Hanklarda &uxgalteriya msoB


U ISBN 978-9943-13-490-4 O‘K: 336.71:657.6(075) KBK: 65.052



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə2/130
tarix11.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#144679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014

U

ISBN 978-9943-13-490-4

O‘K: 336.71:657.6(075) KBK: 65.052

© «Iqtisod-Moliya», 2014 © A.A. Omonov, T.M. Qoraliyev, 2014
SO‘ZBOSHI
Banklar har kuni bir neclia yuz minglab operatsiyalarni amalga oshiradi va turli xil bank xizmatlarini ko'rsatadi. Bular- ning barchasi banklarda buxgalteriya hisobida aks ettiriladi va tegishli hisobotlarda qayd etiladi.
Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlami tuzish nafaqat bank mijozlari va aholiga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish. balki bank aksiyadorlari, kreditorlari, investorlari, mijozlari va davlat moliya muassasalarini zarur axborot bilan ta’minlash hamda bankning moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy samaradorligini nazorat qilishda muhim o'rin tutadi.Ayniqsa, keyingi yillarda mamlakatimiz bank tizimi buxgalteriya hisobini yuritish, mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish va hisobotlami tayyorlashda misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar va yangiliklar joriy etildi.
Darslikni tayyorlashda bank tizimida yuz berayotgan aynan shu jihatlarga, ya’ni zamonaviy sharoitda bank buxgalteriyasini yuritish va tashkil etishda joriy etilayotgan operatsiyalaming hi- sobi va bank xizmatlarining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan,darslikda bank buxgalteriya ishlarini amalga oshirishda joriy etilgan «Front ofis» va «Bek ofis» kabi tushunchalarning mohiyatini ochib berish bilan birga, ulaming ishlash tartibi, afzallik jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlari atroflicha bayon etilgan.
«Banklarda buxgalteriya hisobi» kursida talabalar bank- laming hisob-operatsion texnikasining vazifasi va mohiyatini o'rganadi. Mazkur darslikda banklarda buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, pul aylanmalarining buxgalteriya hisobi, banklaming aktiv va passiv operatsiyalarming buxgalteriya hisobi, banklaming mulklari, moliyaviy natijalarining hisobi va hisobotlari, shuningdek, noana’naviy operatsiyalaming buxgal- з
teriya hisobini yuritish amaliyoti aks ettirilgan. Shu bilan birga, bank operatsion xodimlari tomonidan naqd pulsiz hisob- kitoblarni tashkil etish, ya’ni banklarning mijozlar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblami amalga oshirishlaridagi vositachilik operatsiyalariga e’tibor qaratilgan.
«Banklarda buxgalteriya hisobi» kursini o‘rganishga kiri- shishdan oldin talaba quyidagi kurslami chuqur bilishi maq- sadga muvofiq hisoblanadi:

Darslik tarkibiy tuzilishi jihatidan so‘zboshi, to‘rtta bolim, 10 ta bob, 40 ta paragraf, glossariy hamda foydalanilgan adabi- yotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
Birinchi bolimda «Banklarda buxgalteriya hisobining na- zariy asoslari» yoritilgan. Xususan, bo‘lim doirasida banklarda buxgalteriya hisobining tashkiliy asoslari, hujjatlar aylanishi va ichki nazorat, shuningdek, banklarda hisobvaraqlar ochish va yuritish tartibi kabi masalalar bayon etiigan.
Ikkinchi»Banklarda pul aylanmalarining buxgalteriya hisobi» nomli bolimida kassa operatsiyalari, hisob-kitob operatsiya- larini tashkil etish va ularning hisobi, shuningdek, banMararo hisob-kitoblar va tolov ketma—ketligi kabi masalalar yoritilgan.
Uchinchi bolimda «Banklarning aktiv va passiv operatsi­yalari buxgalteriya hisobi» bilan bogliq masalalar bayon etiladi, shuningdek, mazkur bolimda banklarda chet el valutaiarining operatsiyalari va ularning hisobi yoritilgan.
Darslikning so‘nggi, to‘rtinchi bo‘limida «Banklarning mulklari, moliyaviy natijalarining hisobi va hisobotlari» kabi masalalar atroflicha bayon etiigan.
Shuningdek, darslikning yana bir o‘ziga xos jihati unda banklarda buxgalteriya hisobi va operatsiyalar bilan bogliq atamalaming lug‘atlari hamda bank buxgalteriya operatsiyalarini rasmiylashtirishda qollaniladigan huijatlarning shakllari keltiril- gan bo lib, darslikning bu ikki jihati o'quvchining banklarda buxgalteriya hisobini o‘rganish jarayoniga juda katta ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Darslikning «Bank mulklari va moliyaviy natijalar hisobi»9— bobini tayyorlashda mustaqil izlanuvchi S.AAbdullayeva ham- muallif sifatida ishtirok etgan.
«Banklarda buxgalteriya hisobi» darsligi birinchi marta o'quvchilar e’tiboriga havola etilayotganligi bois, ayrim kamchi- likdan xoli bo‘lmasligi mumkin, bu borada o‘quvchilaming tak- lif va fikrlari mualliflar tomonidan minnatdorchilik bilan qabul qilinadi.



Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə