Haqiqiy arilar vespidae oilasi vakillarining o‘rganilish holati



Yüklə 156 Kb.
səhifə1/2
tarix23.06.2023
ölçüsü156 Kb.
#118655
  1   2
ҲАҚИҚИЙ АРИЛАР VESPIDAE ОИЛАСИ ВАКИЛЛАРИНИНГ ЎРГАНИЛИШ ҲОЛАТИ222


HAQIQIY ARILAR VESPIDAE OILASI VAKILLARINING O‘RGANILISh HOLATI
Insoniyat barqaror rivojlanishining shartlaridan biri sayyoramizda bioxilma-xillikni saqlash asosida mavjud tabiiy ekotizimlarning barcha komponentlarining saqlanishi va barqaror rivojlanishidir. Quruqlikdagi barcha ekotizimlarni muhim komponentlaridan biri Insecta sinfi – hasharotlar hisoblanadi. Hasharotlar yer yuzida keng tarqalgan eng katta organizmlar guruhini tashkil etadi. Bugungi kunda hasharotlar dunyo faunasining bir milliondan ortiq turlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu turlar 949 oila va 29 turkumdan iborat [11; 524-624-b.]. Braziliyadagi hasharotlar bioxilma-xilligi bo‘yicha dunyoda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, ma’lum bo‘lgan barcha hasharotlarning 10% i ushbu davlatning oltita asosiy biomlarida uchraydi [196; 180-185-b; 199; 329-346-b;]. Hasharotlarning MDH mamlakatlaridagi turlar tarkibi esa 670 mingdan ziyodligi qayd etilgan [12; 126-171-b.]. O‘zbekiston biotsenozlarida ushbu hasharotlarning 15 mingga yaqin turlari aniqlangan [5; 340-b.].
O‘z navbatida hasharotlar sinfiga kiruvchi Vespidae vakillari tur soni jihatdan pardaqanotli hasharotlar turkumi ichida eng katta oila hisoblanadi. Bu oila vakillari hulq-atvori bilan ajralib turuvchi yakka turlardan tortib jamoa bo‘lib yashovchi turlarga ajratiladi [186; 43-45-b.].
Ular haqiqiy arilar (Vespidae) oilasiga mansub bo‘lib, ularning dunyo faunasida 6 kenja oila, 256 avlodga mansub 5274 turi ma’lum [22; 423-b; 86; 34-43-b.]. Ilgari ular 3 ta, jamoa yoki qovog‘arilar (Vespidae), gul arilar (Masaridae) va eumin (Eumenidae) kenja oilalarga birlashtirilgan. Bugungi kunda barcha haqiqiy arilar Vespidae oilasiga mansub Euparagiinae, Masarinae, Eumeninae, Stenogastrinae, Vespinae va Polistinae kenja oilalariga birlashtirilgan [22; 423-b; 97; 11-38-b.]. Ushbu kenja oilaning dastlabki uchta guruhi faqat yakka tartibda yashovchi hasharotlar, keyingi uchtasi esa jamoa bo‘lib yashovchi arilar hisoblanadi. Rossiya hayvonot dunyosining bu oilaga masub Eumeninae, Masarinae, Polistinae va Vespinae kenja oilalari tashkil etadi.
Nearktikaning janubiy-g‘arbiy qismida Euparagiinae kenja oilasining uncha katta bo‘lmagan relikt guruhi uchraydi. Bu relikt guruh Shimoliy Amerikaning janubiy-sharqiy qismida uchrovchi yagona zamonaviy Euparagia (Cresson, 1879) avlodigi masub bo‘lib, 10 turni o‘z ichiga oladi. Euparagia (Cresson, 1879) avlodi Odynerus avlodiga yaqin turadi [186; 43-45-b.]. Shuningdek, Nearktikaning janubiy-g‘arbiy qismi, Sharqiy Osiyo va Avstraliya viloyatlarida Vespidae oilasining Stenogastrinae kenja oilasiga mansub taxminan 50 turi tarqalgan [99; 7-32-b; 189; 815-822-b;]. Palearktikada 81 avlodga mansub 1046 tur, Rossiyada bugungi kunda 31 avlodga mansub 147 turlari uchraydi [21; 204-b; 74; 264-324-b.].
Vespinae kenja oilasining esa Palearktikada 3 avlodga mansub 30 tur, Mongoliyada 3 avlodga mansub 11 tur, [95; 90-94-b; 102; 1-40-b; 117; 71-73-b; 129; 325-333-b; 130; 271-276-b; 133; 631-641-b.], Eumeninae kenja oilasining Palearktikada 71 avlodga mansub 887 tur, Mongoliyada 20 avlodga mansub 79 turi [59; 277-283-b; 95; 90-94-b; 104; 295-304-b; 133; 631-641-b.], Polistinae kenja oilasining Palearktikada 2 avlodga mansub 25 tur, Mongoliyada Polistes avlodiga mansub 8 turi [95; 90-94-b; 129; 325-333-b; 130; 271-276-b; 133; 631-641-b; 169; 205-216-b; 178; 390-406-b.], uchrashi aniqlangan. Polistinae lar ijtimoiy arilar ichida eng ko‘p tarqalgani hisoblanadi [100; 1-39-b.]. Polistinae kenja oilasi 26 avlodga mansub 985 turdan iborat bo‘lib, Neotropik viloyatlarda keng tarqalgan [179; 3-33-b.]. Polistes (Vespidae: Polistinae) – avlodiga mansub hasharotlar haqiqiy arilar ichida eng ko‘p tarqalgan turlardir [100; 1-39-b.]. Bular Antarktidadan tashqari barcha biogeografik hududlarda tarqalgan 222 turni o‘z ichiga oluvchi kosmopolit avlodlar hisoblanadi. Ularning ko‘pchilik qismi tropik mamlakatlarda uchraydi [100; 1-39-b; 178; 390-406-b.]. Ushbu hasharotlar barcha joyda tarqalganligi va bioxilma-xilligi hamda boshqa organizmlar bilan o‘zaro aloqalari tufayli Neotropik ekotizimning muhim tarkibiy qismiga aylangan [199; 329-346-b.]. Shuning uchun ham Neotropik haqiqiy arilar faunasiga hamda bioxilma-xillikka boy hudud hisoblanadi [46; 580-b; 101; 147-b; 170; 347-354-b.].
O‘zbekistonda haqiqiy arilar (Vespidae) bilan bog‘liq faunistik tadqiqotlar 1984-2015 yillarda amalga oshirilgan. Jumaladan O‘tgan asrning 70-90 yillarda N.V.Kurzenko (1977) Eumenindae (Hymenoptera: Vespoidae:), A.G.Davletshina (1979), Kulumbetova (1999) tomonidan Vespula germanica, Vespa orientalis, Eumenes laeri turlar uchrashi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan [14; 65-b; 72; 62-69-b; 214; 676–690-b.]. Romankov, L.Kastro, L.Dvoraklar tomonidan Polistes dominula (Christ, 1791) turi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir hududlarida Toshkent viloyatining Yangiobad hududida qayd qilingan [105; 295-304-b.].. O‘zbekistonda ilk bor Antepipona barrei (Radoszkowski, 1893), Surxondaryo viloyatining Bobotog‘, Antepipona deflenda (Gusenleitner, 1972) 1994 yilda Qashqadaryo viloyatining Hosor tumani, Kaltako‘l hududlari, Antepipona specifica (Morawitz, 1895) 2003 yilda Toshkent viloyatining Chinoz tumanida uchrashi qayd qilingan. Van der Vech va Fisher (1972) hamda Gusenleytner (1986) tomonidan Antepipona tekensis (Kostylev, 1935) O‘zbekiston hududida kamdan kam holda uchrashi o‘rganilgan [105; 295-304-b.].
2014 yilda Rossiya-O‘zbekiston xamkorlik ekspeditsiyasida Rossiyaning Nijniy Novgorod davlat universiteti olimlari M.V. Mokrousov, V.A. Zryanin va Qarshi davlat universiteti T.U.Raximovlar tomonidan yig‘ilgan namunalari asosida amalga oshirilgan. Bunda Vespa orientalis (Linnaeus, 1771) namunalari Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri, Nishon, Guzor tumanlari; Surxaondaryo viloyatining Surxondaryo tumanidan, Vespula germanica (Fabricius, 1793) Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri, Koson tumani, Polistes (Gyrostoma) wattii (Cameron, 1900), Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri, Surxondaryo viloyatining Surxondaryo tumani, Polistes (s.str.) gallicus (Linnaeus, 1767), Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri, Surxondaryo viloyatining Termez tumani va Eumenes mediterraneus (Kriechbaumer, 1879) Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridan yig‘ilgan [216; 36-48-b.].
D.B.Daminova, A.Sh.Xamraevlarning Nurota qo‘riqxonasi va qo‘riqxona yon atrofi hududlarida olib borilgan ekspeditsiyalari asosida Vespa crabro L., Vespa orientalis L., Paravespula germanica L., Paravespula vulgaris L., Paravespula rufa L., Paravespula gallicus L., Eumenes mediterraneus Krb., Eumenes pomiformis L., Odinerus melanocephalus Bluthgen, Delta unguisculata Will, Pterocheilus crabronimformis F.Mor. turlar uchrashi qayd etilgan [213; 48-49-b.].
Haqiqiy arilar (Vespidae) Hymenoptera turkumiga kiruvchi xilma-xil turlarga mansub oila vakillari hisoblanadi. Vespidae oilasi bu o‘rtacha kattalikdagi hasharotlar bo‘lib, kamdan kam hollarda kichik (2,5 mm) yoki katta (50 mm) ko‘rinishda uchraydi. Hayot tarziga ko‘ra yuqorida qayd etilganidek oilada haqiqiy arilar (Vespinae, Polistinae), yakka arilar (Eumeninae, Masarinae) va ijtimoiy yakka (Stenogastrinae) guruhlar bilan bir qatorda dastlabki Euparagiinae oilasi uchraydi. Haqiqiy arilar hasharotlarning hulq-atvorini o‘rganishda muhim ob’ekt ham hisoblanadi. Yakka arilarni kuzatish murakkab, lekin stereotipik hulq-atvor modellarini namoyish etadi, ularni tasvirlash va tahlil qilish oson, ijtimoiy arilar esa boshqa har qanday hasharotlar guruhiga qaraganda ijtimoiy evolyusiyasini ko‘rsatib bera oladi [118; 24-39-b.].
Arilar yakka yashovchanlikdan tortib jamoa bo‘lib yashaydigan, turli xulq-atvorga ega pardaqanotlilar hisoblanadi [186; 43-45-b.]. Arilarda moslanuvchanlik xususiyatlari bo‘lib, ular joylariga katta zahira manbai bilan qaytadilar yoki oziqlanishda oziq mahsulotini optimallashttirish va uni qidiruv ishlarini qisqartiradilar [191; 121-150-b.]. Arilar sayyoramiz bioxilma-xilligining asosiy tarkibiy qismlaridan bo‘lib, inson ekologiyasida muhim hayotiy o‘rin egallaydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyodagi jami oziq-ovqatning uchdan bir qismi arilarning changlantirishiga bog‘liq [100; 1-39-b; 178; 390-406-b.]. Bir necha mualliflar Polistesning ahamiyatini ta’kidlab, qishloq xo‘jaligi ekinlarining vabo tarqatuvchi hasharotlar sonini, iqtisodiy ahamiyatini va ularning koloniyalarini manipulyatsiya qilish va sun’iy uyalarga ko‘chirish imkoniyatlarini tartibga solishini ko‘rsatganlar [38; 1693-1698-b; 85; 117-128-b; 120; 958-964-b; 128; 455-463-b; 182; 11-19-b; 183; 19-30-b; 184; 239-241; 185; 24-26-b.].
Bugungi kunda urbanizatsiya jarayoni dunyo bo‘yicha tobora oshib bormoqda, bu esa populyatsiya, turlarga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi [52; 585-590-b.]. Shaharlashish jiddiy xavf sifatida tan olingan bo‘lsada, shahar hududi bioxilma-xillikni saqlab qolishda va muhofaza qilishda muhim rol o‘ynashi mumkin [119; 19-39-b.]. Lekin umumiy qarashlar shundan iboratki, ko‘proq tabiiy muhit, ya’ni qishloq joylari (aholi punktlaridan tashqari), ko‘pchilik turlarni saqlab qolish uchun qulay joy hisoblanadi [52; 585-590-b; 119; 19-39-b.]. Qishloq va shaharlardagi aholi punktlaridan iborat hududlar ko‘plab biotik komponentlar tarkibi va tuzilishidan va hattoki insonning yovvoyi tabiatiga ta’siridan ajralib turadi [155; 110-125-b.]. Shahar landshaftlarida yovvoyi tabiat turlarning yashash joylari cheklanganligi, insonning ta’siri, transport vositalariga duch kelishi va boshqa faoliyati bilan cheklangan [114; 5-12-b.]. Lekin ba’zi olimlarning ta’rifiga ko‘ra, shahar hasharotlarni yashash joyida kutilganidek cheklov bo‘lmasligi mumkin [171; 53-59-b; 210; 77-86-b.]. Har bir shahardagi turlarning bir biridan farqlari kuzatilishi mumkin. Bunda urbanizatsiya ushbu turlarning bioxilma-xilligiga, mahalliy hasharotlar faunasiga ta’sir ko‘rsatadi [121; 367-387-b; 161; 826-835-b; 162; 257-274-b; 171; 53-59-b; 210; 77-86-b;]. Hasharotlarning urbanizatsiyasida bir qator sabablarni ko‘rsatish mumkin. Ko‘pchilik ari turlari, ayniqsa, eujamoa turlar ekotizmning yirtqichlikka xosligidir [152; 1-26-b.]. Eujamoa arilar Neotropik mintaqada 29 avlodi, Braziliyada esa ularning 22 tasi qayd etilgan [101; 147-b.]. Bu hasharotlar turli xil yashash muhitlarni, birinchi navbatda insonlar tomonidan qurilgan inshooatlarni egallaydilar [154; 69-80-b; 186; 43-45-b.]. Haqiqiy arilarning rivojlanishida yordam beradigan asosiy omillardan biri uning koloniyasini naslligidir. Bu jarayon ekologik omillarga, jumladan, haroratning o‘zgarishiga, o‘ljaning mavjudligiga, juftliklarning miqdoriga bog‘liq [125; 170-176-b; 138; 259-265-b.].
Arilar abiotik sharoitlarning o‘zgaruvchanligiga (harorat, yorug‘lik va namlik) ta’sirchanligiga, shaharlashish darajasining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin [166; 135-141-b.]. Shuningdek, shahar sharoitida tez-tez uchraydigan arilar, turli xil kichik shaharchalarni samarali egallaganligidan darak beradi [189; 815-822-b; 197; 47-53-b.]. Jumladan, Pireney yarim orolining janubida Polistes avlodiga mansub turlar, ham tabiiy landshaftda, ham antropogen joylarda keng tarqalgan bo‘lib, ularning hujumi va chaqishi uya yaqinidagi aholini ko‘p tashvishga solmoqda. Yaponiya statistikasiga ko‘ra, 2001 yilda turli pardaqanotlilar chaqishidan halok bo‘lgan insonlarning soni 12-26 nafarni tashkil etgan. Shuningdek, 2013 yil ma’lumotlariga ko‘ra Xitoyning Shaanxi provinsiyasida aynan katta sharq qovoqari chaqishidan 41 kishi vafot etgani qayd qilingan [218;].
Masarinae kenja oila arilari, ya’ni gul arilar oldin alohida Masaridae oilasiga ajratilgan [97; 11-38-b.]. Gul arilar yakka arilarning yagona guruhi hisoblanadi. Ular asalarilar singari, lichinkalari uchun gulli o‘simliklar changlari va nektarlari aralashmasidan ozuqa tayyorlaydilar, qolgan Vespidae oilasi vakillari avlodlarini asosan hayvon oziqasi (hasharotlar, o‘rgimchaklar) kabi o‘ljalar bilan boqadi. Vespinae arilari uyalarini ko‘pincha chuqurchalarga, o‘rmon zonalarida esa odatda yerga qo‘yadi [19; 399-b.]. Gulli arilarning xulq-atvori, biologiyasi va uya qurishi Richard (1962), Gess (1996), Maus (2006) va boshqalar tomonidan Afrika va Amerikada o‘rganilgan [40; 340-b; 45; 294-b; 124; 8-17-b; 160; 1-26-b.]. Urg‘ochilari yerga bitta katakchali, ba’zan bir nechta katakchali bitta uya quradi [124; 8-17-b; 160; 1-26-b.], yoki shoxalarga so‘laklar bilan loy yoki qum loy aralash tayyorlangan mustahkam uyalar quradi [44; 416-b; 55; 561-587-b.]. Trutenlar (erkaklari) uchish jarayonida urg‘ochilari bilan urchishadi va ular nobud bo‘lishadi [145; 2037-2048-b; 191; 121-150-b.]. Urg‘ochisi uya katakchasiga tuxum qo‘yadi va uni chang hamda nektar aralashmasi bilan to‘ldirib berkitadi [44; 416-b; 55; 561-587-b; 127; 147-b.]. Gul arilar gulli o‘simliklarga qo‘nadilar. Katta yoshdagi hasharotlar ko‘plab turdagi gullarning nektaridan oziqlanadi, ammo lichinkasini boqishda boshqa oziqa tanlanadi [40; 340-b; 44; 416-b.]. Gul arilar lichinkasi bir necha oy davomida rivojlanib, keyin uya katakchasi ichida mustahkam g‘umbakni hosil qiladi. Hayot sikli 2 yilgacha davom etadi [40; 340-b.]. Arilarning uyalarini o‘rganish bilan bog‘liq tadqiqotlar, hasharotlarning hayot tarzi, ekologiyasi va evolyusiyasini o‘rganishga asos bo‘ladi [43; 953-b; 112; 125-134-b.]. Bundan tashqari yakka yashovchi turlarning uyalash xususiyatlarini o‘rganish, biologiyasini bilish, ushbu turlarning ekologik ahamiyatini ochib beradi va ularni tur sifatida saqlab qolishda yordam beradi.
Yakka yashovchi arilar ham jamoa bo‘lib yashovchilar (jinsli va jinssiz urg‘ochi – ishchilar) hayot faoliyatiga o‘xshash bo‘ladi va og‘izda ezilgan va so‘lagi bilan qayta ishlangan yog‘och massasi “qog‘oz” dan murakkab uyalar quradi, ishchi tabaqalari malikadan o‘lchami va jinsiy bezlari yetilmaganligi bilan farq qiladi. Yakka arilar yirtqich bo‘lib, hasharotlar bilan oziqlanadi hamda lichinkalarni ham hasharotlar bilan boqadi. Shu asosda ular zararkunandalarga qarshi biologik kurashning muhim agenti bo‘lib xizmat qiladi [176; 67-76-b; 177; 621-634-b.].
Haqiqiy arilarning ba’zi turlari Vespula vulgaris Linnaeus, 1758 - Oddiy ari, V. germanisa Fabricius, 1793 - Nemis arisi, V. rufa Linnaeus, 1758 - Qizil ari, V. pensylvanica Saussure, 1857 - Pensilvan arisi, Vespa crabro Linnaeus, 1758 - Oddiy shershen, V. Orientalis - Sharq shersheni yoki Turkiston shersheni, V. velutina Lepeletier, 1836 - Osiyo shersheni, Polistes gallicus Linnaeus, 1767 - Fransuz arisi, P. dominula Christ, 1791 - Yevropa arisi noodatiy yashash joylariga Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yevropa, Janubiy Afrika va boshqa davlatlarga tasodifan kiritilgan. Ular u yerda keng tarqalib, jiddiy zararkunandalarga aylangan va katta iqtisodiy zarar keltirgan. Bundan tashqari, ular mahalliy hasharotlar turlariga nisbatan tajovuzkor va ozuqa uchun qushlar va boshqa hayvonlar bilan raqobatlashadi. [17; 132-b; 19; 399-b; 20; 189-b; 21; 204-b; 26; 265-b; 27; 185-b; 28; 231-b; 29; 198-b; 31; 167-b; 32; 198-b; 33; 132-b; 37; 123-b; 41; 345-b; 48; 234-b; 61; 54-61-b; 62; 34-39-b; 74; 264-324-b; 76; 123-132-b; 77; 109-122-b; 181; 432-453-b; 193; 123-154-b; 194; 237-243-b; 200; 70-75-b.].
Eumeninae kenja oilasi vakillari yakka hayot tarzini o‘taydilar, lekin ba’zi vakillarida lichinkasini o‘lja, ya’ni hayvon oziqasi bilan boqish va parvarish qilishida umumiy xulq-atvor saqlanib qolgan. Eumeninae turlari oziq sifatida asosan tangacha qanotlilar (Lepidoptera) qurtlarini iste’mol qiladilar [208; 189-b.]. Eumeninae kenja oilasiga tegishli yakka arilar faunasi ichida Ancistrocerus nigricornis (Curtis) turining urug‘langan urg‘ochisi uyada qishlab qolishi bilan boshqalaridan ajralib turadi [80; 127-128-b; 90; 1-252-b; 136; 63-131-b;].

Yüklə 156 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə