«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi


  Bugungi kunda xirurgiya fanining erishgan muvafaqiyatlari



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

   2.
 
Bugungi kunda xirurgiya fanining erishgan muvafaqiyatlari.  
 O’tgan davr mobaynida xirurgiya fanini rivojlantirish  sohasida ko’p ishlar 
qilingan,  ammo  xozirgi  vaqtda  ham  shu  yo’nalishdagi  sa’y  harakatlar  pasaygani 
yo’q.  Kompleks  dispanserizasiya  asosida  profilaktika  va  davolash  tadbirlar 
texnologiyasi tadbiq etilmoqda. Mahsuldor hayvonlar tuyoqlari yiringli  – nekrotik 
kasalliklarini    oldini  olish  va  davolashning  samarali  usullari  taklif  qilindi.  Yirik 



 
shoxli  hayvonlar  va  qo’ylarni  flyuorodispanserizasiya  qilish  uslubi  va  katta 
formatli  veterinar  flyuorografni  qo’llanishi,  hamda  moddalar  almashinuvining 
buzilishidan  kelib  chiqadigan  o’pka  kasalliklari,  suyak  –  bo’g’im  va  boshqa 
patologiyalarni    davolash  samaradorligini  nazorati  ishlab  chiqildi  (R.G. 
Mustakimov va boshq.). Patogenezni aniqlash, diagnostika, oldini olish, davolash, 
mahsuldorlikni  oshirish  va  qishloq  xo’jalik  hayvonlarni  stress  omillarga 
chidamligini  o’rganib  chiqish  maqsadida  radioaktiv  izotoplar,  lazer,  ultratovush 
generatorlar,  elektron  va  boshqa  apparaturalarni  qo’llash  borasidagi  tekshirishlar 
olib borilmoqda (M.V. Plaxotin, A.D. Belov). 
Oxirgi  o’n  yilliklarda  veterinar  xirurgiya  tomonidan  quyidagilar  ishlab 
chiqildi: 
1.  Yirik    chorvachilik    xo’jaliklarida    shikastlanishlarni  kamaytirishga  va 
sanoat  chorvachiligi  samaradorligini  oshirishga  qaratilgan  oldini  olish  va 
davolashning texnologik asoslari va tamoyillari (M.V. Plaxotin). 
2.  Mahsuldor  hayvonlar  tuyoqlari  kasalliklari    va  boshqa  patologiyalarda 
oldini  olish  va  davolash  maqsadida  sapropelni  texnologik  qo’llashning  ilmiy 
asoslanishi (A.N. Yeliseyev). 
3. Mastitlarning oldini olish va davolashga imkoniyat yaratadigan sigirlarni 
mashinali sog’ish texnologiyasiga kiritilgan elektropunkturaning texnologik tizimi. 
4. Jarohatlar bitish jarayonini tezlashtiruvchi va o’lgan to’qimalarni jarrohlik 
yo’l  bilan  kesib  tashlashni  almashtiruvchi  jarohatlar  va  boshqa  yiringli–  nekrotik 
o’choqlarning fermentoterapiyasi. 
5. O’pka kasalliklarida ko’krak ichki nervlarning samarali novokain qamali. 
6.  Bo’rdoqiga  boqiladigan  buqalarda  jadal  ravishda  rivojlanadigan 
kollagenozning patogenezi, klinik kechishi va oldini olishning yangi shakllari. 
7.  Saqlash  va  oziqlantirishning  har  –  xil  texnologiyalarida,  ratsionlarida  va 
sut  mahsuldorligi  darajasida

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə