Хавотирланиш yangi muhitga moslashish davridagi xavotirlanishni aniqlash



Yüklə 15,71 Kb.
səhifə1/2
tarix20.04.2023
ölçüsü15,71 Kb.
#106439
  1   2
ХАВОТИРЛАНИШ


ХАВОТИРЛАНИШ
Yangi muhitga moslashish davridagi xavotirlanishni aniqlash
5-sinfga o’tish davri bilan bog’liq bo’lgan xavotirlanishni boshidan kechirayotgan o’quvchilarni qanday aniqlash mumkin? Buning uchun bir nechta metodikalar (Filipsning “Maktabdagi xavotirlanish testi”, Spilbergning “O’z-o’zini baholash shkalasi”, Teylorning “Xavotirlanish paydo bo’lishining shaxsiy shkalasi”) mavjud. Ushbu testlar bolalarning maktabdagi turli vaziyatlarda stress xolatiga tushishini aniqlash imkonini beradi.

Bular:


  1. maktabdagi umumiy xavotirlanish;

  2. ijtimoiy stressdan tashvishlanish;

  3. yutuqlarga erishishda ehtiyojlarning frustratsiyasi;

  4. o’zini namoyon qilishdan qo’rqish;

  5. bilimni tekshirish oldidagi qo’rquv;

  6. atrofdagilarning ishonchini oqlay olmaslik qo’rquvi;

  7. ruhiy zarbaga past fiziologik qarshilik;

  8. o’qituvchi bilan munosabatlardagi qo’rquv va muammolar.

Ko’p hollarda “bilimni tekshirish oldidagi qo’rquv”, “o’zini namoyon qilishdan qo’rqish”, “atrofdagilarning ishonchini oqlay olmaslik qo’rquvi” xavotirlikning yetakchi parametrlari hisoblanadi.
Quyidagi 5-sinf o’quvchilarining moslashuv davrida kuzatiladigan xavotirlik darajasini tez va holisona aniqlaydigan ekspress metodikani ikki marta: oktyabr va yanvar oylarida o’tkazish taklif etiladi. Bu maktab amaliyotchi psixologiga o’quvchilarda xavotirlik darajasining o’sishi va pasayishini kuzatish imkonini beradi. Bu ma’lumotlarni o’quvchilar bilan korreksion mashg’ulotlar o’tkazilayotganda hisobga olish lozim, chunki xavotirlikning me’yor darajasi ruhiy faoliyatni safarbarlashtiradi, yuqori darajasi esa shaxslararo munosabatlarga va ta’lim olishga to’sqinlik qiladi.
Bolalarga oxirgi paytda kayfiyatlaridagi o’zgarishlarni baholash taklif etiladi. Ijobiy tasdiq faqatgina o’zgarish ro’y bergan bo’lsa qabul qilinadi. Masalan, bola ilgari tez charchagan va hozir ham huddi shunday tez yoki kamroq charchayotgan bo’lsa, u holda bu “yo’q” javobidir.
Taklif etilgan har bir tasdiqni “Oxirgi paytda…....” jumlasidan boshlash kerak.



Yüklə 15,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə