|
![](/i/favi32.png) Hakamlik sudlari to‘g‘risida-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
|
səhifə | 104/121 | tarix | 11.12.2023 | ölçüsü | 107,25 Kb. | | #146253 |
| Fuqarolik Javob 74328-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda mol-mulk (ashyo) kimga tegishli ekanligi to‘g‘risida ma’lumot berishi mumkin bo‘lgan shaxslarni (mol-mulkning (ashyoning) mulkdorlari, unga amalda egalik qilib turganlar, qo‘shnilar va boshqalarni) aniqlaydi, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan mol-mulkka doir mavjud ma’lumotlarni so‘raydi.
Sud tartibida Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish.
317-modda. Ariza berish
Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza sudga shaxs yotgan psixiatriya muassasasi tomonidan beriladi.G‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar ko‘rsatilgan arizaga shifokor psixiatrlardan iborat komissiyaning shaxsning psixiatriya statsionarida bundan keyin bo‘lishi zarurligi to‘g‘risidagi asoslantirilgan xulosasi ilova qilinadi.Ariza psixiatriya muassasasi joylashgan erdagi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.Sud arizani qabul qilish bilan bir paytda arizani sudda ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan muddatda shaxsning psixiatriya statsionarida bo‘lib turishi masalasini hal etadi.
318-modda. Ishni ko‘rib chiqish
Shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ish sud tomonidan statsionarga yotqizilayotgan shaxsning qonuniy vakili va statsionarga yotqizishning asosliligi to‘g‘risida xulosa bergan komissiya tarkibidagi shifokor psixiatr, prokuror, shuningdek shaxs yotgan psixiatriya muassasasi vakili ishtirokida o‘n kunlik muddat ichida ko‘rib chiqiladi.Sud majlisiga psixiatriya muassasasi vakilining uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi arizani ko‘rib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud uning kelishini shart deb topishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|