Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Taraflarga sud xarajatlarining o‘rnini qoplash



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə112/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   121
Fuqarolik Javob 74

140-modda. Taraflarga sud xarajatlarining o‘rnini qoplash
Prokurorning, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilib sudga murojaat qilgan davlat boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning va fuqarolarning arz qilingan talablari to‘liq yoki qisman rad etilganda, javobgar qilgan sud xarajatlarining o‘rni unga budjet mablag‘lari hisobidan to‘liq yoki da’vogar arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda qoplanadi.
Talablarni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, ushbu Kodeks 46-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan jalb etilgan javobgar qilgan sud xarajatlarining o‘rni budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi.Mol-mulkni xatlashni bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo qanoatlantirilgan taqdirda, da’vogar qilgan sud xarajatlarining o‘rni unga budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi.


  1. Uy joyga oid nizolarni ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi

99-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi
Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ihtisosligidagi bir necha ekspert tomonidan o‘tkazilishi mumkin.Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi ekspertizani tayinlagan sud yoki mazkur ekspertizaning o‘tkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.Ekspertizani o‘tkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi o‘z oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, o‘tkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.Ekspertizani o‘tkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert tekshirishlarni mustaqil va alohida o‘tkazadi, shaxsan o‘zi olgan va komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qo‘yilgan savollar yuzasidan o‘z maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi.
Tekshirishlarning ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan to‘liq yoki qisman o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


  1. Uy joyga oid nizolarni hal qilishda taraflarga dalillarni qaytarish


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə