Guruh: awr029 Bajardi: Mamatqobilov Begzod



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə2/3
tarix29.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114078
1   2   3
Mamatqobilov Begzodjon Self-study

Taqdimot maqsadi
Taqdimotdan ko’zlangan maqsad nima? Tinglovchilar taqdimotdan oldin shu mavzu bo’yicha o’y-fikrlari va amallari qanday edi? Taqdimotdan so’ng ularning fikrlari va amallari qanday bo’lishi kerak? Qaysi eng asosiy g’oyani tinglovchilar bilan ulashmoqchiman va uni evaziga o’zim nima olmoqchiman?
Taqdimot uchun e’tibor berilishi kerak bo’lgan yana bir muhim masala - uni auditoriyaga qo’ldan kelgancha onson tushuniladigan, aniq va qiziqarli tarzda yetkazib berishdir. Chunki ko’pincha auditoriya taqdimotchi hikoyasini ham tinglab, ham unga savol berishga ulgurishi kerak bo’ladi.
Prezentatsya “hikoyasi"ni tuzishda konsaltingda keng qo’llaniladigan uslubdan foydalanish mumkin. Unga ko’ra, taqdimot birinchi hozirgi vaziyat qandayligi bilan boshlanadi. Keyin shu vaziyatga tegishlik, shu taqdimotni qilishga sababchi bo’lgan o’zgarish yoki qiyinchilik tafsilotlari tasvirlanadi. So’ng, uni yechishga kerak bo’lgan savol(lar) beriladi, ohirida unga javob(lar) taqdim qilinishi bilan yakunlanadi.
Taqdimot mavzusi
Tinglovchilar nega o’z vaqtlarini aynan mening taqdimotim uchun ketkazishlari kerak?Ularni taqdimotim nimasi bilan o’ziga jalb eta oladi? Shu savollar bilan mavzuni qiziqarliroq qilib ifodalashga yordam berishi mumkin.
Taqdimot berish jarayoni
Taqdimotimni uzoqligi qanday bo’ladi? Nechta slaydlar kerak bo’ladi? Uni qanday boshlayman va olib boraman? Savollar qachon berilishi mumkin?
Ba’zida taqdimotchi o’z hikoyasini uzoqdan boshlab uni kulminatsiyaga olib kelguncha auditoriyasini “yo’qotib” qo’ygan hollar ham uchrab turadi. Ayniqsa mobil telefon va internet davrida odamlarning diqqat qilish davomiyligi qisqarib borayotganligini kuzatish mumkin. Shuning uchun taqdimot tayyorlashda Barbara Mintoning Piramida Printsipini qo’llash foyda beradi. Bu printsipga ko’ra eng asosiy fikr-g’oyani taqdimotni boshidayoq bayon qilinishi kerak. Uning tafsilotlarini esa taqdimot davomida mantiqiy bo’laklarga bo’lib hikoya shaklida yoritib boriladi.
Misol uchun, avtomashinani haydash haqida taqdimot tuzilmasi:

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə