«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi


.  Yallig’lanishning rivojlanish fazalari va bosqichlari



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

1

Yallig’lanishning rivojlanish fazalari va bosqichlari.
 
  
 
A)
 
Umumiy  reaksiya.
  Ma’lumki  organizmning  butun  sistemasi  va  alohida 
har  bir  hujayraning  butunligi  va  reaktivligi  doim  tashqi  muhit  ta’sirida  bo’ladi. 
Bunda    nerv  sistemasining  ahvoli  va  uning  bilan  chambarchas  bog’liq  bo’lgan 
endokrin  sistemasining  funksional  butligi  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Nerv  – 
endokrin  sistemasi  boshqarish  faoliyatining  buzilishi  periferik  hujayralarning 
fiziologik xususiyatlarini va ta’sirga chidamligini pasaytiradi. 
 
Shunday  qilib  tananing  barcha  hujayralari  fiziologik  holati  va  hayotiyligi 
butun  organizmning  funksional  holati  va  uning  neyrogumoral  boshqarilishi  bilan 
bog’liqdir. 
 
Shikastlangan  joydan  kuchli  qo’zg’alishlar  nerv  impulsi  shaklida  simpatik 
zanjirning oddiy afferent yo’llari (periferik nervlar) va nerv – tomir tugunlari orqali 
retikulyar formasiyaga yetib borib, u yerda kuchli qo’zg’alish chaqiradi. Bu yerdan 
qo’zg’alish ichki markaz efferent yo’llar orqali bosh miyaning po’stlog’iga borib, u 
yerda  ham  qo’zg’alish  chaqiradi.  Katta  miya  po’stlog’i  avvaldan  qo’zg’algan 
po’stloq ostiga qayta javob impulslarini yuborib, uning faoliyatini boshqaradi. 
 
Qo’zg’algan po’stloq osti efferent yo’llar orqali barcha a’zolarga va ayniqsa 
shikastlangan  joyga  trofik  va  boshqa  impulslarni  yuborishga  boshlaydi. 
 
Shuning  bilan  birgalikda  miya  po’stlog’i  ham  efferent  yo’llar  orqali 
shikastlangan  joyga  o’z  impulslarini  yuborib  turadi  va  javob  impulslarini  qabul 
qiladi. 
 
Ayrim  hollarda  shikastlangan  joyda  hosil  bo’lgan  impulslar  markazga 
bormasdan periferik nerv, paragangliy va simpatik gangliylarda qolishlari mumkin. 
 
Shikastga qarshi umumiy reaksiya bir qator hollarda mahalliy reaksiya bilan 
birga  kechadi,  qaysikim  organizmning  umumiy  reaksiyasini  chaqirishi  mumkin. 
Shulardan quyidagilari e’tiborga loyiqdir. 
 
Shok.
  Kasallik  qisqa  vaqt  ichida  keskin  qo’zg’alish  va  keyinchalik  nerv 
sistemasi va organizmning barcha faoliyatlari chuqur bostirilishi bilan ifodalanadi. 


10 
 
 
Shock  –  (zarba.  ingliz)  termini  XVIII  asrning  boshida  fransuz  vrachi  le  – 
Dran orqali kiritilgan. 
 
Shokning  tasniflanishi  –  chaqiruvchi  sabablarga  ko’ra  shok  travmatik, 
operatsion, gemotransfuzli va anafilaktik bo’lishi mumkin. 
 
Eng ko’p holatlarda travmatik shok kuzatiladi. Undan tashqari vaqt o’tishiga 
qarab birlamchi shok – (shikastdan so’ng birdaniga boshlanib bir necha soat davom 
etadi)  va  ikkilamchi  shok  (bir  necha  soat  yoki  kundan  keyin  paydo  bo’ladigan) 
kuzatiladi. 
 
Birlamchi shok asosan uch fazada kechadi: 
1. Erektil faza – keskin qo’zg’alish. 
     2. Torpid faza – chuqur tormozlanish. 
     3. Paralitik faza – o’limga olib keladi. 
 
Qoramollarda shok nisbatandan kam uchraydi. 
 
Etiologiya:
  Shok  yumshoq  to’qimalarning  kuchli  zararlanishi,  suyak 
sinishlari,  nerv  stvollarning  qisilishi,  brizjeykaning  (ichak  tutqichi)  kuchli  tortilib 
cho’zilishi,  ichki  a’zolarga  qo’pol  ta’sir  qilish,  pnevmotoraks,  qo’pol  tug’dirish 
muolajalari,  2–,  3–,  4–  va  5–  darajali  kuyishlarda  va  boshq.  paydo  bo’lishi 
mumkin. 
 
Chaqiruvchi  sabablarga  ko’maklashuvchi  omillar:  markaziy  nerv 
sistemasining  kuchli  qo’zg’alishi,  uzoq  vaqt  yiringlash,  og’ir  kasallik,  sovqotish, 
qizib  ketish,  ozuqa  va  suv  yetishmasligi,  ko’p  qon  yo’qotish,  A  va  B  gipo  – 
avitominozlar, qo’rquv. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə