Harakat fe'li



Yüklə 33,5 Kb.
səhifə2/3
tarix27.05.2023
ölçüsü33,5 Kb.
#113618
1   2   3
Microsoft Word Document (2)

Tafakkur fe’llari sirasiga insonning fikrlash qobiliyati bilan bog'liq 0 'ylamoq, fikrlamoq, xayol surmoq, tafakkur qilmoq, o'yga botmoq, ko 'z oldiga keltirmoq, hir qaror.ga kelmoq, xulosaga kelmoq kabilar kiradi. Munosabat fe'lIari qatori [erkalamoq], [suymoq], [yaxshi ko'rmoq], [parvona bo'lmoq], [rahmi kelmoq], [xushomad qilmoq],lyon bosmoq], [maftun bo'lmoq], [e 'zozlamoq] kabi ijobiy xarakterdagi munosabat fe' lIari, [beti qursin], [xudo olsin], [qorasi o 'chsin], [baloga giriftor bo'lsin], Uuvonmarg bo'lgur] kabi salbiy xarakterdagi munosabat fe'llaridan tashkil topadi.
Fe'l ma'noviy guruhlarida ham markaz va qurshov leksemalari farqlanadi. Masalan, ma'nodosh fe'llarda bosh (dominanta) so'z, uyadoshlik paradigmasida uya (giperonim) markaz leksemasi hisoblansa, boshqa ma'nodosh va uyadosh (giponimlar) qurshov leksemaci deyiladi. [Kulmoq] fe'li dominanta sifatida bunga
ma'nodosh boshqa leksemalarni, [buzmoq] esa buzishning turli ko'rinishini ifodalaydigan giponim leksemani uyushtirib turadi. So'zlar yirikroq butunliklarga birlashtirilganda, markaz leksemasigina bu butunlikdan joy oladi. Qurshov leksemalari esa uning «soyasi,> sifatida quyida qolaveradi. Masalan, [kulmoq],
[yig'lamoq], [xursand bo'lmoq] leksemalari o'z atrofida ko'plab fe'lIami birlashtirgan. Lekin ular bu uch leksema mansub tizimga kira olmaydi, quyi bosqichda qoladi.
Fe'lda so'z shaklning turlari. Fe'lda ham, boshqa turkumda bo'lgani kabi, so'zshakllar not shaklli, sintetik, sintetik-analitik, takroriy ko'rinishda bo'ladi. Nutqda fe'lning moddiy (nol ko'rsatkichdan boshqa) grammatik shakldan xoli qilingan qismi har doim kelasi zamon, buyruq mayli, aniq nisbat, ikkinchi shaxs, birlik ma'nosini ifodalaydi: (bor), (kel) , (0 'ql) , (yoz) , (sev) , (ayt) , (ish on) kabi. Bunday so'zshakllar nol shaklli deyiladi. Yuqorida aytilganidek, nol shakl masalasi o'zbek tilshunosligida o'z yechimini kutayotgan muammolardan.
Grammatik shakli qo'shimcha tusida bo'lgan fe'l sintetik shaklli so'zshakl deyiladi: (0 'qiyman) , (bordim) , (kelyapman) ,(yozayotirman) , (shoshib), (kelgach) , (kelgan) kabi. Bundagrammatik shakl fe'l o'zak-negiziga «yopishgan~ holda bo'ladi. Fe'llar nomustaqil fe'l bilan shakllanganda, albatta, sintetikanalitik ko'rinishda bo'ladi. Masalan, (0 'qib chiqd,), (ayta boshladl), (borgan ekan) kabi. Bunda ham «yopishgan,>, ham «ajralgan» grammatik shakl yaxlitlikni tashkil qilganligi uchun u sintetik-analitik shakl atamasi bilan yuritiladi. Takroriy shakllarni faqat takroriy deyish unchalik to'g'ri emas. Chunki bunda takrorlanayotgan fe'l avval sintet;k shakl qiyofasiga . kiradi, so'ngra takroriy shaklga aylanadi. Masalan,
(aytdi-aytdl), (0 'qidi-o 'qidl) , (bordi-bordl) kabi. Misol:
Yüklə 33,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə