«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

Shikastlanishlik
 – hayvonlarni ma’lum bir sharoitda oziqlantirish, saqlash va 
ekspluatatsiyasida  ularda  hosil  bo’ladigan  bir  yoki  har  xil  shikastlanishlar 
yig’indisi. 
Shikastlanishliklarning asosan 7 turi uchrab turadi

       1. Sanoat – texnologik shikastlanishlik. 
Bu xildagi shikastla–nishliklar yuqori 
darajali  mexanizasiya  va  avtomatizatsiyalashtirilgan  xo’jaliklarda  uchraydi. 
Hayvonlarni  saqlash  maydonchalari  kichik  bo’lgani  va  hayvonlar  tig’iz 
saqlanganligi sababli yangi xirurgik va boshqa kasalliklar paydo bo’lishiga sabab 
bo’ladi (Rustergolts yarasi). 
          2. Ozuqali shikastlanishliklar.
Chaqiruvchi sabablari  – yem – xashakka metal 
parchalarining tushib qolishi, dag’al xashakka ishlov bermasdan hayvonga yegizish 
(aktinomikoz),  yaylovda  zaharli  o’tlarning  o’sishi.  Qoramollarga  mo’ljallangan 
yemni cho’chqa va parrandaga yegizish va boshq. 
        3.  Ekspluatatsion  shikastlanishliklar
.  Sigirlarni  sog’ish  apparatlarni  noto’g’ri 
ishlatish,  nasldor  buqalardan  urug’  olishda  qoidalarga  rioya  qilmaslik  va  sharoit 
yaratmaslik, ishchi otlarga egar – jabdug’ini noto’g’ri taqish va ularni o’z vaqtida 
taqalamaslik, hayvon tuyoqlarini tozalamaslik (qirqmaslik) va boshq. kelib chiqadi. 
        4. Ot sporti shikastlanishliklari. 
Sabablari – sportchining saviyasizligi, poyga 
otlarning musobaqaga tayyor bo’lmagani. Sport otining yoshini, konstitusiyasini va 
qobiliyatini hisobga olmaslik. Taqalash sifatini va to’g’ri egarlashni tekshirmaslik. 
        5.  Jinsiy  shikastlanishliklar
.  Ko’pincha  yirik  chorvachilik  xo’jaliklarda 
bo’rdoqiga  boqilayetgan  buqachalarni  katta  guruhlarda  saqlash  natijasida 
kuzatiladi. Bunda  4–5 oylik buqachalarda  jinsiy reflekslari qo’zg’alib,  7–10 oyda 
avjiga  keladi.  Shu  davrda  ko’p  hayvonlar  bir  –  birining  ustiga  sakrab  yiqilishi 
natijasida  shikastlanadi,  undan  tashqari  ularda  to’g’ri  ichak  yirtilishi  va  jinsiy 
a’zoning sinishi kuzatiladi. 



 
         6.  Transportli shikastlanishliklar.
 
Ko’pincha  qoramol  va  qo’ylarni 
yaylovga va go’sht kombinatiga haydashda, avtomashina va vagonlarda noto’g’ri 
tashishda kuzatiladi. 
        7.  Xarbiy shikastlanishliklar.
 
Haddan  tashqari  ko’psonli  va  o’limga  olib 
boradigan shikastlanishlarga kiradi. Ayniqsa  yadro quroli ishlatilganda. O’qlar  va 
zambarak snaryadlaridan hosil bo’lgan jarohatlar qiyin bitadi, undan tashqari zarba 
to’lqini ko’p miqdorda to’qimalar buzilishiga, hatto yorilishiga olib keladi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə