Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi



Yüklə 134,23 Kb.
səhifə12/35
tarix04.06.2022
ölçüsü134,23 Kb.
#88748
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Iroda

Hamzaning pedagoglik mahorati. Hamza Hakimzoda Niyoziy o`zbek madaniyatining eng yirik namoyadalaridan biri. U ma‘rifatparvar shoir, o`qituvchi, jamoat arbobi, kompozitor, rejissyor, jurnalist sifatida ma‘lumdir. O`zbek teatr san‘atini rivojida muhim hissa qo`shgan buyuk dramaturg hamdir. Hamza 1989-yil 6-martda Qo`qon shahrida tabib oilasida dunyoga keladi. Hamza o`zining o`qishga bo`lgan zo`r ishtiyoqi tufayli 12 yoshidayoq to`la xat savodli bo`lib yetishadi. 1906 yilda madrasaga kirib o`qiy boshlaydi.Biroq madrasa ta‘limi Hamzani qanoatlantirmaydi. Hamza
----------------------------------------
H.H.Niyoziy Mukammal asarlar to’plami Toshkent.1979.B-65
Karimov N. XX asr boshlarilagi tarixiy vaziyat va jadidchilik harakatining vujudga kelishi
//Jadidchilik: Islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. - • Toshkent,«Universitet», — 1999.

1911-yili Qo`qonning Hojibek guzarida maktab ochib, yetim va kambag’al bolalarni o`qitadi, o`quvchilar uchun “Yengil adabiyot”, “O`qish kitobi” o`quv qo`llanmalarini yaratadi. Hamzaning ijodi va o`qituvchilik faoliyati o`sha vaqtdagi hukumat amaldorlarini tashvishga soladi. Ular Hamza maktabini «Xavfli, bolalarni buzuvchi, din va ma‘rifatdan ozdiruvchi


maktab” deb qoralab yoptirib, o`zini ta‘qib eta boshlaydilar.
Hamza 1913-yil fevralda chet elga ketib, Afg’oniston , Hindiston, Makka, Madina, Shom (Suriya), Bayrut, Istambul, Odessa shaharlarida bo`ladi va 1914-yil boshlarida Qo`qonga qaytadi. 1915-yilda Shohimardonda maktab ochadi, muallimlar tayyorlaydigan kurs tashkil etadi, bu o`quv muassasasi chinakam xalq maktablarining dastlabki namunasi edi. Hamza bu maktabda yoshlarga dunyoviy fanlarni o`qitadi, aqliy, axloqiy tarbiyaga alohida ahamiyat beradi. Hamza Hakimzoda 1915-1916-yillarda yaratgan “Oq gul”, “Qizil gul”, “Pushti gul”, “Sariq gul” kabi ashulalar to`plamlarida, “Milliy roman yoxud yangi saodat” qissasi, “Zaharli hayot” kabi drama asarlarida mehnatkash xalqni o`qishga, ilm o`rganishga davat etadi.
Hamza “Sadoi Turkiston”gazetasida bosilgan bir she‘rida “bir iloj qilib kambag’al bolalarni aqchasiz... tarbiya va o`quvga boshlarini band qilmoq...”choralarini izlaydi, she‘r va maqollarida bolalarni o`qishga chaqiradi. Bu g’oyani Hamza “O`qi” she‘rida bayon etadi.

Yüklə 134,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə