Miokard infarkti



Yüklə 41,75 Kb.
səhifə1/7
tarix27.12.2023
ölçüsü41,75 Kb.
#163830
  1   2   3   4   5   6   7
MIOKARD INFARKTI


MIOKARD INFARKTI
Miokard infarkti — o’tkir holat, yurak ishemik kasalligining klinik shakli, to’liq yoki qisman qon yetishmovchiligi natijasida yurak muskul to’qimasining (miokard) nekrozi (o’limi) tufayli yuzaga keladi. Bu butun yurak-qon tomir tizimi faoliyatining buzilishiga olib keladi va bemorning hayotini xavf ostiga qo’yadi.
Miokard infarktining asosiy va eng ko’p tarqalgan sababi — yurak mushagini qon bilan va shunga mos ravishda kislorod bilan ta’minlaydigan toj (koronar) arteriyalardagi qon oqimining buzilishi. Ko’pincha bunday buzilish arteriyalar aterosklerozining fonida yuzaga keladi va unda tomirlarning devorida aterosklerotik pilakchalar (blyashkalar) paydo bo’ladi. Ushbu pilakchalar toj arteriyalari bo’shlig’ini toraytiradi va tomir devorlarining shikastlanishiga hissa qo’shadi, bu esa tromb va arterial stenoz shakllanishi uchun qo’shimcha sharoitlarni yaratadi.

INFARKTNING XAVF OMILLARI


Ushbu o’tkir kasallikning rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradigan bir qator omillar mavjud:

  1. Ateroskleroz. Yo’g almashinuvining buzilishi natijasida qon tomir devorlarida aterosklerotik pilakchalarning paydo bo’lishi miokard infarktining rivojlanishida asosiy xavf omilidir.

  2. Yosh. 45-50 yoshdan keyin kasallikni rivojlanish xavfi ortadi.

  3. Jins. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, ayollarda ushbu keskin vaziyat erkaklarnikiga qaraganda 1,5-2 marta ko’proq uchraydi, ayniqsa klimaks davrida ayollarda miokard infarkti rivojlanish xavfi yuqori bo’ladi.

  4. Arteriyel gipertoniya. Gipertoniya (yuqori qon bosimi) bilan og’rigan insonlarda yurak-qon tomir kasalligi rivojlanish xavfi yuqori bo’ladi, chunki arterial bosim ortishi bilan miokardda kislorodga talab oshadi.

  5. Avval boshdan kechirilgan miokard infarkti, hatto kichik ko’lamli bo’lsada.

  6. Chekish. Ushbu zararli odat tanamizning ko’plab organlari va tizimlarining ishdan chiqishiga olib keladi. Surunkali nikotin bilan zaharlanish natijasida toj arteriyalar torayib ketadi, bu esa miokardda kislorod yetishmasligiga olib keladi. Va gap nafaqat faol chekish haqida, balki passiv chekish haqida ham bormoqda.


  7. Yüklə 41,75 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə