Haqiqiy arilar vespidae oilasi vakillarining o‘rganilish holati



Yüklə 156 Kb.
səhifə2/2
tarix23.06.2023
ölçüsü156 Kb.
#118655
1   2
ҲАҚИҚИЙ АРИЛАР VESPIDAE ОИЛАСИ ВАКИЛЛАРИНИНГ ЎРГАНИЛИШ ҲОЛАТИ222

Odynerus avlodiga mansub 45 tur asosan Palearktikada tarqalgan bo‘lib, uch turi Efiopiya va to‘rt turi Nearktikada uchrashi aniqlangan [84; 32-54-b; 150; 676-690-b;]. Bu avlodga to‘rtta Allogymnomerus Blüthgen, 1951, Monoplomerus Blüthgen, 1941, Odynerus s. str., Spinicoxa Blüthgen, 1938 kenja avlod kiradi. Oxirgi ikkitasi keng tarqalgan ko‘p sonli turlardan iborat [98; 61-90-b; 150; 676-690-b.]. Odynerus avlodi yerda uya qurishi bilan ma’lum bo‘lgan euminlar hisoblanadi. Reomyura (1742) ularning uya qilish hulq-atvori haqidagi asarida Odynerus (s.Str.) Spinipes (Linnaeus, 1758) tur tarkibi sifatida Eumeninaening barcha turlar biologiyasining dastlabki tavsifi bo‘lib hisoblanadi [200; 70-75-b.].
Vespinae va Polistinae kenja oilasi jamoa bo‘lib yashaydigan aniq tabaqalarga ajralgan urg‘ochi va ko‘p sonli ishchilardan iborat hasharotlar hisoblanadi. Ba’zi turlar ichida ishchi tabaqalar uchramaydi va yaqin turlarning uyalarida uya paraziti sifatida yashaydi [106; 531-549-b.].
Vespinae ga mansub urg‘ochi ishchilar asosiy urg‘ochilarga qaraganda ancha kichik, Polistinae kenja oilasiga mansub turlarda esa ishchilar polimorfizmga ega bo‘lmaydi [142; 80-110-b; 206; 1-101-b; 214; 373-b.]. Polistinae xilma-xil turlarga boy kenja oila bo‘lib, dunyo bo‘yicha 950 turni o‘z ichiga oladi [179; 3-33-b.], shundan 300 ga yaqin turlar Braziliyada uchraydi [101; 147-b.]. Polistes canadensis (Linnaeus, 1758) turi Polistinae kenja oilaga mansub bo‘lib, AQSh ning janubidan Braziliyaning janubigacha va Argentinaga qadar keng tarqalgan [100; 1-39-b.]. Polistes wattii 2012 yil Qozog‘istonda Shardar va Maktaaral tumanlarining Shardara va Asыkata aholi punktlarida qayd etilgan [68; 193-196-b.]. Bugungi kunda Qozog‘istonning Olmaota viloyati hududida Vespula orientalis ning barqaror rivojlanishi va uning areal doirasi doimiy ravishda kengayib bormoqda. Bu tur oldin Jombil viloyati hududining Shus va Sarыsuy tumanlarida qayd etilmagan. Lekin Qizilo‘rda va Sirdaryo tumanlarida qayd etilgan [68; 193-196-b.]. Janaqo‘rg‘on tumani uchun ko‘rsatilmagan. Vespula orientalis turi oldinlari Karaganda viloyati uchun umuman ko‘rsatilmagan va qayd etilmagan.
Haqiqiy arilarning hayotidagi mavsumiy hodisalar yaxshi o‘rganilgan. Ma’lumki, mo‘tadil mintaqalarda ularning uyalari qishlab chiqqan urg‘ochi arilar tomonidan o‘rnatiladi. Shundan so‘ng ular tuxum qo‘yadilar, qo‘yilgan tuxumlardan ishchilar mavsum davomida rivojlanadi. Yoz mavsumining o‘rta yoki oxirlaridan (ari turiga bog‘liq holda) urg‘ochilar tuxum qo‘yadilar, ulardan esa yosh urg‘ochilar va erkaklar rivojlanadi. Ular juftlashgandan so‘ng, urug‘langan urg‘ochi boshpana izlab topadi va qishqi diapauzaga o‘tadi. Qolgan arilar uyani tark etadi va nobud bo‘lishadi. Polistes avlodi turlarida urug‘langan urg‘ochilar uyasida qishlashi mumkin [80; 127-128-b; 202; 207-209-b;].
Uyalari mustaqil poydevor tomonidan o‘rnatiladi, u yerda faqat bitta yoki bir nechta malika uya qurishi, tuxum qo‘yishi va voyaga yetmaganlarni boqishi amalga oshadi [56; 562-b.]. Ular oziq manbalarni koloniyadan 650 metr masofadan, ammo taxminan 49000 m2 maydonda 125 metr radius masofadan olishlari mumkin [196; 180-185-b.]. Ushbu tur nisbatan tajovuzkor emas, shuning uchun o‘z uyalarini oson ko‘chiradi [101; 147-b; 119; 19-39-b.].
P. canadensis uyani tark etishi yil davomida kuzatiladi [146; 211-224-b; 195; 149-190-b.]. P. canadensis arisi zararkunanda hasharotlarning muhim tabiiy kushandasi sifatida belgilaydigan bir necha xususiyatlari mavjud. Ularning faoliyati bilan bog‘liq jihatlarini o‘rganish va ular to‘plagan manbalar ekologik va qishloq xo‘jaligida foyda keltirishi mumkin. Tadqiqotlarda P. canadensis tomonidan to‘plangan manbalarni aniqlash, ularning tabiiy kushanda va biologik nazorat vositasi sifatida baholash asosiy maqsadlardan biri bo‘lgan [126; 8-17-b.].
Jamoa bo‘lib yashovchi hasharotlar mehnat taqsimotidan kelib chiqib nasl beradigan va nasl bermaydigan tabaqalarga ajratiladi [192; 637-665-b.]. Tabaqalar rivojlanishida bo‘lajak malika va ishchilar o‘rtasidan aniq farqlar yuzaga keladi [91; 245-257-b.]. Urg‘ochi arilar o‘rtasidagi morfologik farqlar hamda tabaqalarning bunday rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar yetarlicha o‘rganilmagan [47; 497-b; 139; 11-27-b; 165; 174-184; 167; 653-662-b; 168; 114-122-b.]. Tuxumdon tana hajmi va holati kabi morfologik belgilarni, Polistinae vakillarida urg‘ochilarning (mustaqil asoschilar-MA) mehnat taqsimotidagi ajralishida ko‘rish mumkin [50; 218-222-b; 107; 1189-1196-b; 204; 575-582-b.]. Ayniqsa, MA kam rivojlangan jamoa bo‘lib yashovchi turlardagi mehnat taqsimotini o‘rganish uchun muhim model hisoblanadi. MA koloniyasi yakka tartibda (gaplometroz) qachonki nasl beruvchi urg‘ochi boshqa urg‘ochilar ishtirokisiz, yoki jamoa bilan (pleometroz), ikki yoki undan ko‘p urg‘ochi bilan ishtirok etmasa koloniyani boshlashi mumkin [190; 309-335-b; 206; 1-101-b.]. Gaplometrozda urg‘ochi tabaqa ishchi tabaqalar paydo bo‘lmaguncha koloniyaning ichki va tashqi faoliyat bilan bog‘liq vazifalarni bajarib turadilar [122; 149-190-b; 140; 63-150-b.].
Haqiqiy arilarni o‘rganish asosan koloniyadagi urg‘ochi, malika va ishchi tabaqalarni ko‘paytirish va saqlash asosida amalga oshirilgan. Erkaklar asosan uyada qolganlari uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan [122; 149-190-b; 141; 271-276-b; 201; 389-450-b; 206; 1-101-b.]. Urg‘ochilari tez-tez erkak arilarga hujum qiladilar [172; 273-282-b.]. va o‘z uyalaridan haydab chiqariladi [55; 561-587-b; 144; 143-149-b.]. Uyada ortiqcha ozuqa xarajatlarni kamaytirish maqsadida erkaklari koloniyada juda kam saqlanib qoladilar va ular oziq balansini o‘zgartiradilar [91; 245-257-b; 144; 143-149-b.]. Neotropik koloniyalardan arilarni ko‘chib chiqish jarayoni (Epiponini tribasi), uyada ko‘p malikalar bo‘lganda amalga oshadi [54; 639-641-b; 92; 383-407-b; 173; 83-107-b.]. Xilma-xil urchish jarayoni pardaqanotli hasharotlarda ko‘proq kuzatiladi. Vespinae va Polistinae kenja oila vakillari mustaqil asoschilar sifatida, urg‘ochilari tomonidan ishlab chiqarilgan jinsiy feromonlar bilan erkaklarni jalb qiladi va belgilangan hududda urchish jarayonini amalga oshiradi [115; 540-569-b; 151; 216-235-b.]. Ko‘pgina turlarda eraklar hududni belgilaydilar yoki uchayotgan urg‘ochilar bilan urchish uchun qorin qismini biror substratga ishqalash asosida tashqi bezlaridan feromonlar ajratib o‘ziga jalb qiladi [55; 561-587-b; 107; 1189-1196-b; 140; 63-150-b; 151; 216-235-b; 206; 1-101-b.]
Haqiqiy arilar oilasiga mansub erkak tabaqalar urg‘ochilariga ko‘ra, uyani tark etib tabiatga ertaroq chiqishadi [67; 341-349-b.]. A.nigricornis turining Yevropa va Qrimda o‘rganilishiga bog‘liq tadqiqotlar uning yiliga bir necha avlod berishi mumkinligiga sabab bo‘lgan [80; 127-128-b; 90; 1-252-b.]. Qolgan turlar uyalarda g‘umbak oldi bosqichida diapauzani o‘tkazadilar. Shuning uchun ham Eumeninae ga mansub yakka arilar mavsum davomida bir yoki ikkita avlod berishi mumkin. Vespidae oilasi yakka arilarining uchish fenologiyasi bilan bog‘liq tadqiqotlar hali to‘liq o‘rganilmagan [136; 63-131-b; 200; 70-75-b.]. Shu bilan birga, boshqa turlarga tegishli arilar miqdori, uya qurish, biologiyasi bilan bog‘liq faunistik tadqiqotlarni mualliflar tadqiqotlarida ko‘rish mumkin [90; 1-252-b; 94; 19-31-b; 149; 570-b;].
Yüklə 156 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə