Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi



Yüklə 134,23 Kb.
səhifə8/35
tarix04.06.2022
ölçüsü134,23 Kb.
#88748
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Iroda

Karimov N. XX asr boshlarilagi tarixiy vaziyat va jadidchilik harakatining vujudga kelishi
//Jadidchilik: Islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. - • Toshkent,«Universitet», — 1999.
Loʼm-loʼm, loʼm-loʼm Mamajon, loʼm-loʼm Mamajon,
Istakonda choy ichgan, loʼm-loʼm Mamajon.
Hamza millatni jaholat, istibdod, ilmsizlik tufayli fajeʼ ahvolga tushgan Turkistonni yigʼlashga daʼvat etadi: sen shunday yigʼlaginki, hatto «ruhsiz tanlar tebransin», seni shunday ahvolga solgan, oʼzi zillatga, xorlikka botgan millat uygʼonsin! «Loʼm-loʼm Mamajon» ashulasidagi shoʼx ohang oʼrnini qaygʼu va uning ohangida millatni ilm-maʼrifatga daʼvat egallaydi:
Darigʼ tutmang ilm uchun ketsa molu jon,
Oʼquv farzligi ming yoʼl Qurʼonda farmon,
Maʼrifatsiz tonulmas ahkomi imon,
Ilmsizga aytulmas komil musulmon.
Yigʼla, yigʼla, Turkiston, yigʼla, Turkiston,
Ruhsiz tanlar tebransun, yigʼla, Turkiston.
Xorazm xalq kuylari ohangida bitilgan «Yaxshi holin yoʼqotgan oqibatsiz Turkiston» misrasi bilan boshlanuvchi sheʼrida shoir mustamlaka oʼlkaning iqgisodiy, maʼnaviy, siyosiy tutqun ahvolini buyuk dard bilan qalamga olgan. Har bir millatning istiqboli — ilm-maʼrifatda. Shoirni qiynayotgan, uning faryod chekishiga sabab boʼlayotgan narsa millatning ilmsizligi, bu ilmsizlik oqibatida oʼziga «Oʼlmasindan ilgari jismiga kafan bichgan»i:
Boʼgʼzi sori toʼlguncha gʼaflat sharobin ichgan,
Oʼlmasindan ilgari jismiga kafan bichgan,
Umid rishtasin kesub, oru nomusdan kechgan,
Bogʼlu qoʼling, Turkiston, nobakorlarmi chechgan?
Oʼzgalarchi? Ular oʼz xalqi uchun molu jonini qurbon qiladilar, ilm-maʼrifat yoʼlida bor-yoʼgʼini baxshida etadilar, millat ravnaqi uchun qon yutadilar. Shoir shu oʼrinda Turkistonning oʼtmishiga razm soladi: olamga ilm nurini taratgan, iqboli quyoshdek charogʼon zamonlarning oʼtib ketganidan afsus chekadi:

Esiz, esiz Turkiston, qani avvalgi holi?


Olamga ziyo bergan ul xurshidi iqboli?
Аbri gʼaflat qurshadi, tun boʼldi istiqboli,
Xoʼr boʼlsa millatimiz, tutmasmikin uvoli.
Shoir shunday xulosaga keladi: sening bogʼliq qoʼlingni bu no-bakorlar yechmaydi! «Vatanga molik boʼlgan nobakor toʼngʼiz» kelgindilardan Turkistonni ozod qilish uchun oʼzligini yuksak dara-jada masʼul biladigan hakiqiy millat fidoyilarini tarbiyalash kerak.
Shoir har toʼrt misradan keyin takrorlanuvchi:
Zulmat toshi yogʼilsa-da, koʼzi ochulmaz,
Ruhsiz tandur, xanjar ursa, qoni sochulmaz, —
naqarot misralarda mumtoz sheʼriyatimizga xos tamsil sanʼatidan mohirona foydalangan. Eʼtibor bering, xalqoʼzligidan, mil-liy ruhdan mahrum etilgan, quruqjasadi qolgan — bu jasad oʼlik jasad, har qancha tigʼ ursang ham qon chiqmaydi. Xalqimizda ham shunday ibora qoʼllanadi.
Umuman, Hamzaning «Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi»ga kirgan sheʼriy toʼplamlar nafaqat oʼquvchilar, hatto sanʼatkor-hofizlar oʼrtasida ham katta shuhrat qozongan. Bu haqda Hamza ijodining dastlabki tadkiqotchilaridan Sotti Husayn shunday yozgan edi: «U tor doiradagi oʼquvchilar oʼrtasidagina emas, ashulachilar oʼrtasida ham tarqala boshlagan. Shuning bilan baravar bu ashulalar toʼshtami… reakdion kuchlarning, ruhoniylarning qattiq gʼazabiga uchragan».
Koʼpgina oʼzbek ijodkorlari qatori Hamza dunyoqarashining takomilila jadidchilik harakatining buyuk rahnamosi Ismoilbek Gasprali va uning «Tarjimon» gazetasining roli katta boʼlgan. 1914 yil 11 sentyabrda Gasprali vafoti munosabati bilan hamma oʼzbek jadid ijodkorlari singari Hamza ham oʼz hamdardligini bildirib, «Yavmul-vafot» (Sadoyi Fargʼona, 1914 yil 24 sentyabrʼ) maqolasini va «Marsiya» (Sadoyi Fargʼona, 1914 yil 28 sentyabrь) sheʼrini eʼlon qildi. Sheʼrda shunday misralar bor:
Oh, millat, yetdi bu dam qaygʼulik, gʼamlik zamon,
Tegdi ogʼzingga halokat toshi, emdi toʼla qon,
Dod qil davri falakdan, botdi xurshidi jahon,
Motam ayla, ogʼlasun ahvolinga har insu jon,
Koʼk sari uchdi Masiho jismlar jondan judo,
Yaʼni takrori taraqqiy murgʼi shabxondan judo.
Hamzaning «Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi»ga mansub «Safsar gul» toʼplamiga mardikorlikka olingan oʼzbekning yurtdan uzoqdagi xoru zorliqda kechgan hayotini tas-virlovchi sheʼrlari kirgan. Ularda mardikorlarning ichki his-tuygʼulari, el-yurtiga boʼlgan cheksiz muhabbati, sogʼinchi oʼz ifo-dasini topgan. Аmmo shoirning ushbu toʼplamida «oq podshoh»ni, general gubernatorni koʼklarga koʼtaruvchi, mardikorlarni fidokorona mehnatga daʼvat etuvchi sheʼrlar ham mavjud. Bu hol shoirning ijodida uzoq davom etmadi: u mardikor olish voqeasi mustabid tuzumning millatni tahqirlovchi, uni abadiy tutqunlikda saqlovchi tadbiri ekanligini tushunib yetdi. Bu hol uning mazkur toʼplamidan bir oz keyin yaratgan «Fargʼona fojialari» tetralogiyasining «Istibdod qurbonlari» qismida rus mustamlakachilarini ayovsiz fosh etishida yaqqol koʼrinadi:
«Marusa. Man aytaman, oʼzlari shunday iflos. А, mamlakatlari yaxshi, sermeva, maʼdanzor, boylik shularda. А, oʼzlari bunday bechora, ahmoq (kulub). Da, «Mevani yaxshisini it yeydi», degan soʼz xoʼp soʼz-da, a!
Nachalnik. Da! Shunday. Endi biz hozirgi Turkistondagi fi-losufi zamon gaspodin Ostroumovning deganicha, bularni shunday qaro mehnatlar bila ezub buturmoqgʼa kerak. Chunki agar bulardan gʼofil qolinsa, albatta zamon kelur… bir kun bizga kutulmagan ikkinchi bir balo boʼlub chiquvlari shubhasizdir. Shuning uchun mana shunday fursatlarda istifodasiz boʼlmay, ziyolik firqalaridan tortub, sekin-sekin yoʼq eta borish kerak».
1918-1920 yillarda mustamlakachilar adresiga aytilgan bu soʼzlar haqiqiy jasorat edi.
«Iydi qurbon», «Eʼtizor» kabi maqolalari «Sadoyi Turkiston»-«Sadoyi Fargʼona» gazetalarida bosildi. Ushbu maqolalarda millatni yaramas illatlardan, faqirlikdan, xurofotdan qut-qaruvchi birdan-bir yoʼl ilm-maʼrifatdir, degan gʼoya ilgari su-riladi va boyu kambagʼal, ziyoliyu din peshvolari — hammalarining qoʼlni-qoʼlga berib, yangi usuli jadid maktablariga koʼmaklashuvlari lozimligi taʼkidlanadi. Hamza milliy ayirmalarga, sinfiy tabaqalanishlarga keskin qarshi chiqadi, uningcha, fa-qat birlik bilangina millatni jaholat botqogʼidan, qoloqlikdan, turgʼunlikdan, istibdod qulligidan qutqarish mumkin. Bu haqda «Maktabi dorul-aytom» maqolasida muallif yozadi: «Demak, bu «Dorul-aytom»da Xoʼqandning har tarafidan oʼlsun fa-qir bolalarni, shubhasiz, qabul qilinadur. Faqat daftar, qalamdan boshqa kitoblargʼacha, hatto maktabdan beriladur. Yuqoridagi iona qiluvchi afandilarimizgʼa qiyosan faqir va yetim bolalargʼa rahm va shafqatlari bori Xudo va Rasuldan va millatning rizoligʼi birlan dunyo va oxirat saodatlarigʼa havaskordan qarindoshlarimizgʼa bu toʼgʼrida naqadar iona va muruvvat koʼrguzmoqlarini rijo va niyoz qilurmiz. Hamda har oydagʼi ehsonlarni jamlab, xoh oz, xoh koʼp bu yetim bolalarin maktab mudiriga bersalar, naqadar bolalarni ilmu maʼrifatgʼa yetishmoqigʼa eng birinchi shafqatlu ota-onalaridan boʼlur edilar… Diyonatlik baʼzi ahboblarimiz har oyning oxirida yuboradurgʼon aqchalarini yozdurub
-----------------------------------
H.H.Niyoziy Mukammal asarlar to’plami Toshkent.1979.B-65

Yüklə 134,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə