Gumanitar fanlar


-Mavzu: Sodda bilish jarayonlari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə17/127
tarix17.04.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#85563
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127
Yosh Psixologiyasi (jismoniy madaniyat va Musiqa

4-Mavzu: Sodda bilish jarayonlari.

Reja:
1. Psixik xodisalar, xolatlar, jarayonlar haqida tushuncha.
2. Bilish jarayonlari haqida tushuncha.
3. Diqqat va uning turlari
4. Sеzgi, idrok, xayol jarayonlari, ularning o`xshashligi va farqlari.

Psixologiya fanida diqqatga har xil ta'rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir ob'ektga aktiv (faol) qara-tilishi aytiladi (P. I. Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqat-ning ob'ekti bo‘la oladi.

N. F. Dobrinin. N. V. Kuzmina, I. V. Straxov, M. V. Gamezo, F. N. Gonobolin va boshqalarning nuqtai nazaricha, diqqatning vujud-ga kelishida ongning bir nuqtaga to‘planishi ong doirasining to-rayishini bildiradi, go‘yoki ong doirasi bir muncha tig‘izlanadi. Bunday torayish vatig‘izlanish natijasida ongdoirasi yanada yorqin-lashadi. Ongning eng toraygan, tig‘izlangan yorqin nuqtasi diqqat-ning markazi (fokusi) deb nomlanadi. Xuddi shu markaz (fokus)ga tushgan idrok qilinayotgan jismlar, tasavvur obrazlari, o‘y va fik-rlar to‘la, yorqin va aniq ifodalanadi. Jahon psixologlarining fikricha, diqqat uzluksiz ravishda, muayyan darajada aktivlik xusu-siyatini saklab turadi. Bunday aktivlik, ongning biron-bir ob'ektga yo‘nalishining kuchayishi va ma'lum vaqt davomida diqqat yo‘nalti-rilgan narsaga ongning faol (aktiv) qaratilishini regulirovka qilib turadi hamda mazkur holatning saklanishini ta'minlaydi.

Shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Shuning uchun barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularking mahsul-dorligini oshirishga ta'sir etadi. Shu boisdan diqqat qaratilgan ob'ektlar ong to‘plangan nuqgasida aniq, yaqqol aks ettiriladi. De-mak, diqqat aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va samaradorligini ta'minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u har qanday inson faoliyatining zaruriy shartidir.

Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlovchanlik va yo‘nalganligi bilan xarakterlanadi. Shu boisdan inson atrof-muhitning ko‘plab qo‘zg‘atuvchilari, ta'sirlari orasidan alohida nimanidir idrok etadi, faraz qiladi, allaqaysi narsa to‘g‘ri-sidagina mulohaza yuritadi, xolos. Ongning bu xossasi diqqat xusu-siyati bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Diqqat bilish jarayon-lari singari o‘zining alohida mazmuniga, muayyan mahsuliga ega emas, shuning uchun u barcha jarayonlarning jo‘shqinligi, ildamligini ta'-minlaydi. Demak, diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakat-lantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va biror narsaga qaratilganli-gidir (ye.' B. Pirogova). Berilgan ta'rifga binoan, "ushbu yo‘nalti-rilganlik sub'ektnichg ehtiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga mos keladigan ob'ektlarning tanlanganligida, ix-tiyorsiz yoki ixtiyoriy tanlashda va ajratishda vujudga keladi. Diqqatning muayyan ob'ektlarga to‘planishi, to‘planganligi (konsentra-siyalanishi) ayni paytda boshqa jismlardan chalg‘ishni yoki ularning vaqtincha (muvaqqat) inkor etilishini talab qiladi. Ana shu omil-larga ko‘ra, aks ettirish ravshanlanib boradi, tasavvurlar, mulohaza-lar faoliyat yakunlangunga qadar, qo‘yilgan maqsadga erishguncha ong-da saqlanadi. Ana shu yo‘sinda diqqat faoliyatini nazorat qilib boradi va uni boshqaradi. Shuning uchun ko‘pgina psixologlar (P. Ya. Galperin va uning shogirdlari) diqqatni yuksak turini bilish ja-rayonlari, kishining xulq-atvori kechishini boshqarish imkoniyatiga ega ekanligini ta'kidlaydilar. Diqqatning.biror ob'ektga yo‘na-lishiga ko‘ra sensor (perseptiv), akliy (intellektual), harakatlan-tiruvchi (harakat) shakllariga ajratish mumkin.

Diqqatning muayyan ob'ektga to‘planishi ko‘p jihatdan insonning his-tuyg‘usi, irodaviy sifati, qiziqishi kabilarga bog‘liqdir.

Psixologiyada diqqat.ning ixtiyoriy turi, ko‘pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu, albatta, bejiz emas, chunki, diqqatning muayyan ob'ekt-ga yo‘naltirilishi iroda kuchi bilan saklab turiladi. Hatto ixtiyor-siz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning zo‘ri bilan yo‘nal-tirilgan ob'ektda to‘planib turadi. Irodaning faoliyatni amalga oshirishda ishtirok qilishi ko‘p jihatdan kishining maqsadiga in-tilishi, ishchanlik qobiliyati, psixologik tayyorligiga bog‘liq. Shu boisdan diqqatning kuchi, barqarorligi, mustahkamligi ildamligi odamning muayyan faoliyatini bajarishga moyilligi, shayligi bilan o‘lchanadi. Diqqatning yuksak darajada mujassamligini ta'min-lab turishda odamning faoliyatni bajarishga muvofiqlashgani mu-him rol o‘ynaydi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishning bo-shida qiyinchiliklar yuzaga keladi va ular kishidan irodaviy zo‘r berishni talab qiladi. Faoliyatni bajarishdagi nuqsonlarning na-moyon bo‘lishi diqqatni to‘plashdagi qiyinchiliklarningoqibati bo‘lib hisoblanadi.

Diqqatning ob'ektga to‘planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga bog‘liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyat-ga egadir. Odatda, faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo‘ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti-hara-katlarning o‘ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iborat-dir. Bilvosita qiziqish esa faoliyatning maqsadiga, uning natija-siga yo‘naltirilgan qiziqishdir. Ixtiyoriy, irodaviy diqqat bilvo-sita qiziqish bilan aloqadordir. Psixologik ma'lumotlarningtah-liliga ko‘ra, diqqatning ob'ektga to‘planishi va mustahkamlanishi ko‘zlangan maqsadni, faoliyat mahsulining zarurligi hamda sifati-ning ahamiyatini inson tomonidan anglash orqali ta'minlab turi-ladi. Faoliyat maqsadini anglash o‘z ish-harakatida kishi diqqati-ning yuksak darajada mujassamlanishini ta'min etuvchi eng muhim shart va sharoitlardan biridir.

Dominanta (hukmronlik qiluvchi) muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo‘zg‘atuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘a-lish markazi. Domingnta mavjudligida undan boshqa nerv markazla-ri tormozlangan bo‘ladi. Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga A. A. Uxtomskiy to-monidan kiritilgan. Uning isbotlashicha, D. orqa miyadan tortib to bosh nerv markazlarining ishlash prinsipini tashkil qiladi. Do-minanta diqqatning fiziologik asosidir.

Nerv jarayonlarining induksiyasi - oliy nerv faoliyatining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat: MNSining biror markazida qo‘zg‘alish paydo bo‘lsa, u boshqa markaz-larda tormozlanishning kelib chiqishiga, tormozlanish esa qo‘zg‘a-lishning kelib chiqishiga sabab bo‘lishdan iborat qonuniyat.

Diqqatning ko‘lami — bir davrning o‘zida diqqat tomonidan qamrab olinishi mumkin bo‘lgan ob'ektlarning miqdori.

Diqqatning ko‘chuvchanligi — faoliyat jarayonida diqqatning on-gli ravishda bir ob'ektdan ikkinchi ob'ektga ko‘chirilishi. Diqqat-ning ko‘chuvchanligi har qanday faoliyatda, ayniqsa pult boshqaruvi-dagi alohida ahamiyatga egadir.

Diqqatning taqsimlanishi — diqqatning bir vaqtning o‘zida bir qancha ob'ektlarga qaratilishidan iborat xususiyati. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alo-hida ahamiyatga egadir. Masalan: shoferning, o‘qituvchining ish ja-rayonidagi diqqati taqsimlangan diqqatdir.

Diqqatning barqarorligi — diqqatning o‘z ob'ektiga kuchli yo‘naltirilishi va faol to‘planishidan iborat ijobiy xususiyati.

Parishonlik — diqqatni ma'lum bir ob'ektga qarata olmas-likdan iborat salbiy xususiyat. Parishonlik vaqtincha holat bo‘lishi ham, shaxsning nisbatan barqaror xislati bo‘lishi ham mumkin. Pa-rishonlikning ikki turi mavjud bo‘lib, biri diqqatni umuman hyech narsaga qarata olmaslik bo‘lsa, ikkinchisi diqqatning muayyan ob'ekt ustiga kuchli to‘plantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir. Parishonlik psixopatologik sabablarga ko‘ra kelib chiqishi ham mum-kin.

Kasbga xos diqqat — ma'lum bir kasbga ko‘p yil ishlash natija-sida shu kasbning talablari va ob'ektiv xususiyatlariga mos ravish-da tarkib topgan diqqat turi. Masalan: chorrahada ko‘cha harakatini boshqaruvchiningdiqqati bilan mikroskop yordamida ilmiy kuzatish olib boradigan olimning diqqati bir-biridan keskin tafovut qiladi. Birinchisi diqqatningtaqsimlanishini, ikkinchisi esa markaz-lashuv xususiyatlarini talab qiladi.

Ixtiyoriy diqqat — ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiqirodaviy va asabiy faollik ko‘rsatgan holda muayyan ob'ektga yo‘nalishi va unga to‘planishdan iborat diqqat turi.

Ixtiyoriydan keyingi diqqat — diqqatning muayyan ob'ektga, avvalo, ixtiyoriy ravishda qaratilib, so‘ngra uning ahamiyati tushu-nilgan sari o‘z-o‘zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi. Ushbu tushuncha psixologiya faniga N. F. Dobrinin tomoni-dan kiritilgan.

Diqqat chalg‘ishi — ma'lum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir ob'ektdan boshqa bir ob'ektga ixtiyorsiz ravishda o‘tib turishi-dan iborat salbiy xususiyati.

Diqqatning hajmi — diqqatning bir vaqtning o‘zida qamrab olishi mumkin bo‘lgan mustaqil ob'ektlar miqsori bilan belgila-nadigan xususiyati. Diqqatning hajmi eksperimental sharoitda 2-6 mustaqil ob'ektga tengdir. Diqqatning ob'ektlari o‘rtasida qancha-lik yaqin bog‘lanishlar mavjud bo‘lsa, uning hajmi shunchalik keng bo‘ladi va aksincha.

Diqqat ob'ekti — ongimiz atrofdagilardan ajratib olgan holda yo‘naltirilgan va faol to‘plangan narsa yoki hodisa. Diqqat ob'ekti faqat ob'ektiv narsalar emas, balki sub'ektiv hodisalar, o‘z his-tuyg‘ularimiz, fikrlarimiz, xayol yoki xotira tasavvurlarimiz va boshqa shu kabilar ham bo‘lishi mumkin.

Ixtiyorsiz diqqat - ongimizning oldindan belgilangan maq-sadsiz ravishda muayyan ob'ektga yo‘naltirilishi va unga to‘planishi-dan iborat diqqat turi. Ixtiyorsiz diqqat ob'ektlari narsa va hodi-salarning odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va boshqalardir.

Diqqatsizlik - diqqatni ob'ektga yo‘naltira va to‘play ol-maslik, atrofdagi kishilarga nisbatan e'tiborsizlik yoki iltifot-sizlikdan iborat salbiy xarakter xislati.

Diqqatning o‘zgarib turishi — idrok, xotira, tasavvur yoki tafakkur jarayonida diqqatning ma'lum vaqt ichida dam kuchayib, dam susayib turishdan iborat qonuniyat; diqqat ba'zan daqiqaga 25-30 marta ham o‘zgaradi. Diqqatning o‘rtacha o‘zgarish-tebranish chastotasi 2—3 sekundga tengdir.

Ko‘ruv diqqati — narsa va hodisalarni ko‘ruv organi orqali idrok qilish, esga tushirish munosabati bilan namoyon bo‘ladigan diqqat turi.

Diqqatning fiziologik asoslarini tushuntirib berishda buyuk rus fiziologlari I. P. Pavlov va A. A. Uxtomskiylarning olib borgan ilmiy kashfiyotlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Oliy nerv faoliyatining alohida reaksiyalari bo‘lmish orientir reflekslar to‘g‘risidagi I. P. Pavlov ilgari surgan ilmiy taxmin (gipoteza) psixologiya fani uchun muhim hissa bo‘lib qo‘shildi, chunki «bu nima?» refleksisiz diqqatning tabiatini ochish mutlaqo mum-kin bo‘lmas edi. I. P. Pavlovning «bu nima?» refleksi haqidagi g‘oyasi ixtiyorsiz diqqatning g‘ayritabiiy (reflektiv) xususiyatini ochib berish uchun xizmat qildi. I. P. Pavlovning fikricha, biz pay-do bo‘layotgan siymoga nigohimizni qaratamiz, eshitilgan tovushga quloq solamiz, dimog‘imizga urilgan hidni zo‘r berib yutamiz. Lekin ushbu mulohazalar refleks mohiyatini ilmiy jihatdan ochib berish imkoniyatiga ega emas, vaholanki uning negizini asoslash uchun bir talay omillarni keltirish zarur. ye. N. Sokolov, A. R. Luriya, P. Ya. Galperin, ye. I. Boyko va boshqalarning hozirgi zamon ma'lumotla-riga suyanib mulohaza yuritilganda I. P. Pavlovning orientir ref-lekslari juda murakkab jarayondir.

I. P. Pavlov va A. A. Uxtomskiylarning ta'limotlariga binoan diqqatning holatlari, sifatlari, xususiyatlari, birinchidan, qo‘zg‘a-lish va tormozlanish jarayonlarining o‘zaro birgalikdagi harakati bilan, ikkinchidan, miya strukturasida hukm suruvchi qo‘zg‘aluvchanlik bilan uyg‘unlikka egadir.

I. P. Pavlovning taxminiga ko‘ra, vaqtning har bir lahzasida miya qobig‘ida qo‘zg‘alish uchun ancha qulay (senzitiv) va maqbul sharo-itga ega ekanligi bilan ajralib turuvchi u yoki bu qism hukm suradi. Alohida ajratib ko‘rsatiladigan mazkur qism nerv jarayonlarining induksiyasi qonuniyatiga binoan vujudga keladi. Bosh miya qobig‘i-ning biron bir qismida to‘plangan (markazlashgan) nerv jarayonlari induksiya qonuniga muvofiqboshqa uchastkalarni tormozlanishga olib keladi. Qo‘zg‘alishning eng optimal markazida yangi shartli refleks-lar vujudga keladi, differensiallash esa muvaffaqiyatli amalga oshadi. Qo‘zg‘alishning optimal o‘chog‘i o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega.

Bu holatni chuqurroq dalillash uchun I. P. Pavlovning ushbu fikri-ni keltirib o‘tish joizdir: «Agar bosh suyak kosasi orqali ko‘rish mumkin bo‘lganda edi va agar eng optimal qo‘zg‘aladigan katta yarim sharlar o‘rni yoritilganda bormi, bu holda biz fikrlaydigan ongli odamda uning katta yarim sharlari bo‘ylab doimo o‘zgarib turadigan, shakli va kattaligi g‘alati ko‘rinishga ega bo‘lgan hamda yarim shar-larning qolgan barcha bo‘shlig‘ida ko‘proq yoki ozroq darajadagi soya bilan o‘ralgan och rangli dog‘ning u yoqdan bu yoqqa qay tarzda ko‘chib yurishini ko‘rgan bo‘lardik». I. P. Pavlov ta'kidlab o‘tgan och rangli «dog‘» optimal qo‘zg‘alish o‘chog‘i markaziga mos keladi, uning harakati to‘g‘risidagi fikr esa diqqatning intensivligini ta'minlashning fiziologik omili hisoblanadi. I. P. Pavlovning qo‘zg‘alish marka-zining bosh miya po‘sti bo‘ylab harakat qilish yuzasidan ilgari sur-gan g‘oyalari, gipotezalari va bashoratlari keyinchalik N. M. Liva-novning eksperimental tadqiqotlari materiallari bilan to‘la is-botlandi.

A. A. Uxtomskiyningta'rifiga binoan, dominanta - bu bir davr-ning o‘zida ana shu -markazda yuz beradigan reaksiyalar xususiyatini belgilab berishga qodir hukmron qo‘zg‘alish o‘chog‘idir. Uning fikri-cha, dominantalar vujudga kelgan paytda bosh qo‘zg‘alish o‘choqlari, ya'ni subdominantalari nisbatan kuchsiz qo‘zg‘alish o‘choqlari mutlaqo yo‘qo-lib ketmaydi, balki ular o‘zaro qo‘shilib, dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Mazkur qo‘zg‘alish o‘choqlarining o‘zaro kurashishi na-tijasida subdominanta dominantaga aylanishi yoki oldingi domi-nanta esa subdominanta bilan o‘rin almashishi mumkin hukmron qo‘zg‘alish o‘chog‘i hisoblangan dominanta diqqatining muayyan ob'ektga yo‘naltirishi, to‘planishi, mustahkamlanishi, barqarorlashning fi-ziologik asosidir.

Shunday qilib, diqqatning fiziologik asoslari to‘g‘risida mu-lohaza yuritilganda fan olamida ikkita ta'limotning mohiyatiga to‘xtaladi. Ushbu ta'limotlarning birinchisi (I. P. Pavlov qala-miga mansub) diqqatning fiziologik asosi qo‘zg‘alish jarayonining bosh miya yarim sharlar qobig‘ining ayrim uchastkalarida to‘planishi natijasida optimal qo‘zg‘alish o‘chog‘ining hosil bo‘lishi va ayni vaqtda manfiy induksiya qonuniga binoan miya qobig‘idagi boshqa nerv markazlarining ma'lum darajadagi tormozlanishidir. Ikkin-chisi esa A. A. Uxtomskiyning dominanta nazariyasining talqini-dan iboratdir. Chunki dominanta muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo‘zg‘aluvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘alish markazidir. Do-minanta mavjudligida undan boshqa nerv markazlari tormozlangan bo‘ladi. U markaziy asab tizimiga kelgan har qanday qo‘zg‘alish, im-pulslarni qabul qilib, ularga tegishli javob qaytaradi-da, shu tariqa boshqa markazlarni tormozlash evaziga o‘z faoliyatini yana kuchaytiradi.

Hozirgi zamon psixofiziologiya fanida miyaning spetsifik bo‘lma-gan tizimiga oid turli tuzilishidagi diqqat holatlarining retiku-lyar formatsiya, talamuz, gipotalamuz va gippokamplarga aloqasi haqida anatomik, fiziologik va klinik ma'lumotlar mavjuddir. Ular to‘g‘ri-sidagi mulohazalar keyingi sahifalarda beriladi.

Psixologiya fanining aksariyat manbalarida diqqat deb psixik faoliyatning yo‘naltirilishi va shaxs uchun ma'lum darajada ahami-yatga ega bo‘lgan ob'ektning ustida to‘planishi tushuniladi. Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u insonning jamiki faoliyat-larida bevosita ishtirok etadi va ularning muvaffaqiyatli yakunla-nishini ta'minlaydi. I. P. Pavlovningoliy nervfaoliyati haqidagi ta'limoti, A. A. Uxtomskiy ilgari surgan dominantlik prinsipi va ularning zamondoshlari tadqiqotlari diqqatning fiziologik asoslari va mexanizmlarini ilmiy nuqgai nazardan tushuntirish imkonini yaratdi.

Diqqat bilish jarayonlarini (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol va boshqalarni) vujudga kelish, rivojlanish va tako-millashishning zaruriy shartidir. Bilish jarayonlarining birli-gi, barqarorligi, o‘zaro ularning uyg‘unligi, samaradorligi, mazmun-dorligi va tizimliligi bevosita diqqatga bog‘liqdir.

Insonning har bir bilish jarayoni faqat diqqat yordamidagina ro‘yobga chiqa oladi (lekin qiziqish va irodaviy aktni e'tibordan chetda qoldirmaslik shart). Agarda diqqat passiv (faolsiz) qo‘zg‘atuv-chilar yordamida vujudga kelsa, u taqsirda bilish jarayoni mahsul-dorligi keskin kamayadi, hatto tormozlanishi ham mumkin. Diqqat kuchsiz, beqaror, ob'ektga to‘planishi zaif bo‘lsa, kishining diqqati uzoq vaqt muaiyan vazifani bajarishga ongli ravishda yo‘naltiril-gan taqdirdagina bilish jarayoni maqsadga muvofiq amalga oshadi, xolos.

Ob'ektiv voqyeliqdagi narsa va hodisalar, sub'ektiv ruhiy ke-chinmalar, muayyan taassurotlar, insonning xulqi, faoliyati diqqat-ning ob'ekti bo‘lib hisoblanadi. Diqqat jarayonida ongning voqye-likka nisbatan tanlab munosabatda bo‘lishi (to‘planish, qaratilish, yo‘naltirish, mustahkamlanish) xususiyati namoyon bo‘ladi. Odamning biron-bir ob'ektga e'tiborini yo‘naltirar ekan, u ongida faqat xuddi shu ob'ektning o‘zinigina aks ettirib qolmasdan, balki ayni bir davrda qolgan narsalar va hodisalarni ong doirasidan chetda qol-dirmaydi. Diqqatning qo‘lami qanchalik keng doiraga yoyilsa, demak, u tanlangan ob'ektning miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi va boshqalar.

Psixologiya fanida diqqatni o‘rganishningyana ikki xil nazariyasi mavjuddir (kursiv bizniki — E. G‘.). Birinchi nazariya negizida ong-ning bir nuktaga yo‘nalganligi yotadi. Ikkinchi nazariyaga binoan uning zamirida organizmning orientirovka faoliyati turadi. Ushbu gipotezalarni ilgari surgan psixologlar diqqatni yo‘nalganligi-ning ob'ektga bog‘liqligini va unda jarayonni boshqarish imkoniya-ti mavjudligini tushuntirishga harakat qiladi. N. F. Dobrinin, A. N. Leontev, P. Ya. Galperinlarning fikricha, organizmning qidi-ruv harakatlari, orientirovka faoliyati ikki qismdan iboratdir.

Shunga o‘xshash g‘oya L. S. Vigotskiyning dastlabki tadqiqotlarida ham ko‘zga tashlanadi. L. S. Vigotskiy diqqat bilan aloqador bo‘lgan ikkita ustanovka turini ajratib ko‘rsatadi:

Sensor ustanovka - tayyorgarlikda idrokning ustunligi qobili-yati.

Motor ustanovka - tayyorgarlikda harakatning ustunligi qobili-yati.

Sensor ustanovkada idrok, motor ustanovkada esa harakat ustun-ligi sezilib turadi. L. S. Vigotskiy bularga misol qilib jismo-niy tarbiya mashg‘ulotida komanda (buyruq) berishni keltiradi. Saf-da turganlarga qarab «O‘ng» deb aytamiz. Shu zahotiyoq saflanganlar buyruq oxirini aytishga sensor ustanovka qo‘zg‘aydi «ga !» deyish oyoqlarni aylantirishga moslashish bilan bog‘liq motor ustanovka komanda oxirini eshitishni ta'minlaydi.

Tanikli psixolog D. N. Uznadzening diqqatni ustanovka bilan bog‘lash nazariyasiga N. F. Dobrinin qarshi chiqdi. N. F. Dobrinin fikricha, diqqatni ustanovka bilan bog‘lovchi nazariya quyidagi jihatlarni hisobga olmagan. Diqqat haqiqatan ma'lum moslashuvchi harakatlar bilan birga bo‘ladi, lekin bu harakatlarga borib yetmay-di. Agar tomoshabin sahnadan o‘girilsa, ko‘zini yumadi, qulog‘ini ber-kitadi, u sahnada nima bo‘layotganiga diqqat qilolmaydi. Sahnaga qarash va eshitish uchun boshqa hamma narsalardan chalg‘ish kerak va idrokni sahnada bo‘layotgan hodisalarga qaratish lozim. Qarab turib ko‘rmaslik, tinglab turib eshitmaslik mumkin. Diqqat shundan ibo-ratki, u nimaga qaratilgan bo‘lsa, uni ko‘rish demakdir. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda N. F. Dobrinin diqqatni kishi psixik faoliyatini biron-bir ob'ektga yo‘naltirish va to‘plash bilan boshqa ob'ektlardan chalg‘ish orqali tushuntiradi.

Psixolog G. S. Bakradze diqqatning ob'ektda to‘planishi faoli-yatning roli haqida qiziqarli ilmiy tekshirish tajribasini o‘tkaz-gan. Agarda diqqatni zaifligini tekshiruvchi o‘z vaktida payqab, unga nisbatan qandaydir muskul harakatini amalga oshirsa, u yana tikla-nadi. Bulardan tashqari, diqqat barqarorligini faoliyatning xa-rakteriga, shaxsning o‘ziga bog‘likligi bir qancha psixologlar tomo-nidan isbotlangan.

Diqqatning ko‘chuvchanligi mezoni (kriteriyasi) faoliyatimizning bir turdan ikkinchi turga aylanishidir. Jumladan, telefonistka diqqatini tezkorlik bilan bir abonentdan ikkinchisiga ko‘chirishi bunga yorqin misoldir. Diqqatning ko‘chuvchanlik xususiyati sekinla-shuvi uning sifatini pasayishiga olib keladi. Diqqatning ongli ravishda ko‘chishi namoyon bo‘lsa-da, lekin ayrim hollarda ongsiz holat-da inson diqqati bir ob'ektdan ikkinchisiga ko‘chishi ham mumkin. Misol uchun tabiat quchog‘iga sayr qilish chog‘ida, kino film tomosha qilishda xuddi shunday ko‘chish holati yuzaga keladi.

Diqqatning xususiyatlaridan keng doirada va aniq o‘rganilgani uning qo‘lami (hajmi) bo‘lib hisoblanadi. Diqqat qaratilgan narsalar va hodisalardan qanchasi ongimiz ob'ektidan joy olgan bo‘lsa, demak, uning shu bilan ko‘lami (hajmi) o‘lchanadi. Diqqat (ko‘lami (hajmi) taxistoskop degan asbob yordamida aniklanadi. Taxistoskop ekranida tekshiriluvchilarga bir to‘p harflar ko‘rsatiladi.

Jahon psixologiyasi faniga o‘zining durdona asarlari bilan ta-nilgan olimlardan biri — bu rus psixologi N. N. Lange hisoblana-di. U o‘zining «Irodaviy diqqat nazariyasi» degan kitobida (1893 yilda bosilgan) diqqatning nazariyasiga bag‘ishlangan jamiki ish-larning xronologik tarzda turkumlarga (guruxlarga) ajratib xayrli ishni amalga oshirgan. N. N, Langening nazariy mulohazalarini tur-kumlashtirish muammosi yuzasidan fikrlar P. Ya. Galperinning asarida ham keng joy ajratilgan (P. Ya. Galperin, S. L. Kabilnits-kaya. Formirovanie (eksperimenalnoe) vnimaniya. M. : MGU, 1974).

N. N. Lange diqqat muammosini o‘rganishning qadimgi davrdan boshlab, to XIX asrgacha bo‘lgan rivojlanish bosqichini sakkiz tur-kumga ajratgan holda tahlil qiladi va ularning har birini o‘ziga xos xususiyatlari atroflicha ochib beriladi.

K. D. Ushinskiyning aytishicha, ixtiyorsiz diqqat tashqi va ichki sabablarga ko‘ra hosil bo‘ladi. Tashqi sabablar, qo‘zg‘atuvchining kuchi-ga, organizmning ayni vaktdagi holatiga bog‘liq. Passiv diqqatning ichki sabablari bizning sezgilarimiz izlarini bog‘lanishidir. Idrok qilingan ob'ektning yangiliklar bosqichini diqqatning istov-chi omili ekanligini muallif farqlaydi. Diqqat qaratilayotgan ob'ekt ma'lum o‘lchovda bo‘lishi kerak.

Diqqatning psixologik tahlilini K. D. Ushinskiy tarbiya muam-mosi bilan bog‘ladi. Diqqatni boshqara bilishni aqliy rivojla-nish va amaliy faoliyat uchun asosiy omil deb hisobladi. Diqqatni maqsadga muvofiq boshqarish - idrok qilish paytida va asosiy ish-dan tashqaridagilarga chalg‘imaslik tushuniladi. Tarbiyachilarning vazifasi bolalarning aktiv diqqatini to‘g‘ri yo‘nalishda ko‘rish va ularning diqqatini o‘zlari boshqarishga o‘rgatishdan iboratdir.

K. D. Ushinskiy tomonidan yechilgan muammolar, o‘tkazilgan tek-shirishlar shuni ko‘rsatib turibdiki, u ongni to‘planish qobiliyati-ni diqqat bilan tushundi, u diqqatni o‘rganishda shaxs psixologiya-sidan kelib chiqsi. Tabiiy-ilmiy tushuntirishda o‘z davrining fi-ziologik bilimlaridan unumli foydalandi.

Diqqat tafakkur bilan birgalikda aks etadi. U bilish jarayoni-ningtiniq va asosli bo‘lishiga sababchidir. Bu planda, ayniqsa, ijo-diy ilhomlanishning hisobga olmaganda, diqqatning qidirish ori-yentirovkasi muhim ahamiyatga ega.

Diqqatning nazorat qilish - tuzatish funksiyasi ham kam ahami-yatli emas. Uning shakllari mehnat va o‘quv faoliyatining har xil davrlarida bir xil bo‘lmaydi.

Diqqat alohida kishilarning munosabatlarida, kollektivda xa-rakterli funksiya bajaradi. Kishining kuzatuvchanligida, boshqa odamlarning psixik holatini tushunishda, ziyraklikning aktiv shakllari (mehribonlikda, g‘amxo‘rlikda, ishdagi yordamda) aks etadi. Ziyraklik mehnatda va kishi bilan munosabatda axloqiy-psixolo-gik ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunga muvofiqziyraklikning motivatsiya-si o‘rganiladi. U aks ettirishning yaqqol shakllari va tarbiyalash haqida ko‘rib chiqiladi. Ziyraklikning bunday o‘rganilishi uning tahlilida va shaxs psixologiyasida yangi yo‘nalishdir. Ular o‘z ishla-rida diqqatning o‘rganilishi ko‘rsatilgan aspektlarini sintez qilishga harakat qilishdir.

Psixolog N. V. Kuzminaning fikricha, o‘qituvchilarning dars da-vomida berilayotgan bilimini qanchalik o‘zlashtira olishini tekshi-rib, bunda asosiy va yetakchi rolni diqqat jarayoni o‘ynaydi. Shuning uchun ham ta'lim-tarbiya jarayonida hammadan avval tarbiyachi o‘quvchi-ning diqqatini torta bilishlik tarbiyachining asosiy maqsadi bo‘li-shi kerak. Bu esa o‘tiladigan materialni o‘qituvchi puxta bilishni talab qiladi. Bundan kelib chiqadiki, diqqatningtarbiyalanishi va shakllanishi ham vujudga keladi.

F. N. Gonobolin, M. R. Raxmanova, D. T. Elkin, V. V. Repkin va boshqa qator tadqiqotchilar faoliyatida ta'lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarda diqqatning namoyon bo‘lishi, kechishi, rivojlanishi, o‘ziga xos xossalari, individualligi kabi jihatlar o‘rganilgan. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarga bag‘ishlangan ijodiy izlanishlar miq-dori undan ham ko‘pdir. Biz bu o‘rinda ularga o‘z munosabatimizni bildirmaymiz.

Tevarak atrofdagi olamning boyligi xakida, tovushlar va ranglar, xidlar va xarorat, mikdor va boshka kuplab narsalar tugrisida biz sezgi a'zolari vositachiligida axborotlarga ega bulamiz. Sezgi deb sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etib turgan narsa yoki xodisalarning ayrim sifat va xodisalarning ayrim sifat xossalarining ongimizga aks ettirilishiga aytamiz. Biz turli ranglarni, ta'mlarni, ogir–engilni, issik–sovukni, tovushlarni sezamiz. Sezgi a'zolari axborotni kabul kilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga yetkazib beradi.

Sezgi a'zolari tashki olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yulidir. Sezgi a'zolari kishiga tevarak atrofdagi olamda muljal olish imkonini beradi.

Sezgilar xosil bulishi uchun kuyidagi shartlar bulishi kerak:

Birinchidan, sezgi a'zolarimizdan birontasiga ta'sir etadigan narsa yoki xodisa bulishi kerak.

Ikkinchidan, sezuvchi apparat soz bulishi kerak. Bu apparat kuyidagilardan iborat: 1. Sezuvchi organ (retseptor). 2. Utkazuvchi yul (afferent nerv). 3. Bosh miya pustlogidagi markaz 4. Miyadan javob impulslarini uzatuvchi yul (efferent nerv).

Bitta sezgi apparatini tashkil kiladigan kismlarni I. P. Pavlov analizator deb atagan.

Sezgi moxiyatiga kura ob'ektiv olamning sub'ektiv siymosidir. Lekin sezgilarning xosil bulishi uchun organizm moddiy kuzgatuvchining tegishli ta'siriga berilishi kifoya kilmaydi, balki organizmning uzi xam kandaydir ish bajarishi darkor. Sezgilar muayyan davr mobaynida retseptorga ta'sir utkazayotgan kuzgotuvchining uziga xos kuvvatini nerv jarayonlari kuvvatiga aylanish natijasida xosil buladi. Sezgilarning xosil bulishida kuchli ta'sir kiladigan jarayonlarning ishtirokini o’rganishga bagishlangan kuplab va kup kirrali tadkikotlar olib borilgan.

Sezgi a'zolari fakat moslashuvchanlik, ijro kilish funksiyalarini bajaribgina kolmasdan, balki axborot olish jarayonlarini bevosita ishtirok etadigan xarakat organlari bilan mustaxkam boglangandir.



Analizator. Sezgi nerv sistemasining u yoki bu kuzgatuvchidan ta'sirlanuvchi reaksiyalari tarzida xosil buladi va xar kanday psixik xodisalar kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Kuzgatuvchining aynan uziga uxshaydigan analizatorga ta'siri natijasida xosil buladigan nerv jarayoni sezgining fiziologik negizi xisoblanadi.

Analizator uch kismdan tarkib topadi: 1) tashki kuvvatni nerv jarayoniga aylantiradigan maxsus transformator xisoblangan periferik bulim (retseptor). 2) analizatorning periferik bulimini markaziy analizator bilan boglaydigan yullarini ochadigan afferen nerv (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan kochuvchi) nervlar. 3)Analizatorning periferik bulimlaridan keladigan nerv signallarining kayta ishlanishi sodir buladigan kobik osti va kobik (miyaning uzi bilan tugaydigan) bulimlar.

Analizator periferik bulimlarining muayyan xujayralari miya kobigidagi xujayralarning ayrim kismlariga mos buladi. Jumladan, kuz tur pardasining turli nuktalarida xosil buladigan tasvir miya kobigida xam xar xil nuktalarda shuni aks ettiradi; eshitishda xam xuddi shu jarayonni kuzatishimiz mumkin: nogora parda va miyadagi aks sado.

Sezgining xosil bulishi uchun xamma analizatorlar yaxlit bir narsa sifatida ishlashi darkor. Kuzgatuvchining retseptorga ta'siri kuzgalishning yuz berishiga olib keladi.

Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yuli manbai va eng muxim kismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan, ta'sirni miyaga olib boruvchi afferent nerv yullari va efferent nervlardan tarkib topgandir. Reflektor yoyi elementlarining uzaro munosabati murakkab organizmning tevarak atrofdagi olamda tugri muljal olishining, organizmning yashash sharoitlariga muvofik tarzdagi faoliyatning negizini ta'minlaydi.

Sezgilarning tasniflanishi. Aks etish xususiyatiga va retseptorlarning joylashgan urniga karab sezgilar odatda uch guruxga ajratiladi: 1. Tashki muxitdan narsalar va xodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan xamda retseptorlari tananing yuzasida joylashgan ekstrotseptiv sezgilar; 2. Tananing ichki a'zolarida va tukimalarida joylashgan xamda ichki a'zolarining xolatini aks ettiradigan interotseptiv sezgilar; 3. Retseptorlari mushaklarda va paylarda urnashgan propriotseptiv sezgilar; ular gavdamizning xarakati va xolati xakida axborot berib turadi. Xarakatni sezadigan propriotseptiv sezgi turi, shuningdek, kinesteziya deb xam atalib, uning retseptorlari kinestezik yoki kinestetik retseptorlar deb xam ataladi.

Ekstrotseptorlarni ikki guruxga: kontakt va distant retseptorlarga ajratish mumkin. Teri orkali paypaslab kurishga asoslangan sezgilarni taktil sezgilar deyiladi, bular xam uz funksiyasiga kura bir necha xil bulishi mumkin, masalan, xaroratni sezish, sillik yoki gadir budirni, kattik yoki yumshokni sezish va xokazo.

Sezgilarning umumiy qonuniyatlari. Sezgilar aynan bir xil kuzgaluvchilarning aks ettirish shakllaridan iboratdir. Jumladan, elektro magnit nurlanishi kurish sezgisining kuzgatuvchisi xisoblanadi. Bu nurlanish tulkini uzunligi 380 dan 770 millimikron doirasida buladi va kurish analizatorida nerv jarayoniga aylanadi. Eshitish sezgilari–retseptorlarga tebranish tezligi (chastotasi) 16 dan 20 ming gersgacha bulgan tovush tulkinlari ta'sirining aks etish natijasidir. Ta'sir kuchi shundan past bulsa xam, baland bulsa xam sezgi paydo bulmaydi. Taktil sezgilar mexanik kuzgatuvchining teri yuzasiga ta'siri natijasida xosil buladi.

Sezgilarning sifat, jadalligi, davomiyligi, joylarda yuz berish kabi xususiyatlari bor.

Sifat–mazkur sezgining asosiy xususiyati bulib, uni boshka sezgi turlaridan farklaydi va ayni shu sezgi turi doirasida uzgartirib turadi. Jumladan eshitish sezgisi past–balandligi, mayinligi, zurligi bilan, kurish sezgisi boyligi, ranglarning tusi bilan fark kiladi va xokazo.

Sezgining jadalligi – uning mikdorini ifoda etadigan xususiyati bulib, ta'sir kilayotgan kuzgatuvchining kuchi retseptorning funksional xolati bilan belgilanadi.

Sezgining davomiyligi uning vaktinchalik xususiyati xisoblanadi. Kuzgatuvchi sezgi a'zosiga ta'sir kilishi bilanok xosil bulmaydi, balki, bir oz vakt utgach xosil buladi. Bu sezgining latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri xar xil sezgi turi uchun xar xil: masalan, taktil sezgilar uchun 130 millisekund bulsa, ogrik sezgisi uchun 370 millisekunddir. Ta'm bilish sezgisi esa tilning ustiga kimyoviy kuzgatuvchi surtilgandan keyin 50 millisekund utgach xosil buladi.

Sezgi kuzgatuvchi ta'sir kila boshlashi bilan bir paytda xosil bulmaganidek, ta'sir tuxtashi bilan birdan yukolmaydi. Sezgining bu xildagi sustligi okibat deb atalgan xodisada namoyon buladi.

Kurish sezgisi bir muncha sust bulib, uni kuzgagan kuzgatuvchi ta'sir kilishni tuxtatishi bilanok darxol yukolib ketmaydi. (Kinematograf shunga asoslangan).

Nixoyat, sezgilar kuzgatuvchining muayyan joylarda yuz berishi xususiyatiga egadir. Distant retseptorlar tomonidan amalga oshiriladigan fazoviy taxlil kuzgatuvchining muayyan joyda yuz berishi xakida axborot beradi. Taktil sezgilar tananing kuzgatuvchi ta'sir kiladigan kismi bilan munosabatga kirishadi.



Sezuvchanlik va uning ulchovi. Sezgi a'zolarining sezuvchanligi muayyan sharoitlarda sezgini xosil kilishga layokatli bulgan eng kuchsiz kuzgatuvchi yordamida aniklanadi. Bilinar bilinmas sezgi xosil kiladigan kuzgatuvchining eng kam kuchi sezuvchanlikning kuyi absolyut chegarasi deb ataladi.

Eng kam kuchga ega bulgan va kuyi chegaradagi kuzgatuvchilar sezgi xosil kilmaydi va ular xakidagi signallarni bosh miya kobigiga utkazmaydi.

Sezgilarning kuyi chegarasi mutlak sezuvchanligi darajasini belgilaydi. Mutlak (absolyut) sezuvchanlik bilan kuyi chegara ulchami urtasida teskari boglanish mavjud: kuyi chegara ulchami kanchalik kichik bulsa, muayyan analizatorning sezuvchanligi shunchalik yukori buladi. e=1/p, ye – sezuvchanlik, R – kuzgatuvchining ta'sir chegarasi me'yori. Bizning analizatorlarimiz xar xil sezuvchanlikka egadir. Kishining birgina xid bilish xujayrasining chegarasi tegishli xid tarkatuvchi moddalar uchun 8 molekuladan oshmaydi. Ta'm sezgisini xosil kilish uchun xid bilish sezgisini xosil kilishga sarflanadiganiga karaganda kamida 25 ming marta kup molekula talab kilinadi.

Kurish va eshitish analizatorlarining sezuvchanligi juda yuksakdir. S. I. Vavilov (1891–1951) ning tajribalari kursatganidek, kishining kuzlari turpardaga bor–yugi 2–8 kvant atrofida nur tushgan takdirda xam yoruglikni seza oladi. Buning ma'nosi shuki, biz tim koronguda 27 km masofada yonib turgan shamni kurish kobiliyatiga egamiz. Ayni paytda biz badanimizga biror narsa tekkanini sezishimiz uchun kurish va eshitish sezgilari xosil bulishiga sarflanadiganiga nisbatan 100–xatto 10 mln baravar ziyod kuvvat talab kiladi.

Sezgining mutlak yukori sezuvchanligi deb, kuzgatuvchining eng kup kuch bilan ta'sir kilishiga aytiladi. Bunda ta'sir kursatayotgan kuzgatuvchiga aynan uxshaydigan sezgi xosil buladi. (Masalan, kattik tovush, kuchli yoruglik ogrik paydo kiladi).

Sezgilar urtasida bilinar bilinmas farkni xosil kiluvchi 2 ta kuzgatuvchi urtasida mavjud bulgan minimal fark – fark ajratish chegarasi deb ataladi. Ajratish chegara sezuvchanligi yoxud fark ajratish sezuvchanligi xam farklanish chegarasining ulchamiga nisbatan teskari boglanishda buladi: farklanish chegarasi kanchalik katta bulsa, ayirma sezuvchanlik shunchalik kam buladi. (Yuk 100 gr bulganda fark 3,4 gr, 1000 gr bulganda 33,3 gr buladi).



Adaptatsiya. Sezgi chegarasining absolyut me'yori bilan belgilanadigan analizatorlarning sezgirligi barkaror bulmasdan kator fiziologik va psixologik shart–sharoitlar ta'siri ostida uzgarib turadi. Ushbu shart-sharoitlar orasida adaptatsiya (moslashish) xodisasi aloxida rol uynaydi.

Adaptatsiya yoxud moslashuv–sezgi organlari sezgirligining kuzgatuvchi ta'siri ostida uzgarishi demakdir. Adaptatsiya xodisasining 3 turini aloxida kursatish mumkin:

1. Kuzgatuvchining uzok muddat davomida ta'sir etishi jarayonida sezgining tamomila yukolib kolishiga uxshaydigan turi. Masalan, terining ustiga kuyilgan yengilgina yuk tezdayok sezilmay koladi. Xid bilish sezgilari atrof muxitga yokimsiz xid yoyilganidan kup utmay batamom yukolib kolishi xam oddiy bir xodisadir. (Korongudan yoruglikka va aksincha).

2. Adaptatsiya deb shuningdek, yukorida bayon etilgan xodisalarga yakinrok bulgan kuchli kuzgatuvchining ta'siri ostida sezgining zaiflashib kolishiga ifodalanadigan yana bitta xodisaga xam aytiladi. Masalan, sovuk kuzgatuvchi xosil kiladigan sezgining jadalligi kulni sovuk suvga solganda susayadi. Biz yarim korongu xonadan yorkin yoritilgan joyga chikkanimizda oldiniga kuzlarimiz kamashadi va tevarak atrofdagi biror narsaning farkiga yeta olmaydigan bulib kolamiz. Adaptatsiya–bu analizatorning sezuvchanligi susayib ketishi xamdir.

3. Nixoyat kuchsiz kuzgatuvchining ta'siri ostida sezgirlikning ortishi xam adaptatsiya deb aytiladi. Ayrim sezgi turlariga xos bulgan adaptatsiyaning bu turini pozitiv adaptatsiya deb ta'riflash mumkin. Masalan, korongulikda uzok vakt bulganlik ta'siri ostida kuzning sezuvchanlik ta'siri ortadi. Eshitish kunikmasining shunga uxshaydigan shakli sokinlik adaptatsiyasi xisoblanadi. Masalan, shovkin sexda ishlaydiganlar bir birlari bilan bemalol gaplashaveradilar.

Turli analizatorlarda adaptatsiya turlicha sodir buladi.



Sezgilarning uzaro munosabati. Sezgilarning jadalligi fakat kuzgatuvchining kuchi va retseptorning adaptatsiyalanish darajasiga emas, balki muayyan paytda boshka sezgi a'zolariga ta'sir kursatadigan kuzgalishlarga xam boglik buladi. Analizator sezuvchanligining boshka sezgi a'zolarining kuzgalishi ta'siri ostida uzgarishi sezgilarning uzaro munosabati deb ataladi. Buning ta'sirida uning sezuvchanligi uzgaradi. Jumladan kurish analizatorining sezuvchanligi eshitish kuzatuvchisining ta'sirida uzgaradi. S. V. Kravkov (1893–1951) bu uzgarishni eshitish kuzgatuvchilarining balandligiga boglik ekanligini kursatib bergan edi. Yoki kurish sezuvchanligi xid kuzgatuvchilari ta'sirida xam oshadi.

Sensibilizatsiya. Analizatorlarning uzaro munosabati va mashk kilish natijasida sezuvchanlikning ortishi sensibilizatsiya deb ataladi. Kuzgalish jarayonining tarkalishi (irriradiatsiyalashuvi) natijasida boshka analizatorning sezuvchanligi oshadi. Kuchli kuzgatuvchi ta'sir kilganda kuzgalishning aksincha tuplanish xususiyatiga ega bulgan jarayoni yuzaga keladi. Uzaro induksiya konuniga binoan bu markaziy bulmalarda boshka analizatorning tormozlanishiga va ular sezuvchanligining susayib kolishiga olib keladi.

Analizatorlarning sezuvchanligi ikkinchi sezgilarga mansub kuzgatuvchilar ta'siri ostida xam uzgarishi mumkin. Jumladan sinaluvchilarga eshittirib «limon kabi nordon» degan suzlarga javoban kuzlarning elektr sezuvchanligini uzgartirib yuborgani kuzatiladi.

Sezgi a'zolari sezuvchanligining uzgarishi konuniyatlarini bilgan xolda maxsus tanlangan kushimcha kuzgatuvchilarni kullanish yuli bilan u yoki bu retseptorni sensibillashtirish, ya'ni uning sezuvchanligini oshirish mumkin.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə