Miokard infarkti


Qonda xolesterin miqdorini nazorat qilish



Yüklə 41,75 Kb.
səhifə7/7
tarix27.12.2023
ölçüsü41,75 Kb.
#163830
1   2   3   4   5   6   7
MIOKARD INFARKTI

Qonda xolesterin miqdorini nazorat qilish. 45 yoshdan oshgan barcha insonlarga yog’lar almashinuvini muntazam ravishda nazorat qilish tavsiya etiladi, chunki u buzilganda rivojlanadigan ateroskleroz yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy sabablaridan biridir.

  • Qon bosimini nazorat qilish. Qon bosiming doimiy ravishda 140/90 mm. sim. ust. dan yuqori bo’lishida uni dori-darmonlar bilan me’yorga keltirish talab etiladi, chunki arterial gipertoniya bilan birga yurakka tushadigan yuk sezilarli darajada ko’payadi.

  • Qonda glyukoza darajasini nazorat qilish. Bu uglevod almashinuvi buzilishlarini aniqlash va diabetning oldini olish uchun kerak.

  • Parhez. Osh tuzini, ko’p miqdorda xolesterin va qiyin eruvchi yog’larni o’z ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlar iste’molini cheklash tavsiya etiladi. Ratsionga o’simlik tolalari, vitaminlar va minerallarga boy bo’lgan meva va sabzavotlarni, dengiz maxsulotlarini ko’proq kiritish kerak.

  • Asetilsalitsil kislotasi mavjud dori-darmonlarni qabul qilish. Aspirin nafaqat miokardiyal infarktni davolash uchun, balki uning oldini olish uchun ham standartdir. Bugungi kunda ushbu moddani o’z ichiga olgan ko’plab dorilar kardiologiyada keng ishlatiladi. Optimal dozani va muayyan dori turini tanlash uchun siz shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak.

    Yüklə 41,75 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə