Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə41/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   121
Fuqarolik Javob 74

194-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Sud arizani ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:1) arz qilinayotgan talab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, iqtisodiy sudga yoki ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmasa;
2) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki ma’muriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish to‘g‘risidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;3) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, hakamlik sudining ish yuritishida ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa;4) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hakamlik sudining qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bo‘lsa, bundan fuqarolik ishlar bo‘yicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno; Sudyaning ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etishi sudga ikkinchi marta murojaat etishga to‘sqinlik qiladi.
Agar nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli bo‘lsa, ajrimda sudya arizachi qaysi organga murojaat qilishi lozimligini ko‘rsatishi shart.


  1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining sudloviga tegishli ishlar

28-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining sudloviga tegishli ishlar
Ushbu Kodeksning 26-moddasida ko‘rsatilgan ishlar fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida ko‘riladi, bundan qonunda shunday ishlarni ko‘rish boshqa sudlar vakolatiga berilgan hollar mustasno.


  1. Fuqarolik ishlari buyicha sud hal qiluv qarorini ijro etish tartiblari.


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə