Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi



Yüklə 134,23 Kb.
səhifə25/35
tarix04.06.2022
ölçüsü134,23 Kb.
#88748
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Iroda

Treninglar o’tkazish

Didaktik o’yinlar tashkil etish

Ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish

Ijtimoiy zahiralardan foydalanish(mutaxassis olimlarni taklif etish, darslarni ijtimoiy va tabiiy)

O’b’ektlar – muzeylar va shoirlar uy-muzeylari, adiblar hiyobonlarida o’tkazish

Interfaol ta'lim asosini interfaol metodlar tashkil etadi. "Ta'lim jarayonida talabalar hamda o'qituvchi o'rtasida hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish ta'lim oluvchilar tomonidan bilimlarni samarali o'zlashtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlar interfaol metodlar sanaladi".


3.3. “O’zbek ma’rifatchilik adabiyoti” modulini o’qitishga doir innovatsiyalar va ilg’or xorijiy tajribalar


Oliy ta’limda “O’zbek ma’rifatchilik adabiyoti” modulini o’qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida ishlash davrning asosiy talabi, hayotning zaruriyati bo’lib qolmoqda. Lug’aviy jihatdan “innovatsiya”tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda “innovation” – “yangilik kiritish”5 degan ma’noni anglatadi. Mazmunan esa tushuncha negizida “innovatsiya” tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o’zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi.
Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish bir necha bosqichlarda kechadi. Ular quyidagilardir:
1. Muammoni tahlil asosida aniqlash.
2. Mo’ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash.
3. O’zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish.
4. O’zgarishlarni amalga oshirish.
Bugungi kunda pedagoglarning innovatsion faoliyat ko’nikma hamda malakalariga ega bo’lishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar tomonidan innovatsion faoliyat ko’nikma, malakalarini o’zlashtira olishlarida ularning innovatsion yondashuvga ega bo’lishlari talab etiladi.6 O’z mohiyatiga ko’ra pedagoglar tomonidan innovatsion faoliyat ko’nikma, malakalarining o’zlashtirilishi ularda innovatsion yondashuvni qaror topishi asosida kechadi. Pedagoglarda innovatsion yondashuvning qaror topishi ham murakkab jarayon bo’lib, u bir necha bosqichda kechadi.

  1. Tayyor metodik tavsiyanoma (mavjud innovatsiya)lardan foydalaniladi.

  2. Mavjud tizimga yangi g’oyalarni, metodlarni kiritadi.

  3. Yangi g’oyani amalga oshirish mazmuni, shakl va metodlarini tizimlashtiradi.

  4. Pedagog o’qitish va tarbiyalashga oid o’z kontseptsiyasi yo metodikasini yaratadi.

Shunday qilib, innovatsion va interfaol ta’lim texnologiyalari ta’lim sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, o’qituvchi, talaba, talabalar guruhi, shuningdek, jamoa o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish, g’oyaviy va ruhiy birlikka erishish, yagona maqsad sari intilish, har bir ta’lim oluvchi (talaba, talaba)ning ichki imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishda katta imkoniyatlarga ega.
Moduldagi mavzularni o’tishda ta’limning zamonaviy metodlaridan keng foydalanish, o’quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish samarali natija beradi. Bu borada INTERNET saytlariga kirib, mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishtiriladi. Badiiy matnni sistem-funktsional o’rganish, badiiy asarda shakl va mazmun munosabati, timsollar tizimi, adabiy tur va janrlar tahlili yuzasidan tayyorlangan slaydlar va chizmalar ko’rsatiladi. Video, audiovizual materiallardan foydalanib, amaliy mashg’ulot va seminarning xarakteriga ko’ra “Muammoli ta’lim”, “Noan’anaviy dars”, “Munozarali dars” kabi pedagogik texnologiyalar tipidan foydalaniladi.
- Mazkur modulni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik axborot-kommunikatsiyalari qo’llanilishi nazarda tutilgan:
- kompyuter yordamida badiiy matlarning ritmik tahlili;
- struktural metod asosida badiiy asarlar tahlili (kartochka, multimedia yordamida);
- badiiy nutq asosida qahramon va muallif nutqini farqlash (slaydlar asosida);
SHunga ko’ra ushbu modulni o’qitishning tubandagi interfaol usullarini qo’llashni maqsadga muvofiq deb bilamiz:


Yüklə 134,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə