21
21. Leonardo da Vinchi "Mona Liza"
(1519-yil).
"Mona Liza" yoki "Jokondo" (to'liq nomi - "Liza Jokondo xonim portreti") - Leonardo
da Vinchi qalamiga mansub kartina, rassomning eng mashxur asarlaridan biri. Aniq
yaratilgan sanasi noma'lum (ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, u 1503-1505-yillar oralig'ida
chizilgan). Hozir Luvrda saqlanmoqda. Rasmda florensiyalik
ipak savdogari
Franchesko del Jokondoning rafiqasi Liza Gerardini tasvirlangan deb ishoniladi.
Leonardo da Vinchining italiyalik biograflari bu rasm rassom ijodida qanday o'rin
tutganligi haqida yozib qoldirganlar. Leonardo boshqa
buyurtmalardan farqli
ravishda "Mona Liza" ustida ishlash jarayonida o'zini boricha unga bag'ishlagan. Bu
vaqtda yana bir asar -"Angiari jangi" yaratish bilan band bo'lgan
Leonardo undan
ortgan hamma vaqtini Mona Lizani chizish bilan o'tkazgan. U bu asar uchun juda ko'p
vaqt sarflardi. Italiyani tark etganida ham boshqa tanlangan kartinalar qatorida uni
o'zi bilan birga Fransiyaga olib ketadi. Da Vinchi ushbu
portretga alohida mehr
qo'ygandi.
22
22. Titsian "Danaya"
(1554-yil).
Titsian Vechellio tomonidan kamida 5 marta ushbu mifologik qahramon mavzusiga
murojaat qilingan. Asar 1554-1562-yillarda Ovidiyning "Metamorfoza"
asari
mavzulari - "Danaya", "Venera va Dionis", "Diana va Akteon", "Akteonning o'limi",
"Diana va Kallisto", "Persey va Andromeda" hamda "Yevropaning o'g'irlanishi" nomli
7 ta kartinalar seriyasi doirasida qirol Filipp II uchun yaratilgan.
Hozirda ushbu
kartinalarning har biri turli galereyalarda saqlanmoqda.
Grek mifologiyasiga ko'ra, Argos shohi Akriziy orakuldan kelajakda qizi Danayaning
farzandi tomonidan o'ldirilishi haqida bilib oladi.
Buning oldini olish uchun u
Danayani zindonga tashlashni buyuradi. Danayani ko'rgan Zevs uning go'zalligi
mahliyo bo'lib, tomdagi teshik orqali uning yoniga oltin yomg'ir ko'rinishida kiradi va
Danaya bilan birga bo'ladi. Shundan so'ng Danaya Perseyni dunyoga keltiradi. Akriziy
qizi hamda nevarasini qutiga solib dengizga uloqtirishni buyuradi.
Dostları ilə paylaş: