Miokard infarkti


MIOKARD INFARKTINING ATIPIK SHAKLLARI



Yüklə 41,75 Kb.
səhifə3/7
tarix27.12.2023
ölçüsü41,75 Kb.
#163830
1   2   3   4   5   6   7
MIOKARD INFARKTI

MIOKARD INFARKTINING ATIPIK SHAKLLARI


Atipik shaklda kechayotgan miokard infarkti tashxis qo’yish paytida shifokor uchun qiyinchilik tug’dirishi mumkin.
Gastritik variant. Kasallikning ushbu shaklida yuzaga kelgan og’riq sindromi gastritning xuruji tufayli yuzaga kelgan og’riqqa o’xshaydi va epigastrik mintaqada joylashgan bo’ladi. Ko’rikda qorin old devorining mushaklari tarangligi kuzatilishi mumkin. Odatda, miokard infarktining bunday shakli diafragmaga yaqin bo’lgan pastki chap qorincha shikastlanishlarida kelib chiqadi.
Astmatik variant. Bronxial astmaning shiddatli xurujini eslatadi. Bemorda bo’g’ilish, ko’pikli balg’amli yo’tal (quruq bo’lishi ham mumkin) kuzatilishi va shu bilan birga odatda og’riq sindromi kuzatilmasligi yo’q yoki zaif ifodalangan bo’lishi mumkin. Og’ir holatlarda o’pka shishishi rivojlanishi mumkin. Ko’rik o’tkazilganda yurak ritmining buzilishi, qon bosimi pastligi, o’pkada xirillash sezilishi mumkin. Ko’pincha, kasallikning astmatik shakli takroriy miokard infarktida, shuningdek, og’ir kardiosklerozning fonida sodir bo’ladi.
Aritmik variant. Miokard infarktining bu shakli turli xil aritmiya (ekstrasistoliya, miltillovchi aritmiya yoki paroksizmal taxikardiya) yoki turli xil darajadagi atriyoventrikulyar blokada bilan namoyon bo’ladi. Yurak urishi ritmining buzilganligi sabab EKG tekshiruvida miokard infarkti aniqlanmasligi mumkin.
Serebral variant. Bosh miya tomirlarida qon aylanishi buzilishi bilan tavsiflanadi. Bemorlar bosh aylanishi, bosh og’rig’i, ko’ngil aynishi va qayt qilish, oyoqlar holsizligidan shikoyat qilishi mumkin, hush chigal bo’lishi mumkin.
Og’riqsiz variant (xira shakli). Miokard infarktining bu shakli tashxislashdagi qiyinchiliklarga eng ko’p sababchi bo’ladi. Og’riq sindromi umuman kuzatilmasligi mumkin, bemorlar ko’krak qafasidagi noma’lum bezovtalik va haddan tashqari terlashdan shikoyat qilishadi. Ko’pincha ushbu kasallik shakli qandli diabet bilan og’rigan bemorlarda uchraydi va juda og’ir kechadi.
Ba’zan miokard infarkti klinik tasvirida turli kasalliklar alomatlari mavjud bo’ladi va bunday hollarda, afsuski, holat yakuni ko’proq salbiy bo’ladi.

Yüklə 41,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə