Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Sudya yordamchisining (katta yordamchisining) ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə110/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   121
Fuqarolik Javob 74

206-modda. Sudya yordamchisining (katta yordamchisining) ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari
Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirig‘iga binoan quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:1) sudyaga kelib tushgan arizalarni o‘rganadi va ularni ko‘rish yuzasidan takliflar kiritadi, sud hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi;2) ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalarini hal qilishda, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini aniqlashda va boshqa shaxslarni jalb qilish to‘g‘risidagi masalani hal etishda ishtirok etadi;3) sud protsessini tayyorlashni va o‘tkazishni tashkil etishda ishtirok etadi;4) arizalar va murojaatlar, shuningdek ko‘rilishi keyinga qoldirilgan yoki ish yuritish to‘xtatib turilgan ishlar o‘z vaqtida ko‘rilishi ta’minlanishini tashkil etadi;5) taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilarini ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi.
Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirig‘iga binoan boshqa harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


  1. Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi

9-modda. Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga bo‘ysunadilar.Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biror-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi.


  1. Sudyani va protsessning boshqa ishtirokchilarini rad qilish

4-bob. Sudyani va protsessning boshqa ishtirokchilarini rad qilish
21-modda. Sudyani rad qilish asoslari
Quyidagi hollarda sudya ishni ko‘rishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
1) shu ish ilgari ko‘rilganida sudya sifatida ishtirok etgan bo‘lsa va ushbu Kodeks talablariga muvofiq ishni ko‘rishda takror ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasa;2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning xolisligi va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa;3) shu ish ilgari ko‘rilganida hakamlik sudining sudyasi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi, guvoh va vakil sifatida ishtirok etgan bo‘lsa;4) taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi bo‘lsa;5) ishni ko‘rayotgan hay’at tarkibiga kiruvchi sudyaning qarindoshi bo‘lsa.

Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə