Hayol turlari Hayoliy obrazlarni qayta ishlash mexanizmlari


Hayol jarayonlarida tasavvurlar sintezi



Yüklə 166,5 Kb.
səhifə3/3
tarix25.07.2023
ölçüsü166,5 Kb.
#119928
1   2   3
hayol

3.Hayol jarayonlarida tasavvurlar sintezi
Hayol jarayonlarida tasavvurlar sintezi turli shakllarda amalga oshiriladi.
Timsollarni sintezlashning eng sodda formasi agglyutinasiya bo‘lib, bu kundalik hayotimizda birlashtirib bo‘lmaydigan turli sifatlar, xususiyatlar va qismlarni «yopishtirib» birlashtirishdan iboratdir. Agglyutnasiya yo‘li bilan ertak obrazlari yaratiladi (suv parisi – Rusalka, tovuq oyog‘ida turgan uycha, Pegas, kentavr va boshqalar). Agglyutinasiyadan texnika bilan bog‘liq bo‘lgan ijodiyotda ham foydalaniladi (masalan, tank bilan qayiqning sifatlarini o‘zida birlashtiradigan tank-amfibiya, fortepyano bilan bayan
birlashmasi bo‘lgan akkordeon).
Tasavvur formalarini o‘zlashtirish jihatidan agglyutinasiyaga yaqin turuvchi – giperbolizasiyadir. Giperbolizasiya narsalarni faqat kattalashtirish yoki kichiklashtirish (tog‘dek katta odam va bosh barmoqdek kichik bola) bilan emas, balki narsalar qismining. miqdorini va ularning o‘rnini almashtirish bilan, ham xarakterlanadi: hind afsonasidagi ko‘p qo‘lli xudolar, yetti boshli ajdarlar va shu kabilar.
Fantaziya timsollarini yaratish mumkin bo‘lgan yo‘llardan biri narsalarning qandaydir sifatlarini, belgilarini qayd qilish, ularga diqqatni jalb etishdan iboratdir. Ana shu usul yordami bilan o‘rtoqlik hazillari va achchiq karikaturalar yaratiladi. Bunday holda fantaziya obrazlari yaratiladigan tasavvurlar qo‘shilib ketsa, farqlar yo‘qolib ketadi, o‘xshash tomonlar esa birinchi qatorga o‘tib oladi, bu sxematizasiyalashni amalga oshirishga yordam beradi. Sxematizasiyalashga rassomning o‘simliklar dunyosidan andaza olib, naqsh yaratishi yaxshi misol bo‘ladi. Nihoyat, Hayolda tasavvurlar sintezi tipiklashtirish yordami bilan amalga oshirilishi mumkin. Tipiklashtirishdan badiiy adabiyotda keng qo‘llaniladi, u orqali biror jihatdan bir xil bo‘lgan faktlarda takrorlanadigan muhim tomonlar ajratiladi va ular konkret obrazda gavdalantiriladi.
Ijodiy Hayolning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u o‘xshatishlarning odatdagi yo‘lini inkor etib, ularni ayni chog‘da san’atkor psixikasida hukmron bo‘lgan his-tuyg‘ular, fikrlar, intilishlarga bo‘ysundiradi. Garchi o‘xshatish mexanizmlari uzgarmay qolsa ham, ya’ni o‘xshashlik, izchillik yoki kontrast qarama-qarshilik o‘xshatishligicha qolsada, tasavvurlarni to‘plash ana shu sababiy bog‘lanish tendensiyasi bilan belgilanadi.
Yüklə 166,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə