«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

 
asosan
 5 
tur shikastlar kuzatiladi

         
1.  Mexanik  shikastlar
  –  bo’lishi  mumkin  –  ochiq  (jarohat)  va  yopiq  (lat 
yeyish).  Shikast  ta’sirida  kontuziya,  lat  yeyish  (contusio),  cho’zilish  (distorsio), 
bo’g’imlar  chiqib  qolishi  (luxatio),  suyaklar  sinishi  (fractura),  tebranish 
(commotio)  va siqilishlar (compressio) hosil bo’ladi. 



 
         2. Fizik shikastlar
  – yuqori va past darajali harorat, nurlar, radiatsiya, elektr 
toki va chaqmoq ta’sirida hosil bo’ladi.
 
         3.  Kimyoviy shikastlar
 – ishqor va kislotalar ta’sirida kelib chiqadi. 
         4.  Biologik  shikastlar
  –  chaqiruvchilari:  viruslar,  patogen  mikroblar 
(infeksiya),  makroparazitlar  (invaziya)  va  ularning  toksinlari,  hayvonlar  va 
o’simliklar zaharlari. 
         5.  Ruxiy  –  stressli    shikastlar
  hayvonlarning  adaptasion  xususiyat–lariga 
rioya qilmasdan chorva texnologiyasini noto’g’ri tashkillashtirishdan kelib chiqadi. 
Masalan:  akustik  shikast,  optik  shikast,  joydan  joyga  tez  –  tez  ko’chirish  va 
boshqalar. 
 Shikastni  chaqiruvchi  omillarning  kuchiga  va  ta’sir  qilish  vaqtiga  ko’ra 
shikastlar  o’tkir  va  surunkalilarga  bo’linadi.  Ikki  va  undan  ziyod  shikastlovchi 
omillar  ta’sirida  murakkab  shikastlanish  hosil  bo’ladi.  To’qimalar  buzilishi 
shikastlash  omili  ta’sir  qilgan  joyda  kuzatilsa  –  bevosita,  aksi  esa    –  bilvosita 
shikastlar  deb  ataladi.  Masalan:  sakraganda,  yiqilganda  paylarning  uzilishi, 
cho’zilishi,  bo’g’im  chiqishlari  kuzatiladi.  Biron  bir  organ  shikastlanganda  – 
monotravma va bir nechtasi shikastlanganda – politravma kuzatiladi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə