkindirlar, olinadigan daromadni mustaqil ravishda taqsimlashlari va ishlatishlari mumkin (o‘zining manfaatlaridan kelib chiqqan holda), maksimal foyda olish maqsadida o‘zining faoliyat yo‘nalishlarini erkin tarzda tanlaydilar. Mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish quvvati va qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmi umuman olganda bu bozordagi talab-ehtiyojlarni toMiq qondiradi. Xo‘jalik yuritishning yangi tizimiga o'tish tufayli qurilish tarmog'i uchun materiallar tanqisligi o‘tmishda qolib ketdi.
Qurilish moddiy-texnika resurslari quyidagilarga bo'linadi:
- qurilish ishlab chiqarishini talab etilgan sifat va miqdorda zarur bo‘lgan resur turlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash;
- resurslardan foydalanish darajasini yaxshilash;
- mehnat unumdorligi va fond qaytarmasini(fondo otdacha) oshirish, qurilish jarayonining bir marom(ritm)daligini ta’minlash, aylanma mablag‘lar aylanish muddatini qisqartirish, ikkilamchi resurslardan to’liq foydalanish, investitsiya va boshqa ko‘rsatkichlar samaradorligini oshirish;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulot hamda bino va inshootlar raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish uchun o‘z tashkiloti va raqobatchi tashkilotlardagi qurilish ishlab chiqarishining tashkiliy-texnik holati va qurilish-montaj ishlari (xizmatlari)ning sifatini tahlil qilish.
Qurilish tashkilotida yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun quyida ko'rsatilgan ishlami doimiy ravishda bajarish talab etiladi:
1. Bozorda qurilish materiallari, konstruktsiyalari, buyumlari, yarimfabrikatlar va boshqa mahsulotlarni yetkazib beruvchilar (xizmatlar) bo‘yicha marketing izlanishlarini olib boorish, yetkazib beruvchilami tanlash quyidagi talablardan kelib chiqqan holda tavsiya etiladi: yetkazib beruvchining litsenziya va ushbu sohada yetarlicha tajribaga ega ekanligini aniqlash, ishlab chiqarishning yuqori tashkiliy-texnik holatdaligi, ishning ishonchliligi va foyda keltiruvchanligi, ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallarining raqobatbardoshligini oshirish, ular narxlarining hammabopligi, ularni yetkazib berish sxemasining soddaligi va turg‘unligi;
2. Konkret moddiy-texnika resurslariga boigan ehtiyojlami me’yorlashtirish;
3. Moddiy-texnik resurslar sarfi me’yorlari va me’yoriy hujjatlarini kamaytirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar ishlab chiqish.
4. Qurilish ishlab chiqarishini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash kanallari va shakllarini izlab topish.
5. Moddiy materiallar balansini (muvozanat, turg‘unlik holatini) ishlab chiqish.
6. Qurilish ishlab chiqarishi moddiy - texnika ta’minotini
rejalashtirish.
7. Ish joylarini qurilish materiallari, konstruktsiyalari, buyumlari, yarimfabrikatlar va boshqa materiallar bilan ta’minlashni tashkil etish.
8. Moddiy — texnik resurslardan foydalanishni hisoblash va nazorat qilish.
9. Qurilish ishlab chiqarishidagi chiqindilarni yig‘ish va ularni qayta ishlashni tashkil etish.
10. Moddiy - texnika resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilish.
11. Moddiy — texnika resurslaridan foydalanishni yaxshilash bo4yicha olib boriladigan ishlarni rag‘batlantirish.
Bu funksiyalarga bog‘liq ravishda qurilish ishlab chiqarishi moddiy - texnika ta’minoti (MTT)ning tegishli xizmat ko‘rsatish bo‘limlari aniqlangan.
Ularga quyidagi lar tegishlidir:
- moddiy-texnika ta’minoti xizmati, bu xizmat ishlab chiqarish jarayoni uchun xom-ashyo, yarimfabrikatlar, butlovchi detallarni o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlash va tartibga solish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari ta’minot va sotish bo‘limlari xo‘jalik shartnomalari asosida o'rnatilgan xizmatlami nomenklatura va o‘z muddatida hamda belgilangan hajmda bajarilshini ham ta’minlaydi;
- materiallar, yoqilg‘i, xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni joylashtirish va saqlash xizmati, bu xizmat omborxona bilan ta’minlangan bo‘lib, ta’minot va sotish tizimi moddiy-texnika bazasi deb hisoblanadi;
- tayyor mahsulotlami komplektlashtirish bo‘yicha ishlab chiqarish - texnologik xizmat ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bino va inshootlami tiklash yig‘ma elementiarni kalendar grafik bo‘yicha qat’iy ravishda yetkazib berishni talab etadi. Shuning uchun ishlab chiqarish - texnologik komplektlashtirish xizmati qurilish tashkiloti bilan kelishilgan buyumlar va konstruktsiyalarni qa’tiy ravishda sutkali va soatli grafik bo‘yicha belgilangan muddatlarda ma’lum miqdorda, nomenklatura bo‘yicha yetkazishni ta’minlaydi;
— asbob-uskuna xo‘jaligi va texnologik jihozlar ta’minoti xizmati. Bu xizmat bo‘limi ishlab chiqarishni asbob-uskuna, moslamalar, texnologik jihozlar, yuqori sifatli qoliplar bilan ta’minlaydi. Yuqorida ko‘rsatilganlar bilan ta’minlanganlik ilg'or texnologiyani, ko‘p mehnat talab qiladigan ishlarni mexanizatsiyalashni muvaffaqiyatli tadbiq etishni oldindan aniqlab beradi.
— ta’mirlash — mexanik ishlab chiqarish xizmati, bu xizmat vazifasi katta va murakkab park jihozlari, mashinalar ishchi holatini ta’mirlash va modernizatsiyalash orqali ta’minlashdan iborat. Qurilish tashkiloti ishi natijalari bu xizmat bo‘limining puxta ishlashi bilan keng ma’noda aniqlanadi;
— transport jarayonlari xizmati, bu boiim qurilish maydoni ichida va uning atrofidagi tashqi maydonda ishlab chiqarish jarayonining bir ma’romda olib borilishi uchun zarur bo‘lgan katta massali yuklami ko‘chirishni ta’minlaydi. Ayniqsa alohida jarayonlami yagona ishlab chiqarish tizimiga bog‘lovchi texnologik transport aniq va ritmik ishni talab etadi.
8.2. Moddiy-texnika resurslari yetkazilishini tashkil etish.
Hozirgi sharoitda qurilish tashkiloti bozor orqali sotib olish borasida iste’molchi sifatida va sotish bozori orqali esa ishlab chiqaruvchi sifatida ко‘plab korxonalar bilan bog’angan bo’ladi.
Qurilishni moddiy - texnik ta’minlash (MTT) turli yetkazuvchi tashkilot va korxonalar bilan bevosita (to‘g ‘ridan-to‘g‘ri) tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi. Bu yetkazuvchi tashkilotlar moddiy-texnika ta’minoti tarkibiga kiradi, bu ta’mnot quyidagilami o‘z ichiga oladi:
- davlat ehtiyojlari uchun moddiy — texnik resurlarini yetkazib berish;
- texnologik jihozlar, qurilish materiallari, konstruktsiyalari, buyumlari, yarim fabrikatlar bilan ulgurji savdo qilish;
- yuqorida ko‘rsatilgan resurslar bilan qurilish birjalari, savdo-sotiq uylari va vositachi korxonalar orqali savdo-sotiq qilish.
Qurilish ishlab chiqarishi texnologiyasi va tashkiliyotining ilg‘or shakllari qurilish montaj ishlarini moddiy-texnik resurslar bilan komplektli holatda va o ‘z vaqtida ta’minlash shartlari qat’iy bajarilishini talab etadi. Ushbu vazifaning bajarilishi ishlab chiqarish-texnologik komplektlashtirish boshqarmasi (ITKB) zimmasiga yuklatiladi.
ITKB bosh vazifasi mabteriallar va detallami tayyorlash (taxt qilish), yarimfabrikatlar va konstruktsiyalami tayyorlash hamda ularni komplektli holatda bajarilayotgan qurilish - montaj ishlari grafigi bo‘yicha qurilish maydoniga o ‘z vaqtida yetkazib berishdan iboratdir. ITKB tashkilotlarining shakllari turlicha bo‘lib, ular obyektlar qurilishi spetsifikasi, ularning hududiy joylashuvi, ish turlari va hajmlari hamda boshqa konkret shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. ITKB trest topshirig‘iga binoan qurilish-montaj ishlarining rejalashtirilgan hajmlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan moddiy resurslar buyurtmachisi sifatida va transport ta’minoti tashkilotlari bilan shartnoma asosida munosabatda bo‘lish uchun maydonga chiqadi.
ITKB funksiyasiga trest manziliga tushadigan moddiy resurslami qabul qilib olish, ulami joylashtirish va saqlash, tipli bo‘lmagan detallar va konstruktsiyalami tayyorlash, kelib tushgan materiallarni yuqori darajadagi texnologik tayyor holatda saqlash va komplektlarni qurilish maydoniga o ‘z vaqtida yetkazib berish kiradi. Ishlab chiqarish - texnologik komplektlashtirish boshqarmasi o ‘z faoliyatini xo‘jalik shartnomalari asosida olib boradi.


8.3. Moddiy — texnika resurslari ta’minoti shakllari va usullari.
Qurilish ishlab chiqarishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga oid bo‘lgan barcha tashkiliy savol va masalalami tizimli hamda kompleksli ishlab chiqish taqozo etiladi, chunki ishlab chiqarilayotgan mahsulot — bino va inshootlar (xizmatlar) raqobatbardoshligi qurilish maydoniga kelib tushadigan konstruktsiyalar, buyumlar va boshqa materiallar, energetik resurslar, texnologik jihozlaming sifatiga bogMiq bo‘ladi.
Qurilish ishlab chiqarishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga quyidagilar kiradi: moddiy-texnika ta’minoti, energetik, ta’mirlash, transport va omborxona xo‘jaligi va sifatni nazorat qilishni. Bu jarayonning asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash tizimida va menejment tizimi doirasida qaralayotgan ishlab chiqarishni aniqlash;
- qaralayotgan qurilish ishlab chiqarish faoliyati maqsadlarini aniqlash;
- masadlarga erishish bo‘yicha bajarilishi lozim bo'lgan topshiriqlar va ishlarni shakllantirish;
- Moddiy-texnika resurslari ta’minoti xizmati tuzilmasini ishlab chiqish va uning funksiyalarini aniqlash;
- yaratilayotgan xizmat ko‘rsatish bo‘limi faoliyati omillari va ko‘rsatkichlarini aniqlash;
- menejment bo‘yicha ilg‘or yondashuvlami qo‘llagan holda moddiy — texnika resurslari bilan ta’minlash xizmati ishining taktik, strategik hamda operativ rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- rejalaming bajarilish motivatsiyasini va nazoratini ta’minlash;
- xizmat ko‘rsatish bo‘limi taomonidan bajariladigan ishlar samaradorligini tahlil qilish.
Qurilish majmuasida zamonaviy sharoitlarda resurslar bilan ta’minlashning quyidagi shakllari (metodlari) keng tarqalgan:
- tovar — xom-ashyo birjasi orqali;
- bevosita aloqada bo‘lish (to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali);
- auksionlar, tanlovlar;
- homiylik;
- xususiy ishlab chiqarish va boshqalar.
Moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashning konkret shaklini qurilish tashkiloti ularning o‘ziga xos jihatlari, ularni olishning davomiyligi (muddati), berilgan takliflar soni, hamda rusurslar sifati va narxi hamda boshqa omillardan kelib chiqqan holda tanlaydi. Qurilish ishlab chiqarishini resurslar bilan ta’minlash shaklini aniqlashda yetkazuvchining ishonchliligi hamda ishlab chiqarilayotgan konstruktsiyalar, buyumlar va boshqa materiallar raqobatbardoshlik darajasini aniqlash taqozo etiladi. Yetkazuvchilar bilan kontraktlar (shartnomalar) tuzishda ushbu shartnomalar (kontraktlar)da miqdoriy va sifat ko'rsatkichlari, yetkazib berishning konkret shakllari, muddatlari, sanktsiyalari va boshqa talablarni aks ettirish zarurligini esda tutish taqozo etiladi.
Moddiy-texnika ta’minoti bu tashkiliy aloqalarva shartnomalar asosida ishlab chiqarish mablag‘larini yetkazuvchilar va iste’molchilar o‘rtasida bevosita yoki vositachi orqali taqsimlash shaklidir. U ishlab chiqarish jamg‘armalaridan foydalanish, qurilish-montaj ishlari ritmiyligi, tannarx, mehnat unumdorligi, qurilishning davomiyligiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bevosita ta’sir ko‘rsatish bilan ahamiyatli tarzda ishlab chiqarishning natijaviyligini oldindan aniqlab beradi.
8.4. Qurilish moddiy-texnika ta’minotini tashkil etish tizimida logistika
Qurilish majmuasi(kompleksi)ni yaxlit holatda hamda uning tashkil etuvchi komponentlarini ko‘rib chiqish shunday xulosa chiqarish imkonini beradiki, unga ko‘ra qurilishni o‘zaro bog‘langan va o‘zaro bog'langan oqimlar jamlanmasini o‘z tarkibiga kirituvchi tizimga kiritish mumkin. Bu oqimlaming asosiylariga quyidagilar kiradi: axborotlar. moddiy - texnika, moliya resurslari va boshqalar oqimlari kiradi.
Ma’lumki, bino va inshootlar qurilishi muddatlarini qisqartirish, maqbul bo‘lgan sarf-xarajatlar bilan ularning sifatlarini yaxshilash bo‘yicha zaruriy natijalarga erishish uchun birinchi navbatda yuqorida ko‘rastilgan va boshqa iqtisodiy oqimlami maqbullashtirish va ratsionizatsiyalashtirish talab etiladi.
Qurilish tashkilotlari hamda qurilish industriyasi korxonalarida xususiy va o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida jalb etilgan resurslar harakatining o‘zaro bog‘langan hamda o‘zaro shartsharoitlangan jarayonlarini iqtisodiy oqimlar deb hisoblash mumkin.
Qurilishni tizim sifatida birinchi navbatda qurilishni moddiy - texnika jihatdan ta’minlash deb qabul qilish joizdir. Har qanday bino va inshootni qurish uchun, awalom bor, yetarli miqdorda qurilish materiallari, konstruktsiyalari va buyumlari, xom-ashyo hamda texnologik jihozlar zarur bo'Iadi, ularning aniq miqdori qurilish-montaj ishlari loyihasida ko‘rsatiladi. Qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish jarayoni bu resurslarning belgilangan hajmda, ko‘rsatilgan muddatda va tegishli sifatda yetkazilib berilishini ko‘zda tutadi. Vatanimiz va xorijdagi turli ishlab chiqarishlar bo‘yicha to‘plangan tajriba shunga o‘xshash masalalarni yechishda logistikadan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlaydi.
Terminologik lug‘atda logistikaning quyidagi ma’nosi ifodalangan.
Logistika - xom-ashyo va materiallarni ishlab chiqarish korxonasiga yekazish jarayonida tashish, joylashtirish va boshqa moddiy hamda nomoddiy operatsiyalar, zavod ichida xomashyo, materiallar, yarimfabrikatlami qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni iste’molchiga manfaatlar va talablarga muvofiq yetkazib berish, shuningdek, tegishli axborotlami uzatish, saqlash va qayta ishlashni rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarish haqidagi fandir.
Bunda asosiy izlanish obyektlari quyidagilar bo‘ladi: logistik ushlab qolishlar, axborot oqimi, logistik tizim, logistik funksiya, logistik zanjir, logistik operatsiyalar, materiallar oqimi va boshqalar. Logistika qator o‘zaro bog‘langan bo‘limlami qamrab oladi, jumladan ta’minot logistikasi, ishlab chiqarish logistikasi, savdo-sotiq logistikasi, transport logistikasi va boshqalar.
Logistik tizimlar doirasida qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyojni bashorat qilish va zahiralar holatini nazorat qilish, buyurtmalarni yig‘ish va qayta ishlash, logistik zanjirda material oqimi ketma-ketligi va bo‘g‘inlarini aniqlashni o‘z tarkibiga kiritgan qator masalalar va ularning komplekslari yechiladi.
Qurilish logistika tizimlarini logistik tizimlarning umumiy nazariyasi matnida ko‘rib chiqish taqozo etiladi.
Oqimlaming turlariga ko‘ra logistik tizimlami quyidagilarga ajratish mumkin: materiallar, moliyaviy, axborot oqimlari va mehnat resurslari oqimlari.
Materiallar oqimlari logistik tizimlari yoki boshqacha qilib aytganda materiallar logistik oqimlari qurilish tashkilotlari va korxonalar (firmalar) moddiy resurslarini sotib olishdan tortib to tayyor mahsulot (binolar va inshootlar)ni sotishgacha bo‘lgan barcha harakatlami birlashtiradi.
Moliyaviy oqimlar logistik tizimi (yoki logistik moliyaviy tizim) ishlab chiqarish va qurilish mahsulotini sotish bilan bog’liq bog‘lgan hamma moliyaviy oqimlar harakatlarini birlashtiradi.
Axborotlar oqimlari logistik tizimlari (yoki axborotlar logistik tizimlari) qurilish firmasi oddiy ishlab chiqarish jarayonlarini qanday birlashtirsa, ushbu firma orqali amalga oshiriiadigan kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini ham xuddi shunday birlashtiradi.
Mehnat resurslari oqimlarining logistik tizimlari (yoki mehnatning logistik tizimlari) mehnat resurslarini qurilish firmasiga yo‘naltirishning barcha xilma-xilligini birlashtiradi.
Logistikalarni qurilish ishlab chiqarish tsikli stadiyalari bo‘yicha differentsiyalash bilan quyidagi logistik tizimlarni ko‘rib chiqish mumkin:
— savdo-sotiq logistikasi tizimlari, ular moddiy-texnika resurslarini sotib olish oqimlarini va qurilish ishlab chiqarish-texnologik komplektatsiyasini, shuningdek, moliyaviy, axborotlar va mehnat resurslari bilan birga boradigan oqimlarni tashkil qilish bilan shug‘ullanadi;
— tadbirkorlik logistikasi (yoki ishlab chiqarish logistikasi) tizimlari, ular qurilish industriyasi korxonalari va qurilish firmalarida qurilish konstrkutsiyalari, buyumlari va boshqa materiallarni ishlab chiqarish jarayonidagi resurslar oqimini, loyiha-konstruktorlik, qurilish-montaj va ishga tushirish ishlarini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi;
- taqsimlash logistikasi tizimlari, ular iste’molchiga taqdim etiladigan tayyor qurilish mahsuloti, ishlar va xizmatlaming oqimlarini, shuningdek, bu oqimlar bilan birga boradigan moliyaviy, axborotlar va mehnat oqimlarini tashkil qilish bilan shug‘ullandi;
- transport-omborxona logistikasi tizimlari, ular qurilish firmasida yuklar oqimini va omborxona ichki oqimlarini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.
Qurilish firmasi logistika tizimlari turkumlanishini boshqa belgilar bilan ham davom ettirish mumkin, masalan, investitsion jarayonlar bosqichi, qurilish mahsuloti hayotiy davri (tsikli) bosqichlari va shunga o‘xshash oqimlar bilan davom ettirish mumkin.
Agar iqtisodiy mustaqil subyektlar qanchalik ko‘p sonda logistika zanjiriga kiritilsa, logistika tizimlarini shakllantirish jarayonlari shunchalik murakkab kechadi. Bu ma’noda makrologistik tizimlar mikrologistik tizimlarga nisbatan ancha murakkab ko‘rinishga ega bo‘ladi. Tashkiliy-iqtisodiy integratsiya xarakteri bo‘yicha makrologistika tizimlari subyektlari vertikal,
gorizontal va konglomerant tizimlarga ajratiladi. Logistik faoliyat uchta asos ostida birlashadi: moddiy resurslar birga boradigan hamma texnik vositalar va jihozlar jamlamasi boigan
texnika, tizimlardagi moddiy va nomoddiy oqimlar harakatlari haqidagi statistik va dinamik axborotlar jamlamasi bo‘lgan axborot, korxona va tarmoq iqtisodiyoti.
Tizimdagi barcha moddiy va nomoddiy oqimlami kompleks boshqarish logistika predmetini tashkil etadi.
Logistika ishlab chiqarish sohasini qanday tarzda qamrab olgan bo'Isa, moddiy manfaatlar almashinuvi (moddiy-texnika ta’minoti va savdo-sotiq tizimi)ni ham xuddi shunday tarzda qamrab oladi. U ishlab chiqarish va marketing, moliya va iqtisodiy hisoblar hamda zarur bo‘lgan axborotni qayta ishlashni boshqarishning yagona tizimi faoliyatini yaratishga va nazorat qilishga yo‘naltiriladi.
Moddiy resurslardan tugal holatda foydalanuvchi yirik subyektlardan biri sifatida qurilish kompleksi katta miqyosdagi manfaatdorlikni ko‘zlagan holda bu resurslardan oqilona foydalanish orqali ulami qo‘llashning samarador shakllarini yaratadi.
Bu masalalar yechimini resurslaming barcha turlariga qo'Uash mumkin va bunda bu yechim ularning har birida o‘z spetsikasiga ega boiadi.
Qurilish ishlarini bajarishda foydalaniladigan va konstruktsiyalami montaj qilishga mo‘ljallangan mashina va jihozlar uchun sotib olishning lizing shakli ancha qulaydir.
Materiallar, qurilish konstruktsiyalari vadetallari uchun ulami sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan mablag‘lami minimillashtirish maqsadida materiallar oqimini ratsionizatsiyalashtirish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi, bu esa o‘z navbatida materiallar oqimini shakllantirish va ular harakatini boshqarishning samarador ilmiy quroli sifatida logistikani qo‘llashning maqsadga muvofiqligi va zarurligini oldindan aniqlab beradi.
Qurilish materiallari bozori va kapital qurilish tarmog‘i hozirgi vaqtda O'zbekistonning xo‘jalik—iqtisodiy kompleksi segmentlarini tashkil etadi, ularda logistik siyosatni ilgari surish uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilgan.
Hozirgi vaqtda qurilish materiallari bozorida boshqa ishlab chiqarish mahsulotlari bozorlariga qaraganda yuqori darajadagi raqobat kuzatilmoqda.
Qurilish materiallari sanoati va qurilish industriyasi korxonalari ishlatilmayotgan ishlab chiqarish quwatlarining katta zahiralariga ega va ularning chetki ehtiyojlar yuqori talablarini
qoniqtira olish nuqtai-nazaridan kelib chiqqan holda ko‘pchiligi to‘liq ishga tushirilsa ular xoridorlar bilan hamkorlik qilishga tayyor bo‘ladi.
Investitsion jarayonda materiallar oqimining katta qismi qurilish kompleksi ichida shakllanadi va ular ushbu kompleks bo‘g‘inlari va bo‘limlari harakatlariga, ular tomonidan tanladigan ratsional yechimlar hamda ularning ketma-ket amalga oshirilishiga to‘liq bog‘liq bo‘ladi.
Qurilishdagi materiallar oqimi uning chegarasidan tashqarida boshlanadi va u asosiy jamg‘armalarni yaratish (yangilash, ta’mirlash) jarayonida bu materiallar oqimidan foydalanish vaqtida yakunlanadi. Sanoatda esa materiallar oqimi berilgan ishlab chiqarishda tayyor mahsulotlar yaratish bilan yakunlanmaydi, balki uning harakati aylanma jamg‘armalar elementi sifatida boshqa ishlab chiqarishga o ‘tkaziladi (transformalashtiriladi). Shuning uchun logistikani mehnat mahsulotlariga qo‘llab bo‘lmaydi.
Qurilish tsikli jarayonida puxta ifodalangan bir jinsli bo‘lmagan mahsulotga ega bo‘lish bilan tsiklning har bir stadiyasida materiallar tarkibi o ‘zgaradi (poydevorlami qurishda, devorlami tiklashda, tom yopish ishlarini bajarishda, ichki pardozlash ishlarini amalga oshirishda, injenerlik kommunikatsiyalarini o‘tkazishda va h.k.). Shunig uchun qurilish tsiklining har bir bosqichi uchun unga xos bo‘lgan logistik yechimlar zarur bo‘ladi. Agar sanoatda logistik yechim uchun mahsulot yo‘naltiruvchi moment bo‘lsa, qurilishda esa bu qurilish tsiklining bosqichi bo‘ladi.
Qurilishda materiallar oqimi ishlarni ishlab chiqarishni bir obyektdan boshqasiga ko‘chirish bilan yoki bir vaqtning o‘zida bir nechta obyektlarni tiklashda ishlab chiqarish kuchlarini va vositalarini taqsimlab tarqatish bilan o‘zining yo‘nalishini uzluksiz ravishda o‘zgartiradi. Bundan kelib chiqadiki, ishlarni shlab chiqaruvchi (prorab) aynan bir xil materiallardan foydalangan holda turli logistik yechimlami qo‘llaydi, bu esa birbiriga o‘xshashgan bo‘lgan bir qancha sharoitlarda ulaming mos tushushini inkor etmaydi.
Ratsional logistik yechimlami tuzish, ya’ni materiallar oqimida ishtirok etuvchi xo‘jaliklar faoliyati tarkibi va xarakterini aniqlash moddiy-texnika ta’minoti sohasida samarador yechimlami qidirishning muhim tarkibiy qismini tashkil etadi.
Aniq sharoitlarda logistik zanjimi unga savdo vositachilarini kiritgan holda uzaytirish maqsadga muvofiq boiadi. Ayniqsa bu O‘zbekistonda aynan qurilishda keng rivojlangan kichik biznesni moddiy-texnika jihatdan ta’minlash jarayoniga ko‘proq tegishlidir.
Ishlab chiqarish-texnologik komplektatsiya bo‘limlari logistik zanjirning oraliq bo‘g‘ini sifatida qurilish uchun juda xosdir.
Xulosa sifatida quyidagilami alohida ta’kidlashjuda muhimdir.
Hozirgi sharoitida qurilish majmuasidagi o‘zaro munosabatlar xarakteri va uning moddiy ta’minoti sohasida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Qurilish majmuasi tomonidan qurilish materiallariga bo‘lgan talab va ehtiyojlaming holati va yetkazuvchilaming narx siyosati qurilish materiallari bozori konyukturasining asosiy omillariga aylandi. Bozor turidagi iqtisodiy sharoitlarda yetkazuvchilar uchun mahsulotlar sotilishini tashkil etish, istemolchilar uchun esa ularni minimal narxlarda xarid qilish bosh muammoga aylandi.
Qurilish majmuasi (materiallar resurslarini tugallangan holatda iste’mol qiladigan yirik subyektlar) oldida materiallar resurslarini xarid qilishning samarador shakllarini tanlash va ulardan oqilona foydalanish vazifasi turadi. Bu vazifalarni hal etishda mashinalar va jihozlar bo‘yicha lizingni rivojlantirish, materiallar va qurilish konstruktsiyalari bo‘yicha esa materiallar oqimini samarali tashkil etish katta ahamiyat kasb etadi, buni muvaffaqiyatli amalga oshirish esa o'z navbatida moddiy ta’minot logistik metodlarini amaliyotga qo‘ilash bilan bog‘liqdir.
Nazorat uchun savollar
1. “Logistika” terminini izohlab bering.
2. Quriiishda logistikaning tutgan o‘mi va ahamiyati to'g'risida ayting.
3. Bozor munosabatlari sharoitida qurilish tarmog‘ining moddiy- texnik ta’minoti tizimini tushuntirib bering.
4. Quriiishda moddiy-texnika resurslarining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish qismlarga ajralishini tushuntirib bering.
5. Qurilish moddiy-texnik resurslari tarkibiga nimalar kiradi.
6. Qurilishni moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlashning shakllari va usullarini aytib bering.
7. Qurilish moddiy-texnika ta’minotida logistikani tashkil etishning maqsad va vazifalarini gapirib bering.
8. Qurilishda tashkiliy-texnik tadbirlar deganda nimani tushinasiz.
9. Logistik tizimlar deganda nimani tushunasiz?
10. Oqimlaming turlariga ko‘ra logistik tizimlari qaysi guruhlarga ajratiladi?
11. Qurilish firmasi logistika tizimlari qanday belgilar bo‘yicha turkumlananadi?
12. Qurilish ishlab chiqarishida logistik tizimlar zanjiri nimani ifodalaydi.
Yüklə 23,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə