«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi


  Yuzaki  yiringli  kon’yunktivit



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

2.  Yuzaki  yiringli  kon’yunktivit
  shikastlanish,  organizmning  rezistentligi 
pasayganda,  yuqumli  kasalliklarda,  gipovitaminozlarda  va  boshqa  holatlarda 
rivojlanadi. Sun’iy ravishda tuberkulinizatsiya va malleinizatsiyada ijobiy reaksiya 
sifatida chaqirilishi mumkin. 
Klinik belgilar.
 Kasallangan kon’yunktiva og’riqli, mahalliy harorati oshgan 
bo’ladi;  yorug’dan  qo’rqish  holati  kuzatiladi.  Yuzaki  qon  tomirlar  qizaradi. 
Kon’yunktiva  shishadi,  yuzasi  yiringli  –  shilimshiq  ekssudat  bilan  qoplanadi. 
Shilimshiq pardada nekroz, yara va eroziyalar uchraydi. Davolash ishlari samarasiz 
kechadi va davolanish cho’zilib ketganda kon’yunktiva ko’z soqqasiga qarab o’sib 
kiradi. 
Oqibati.
  O’z  vaqtida  davolansa  yaxshi,  davolanish  kechikib  qolganda  esa 
xavfli,  jarayon  shox  pardaga  o’tishi,  qovoq  ko’z  soqqasi  bilan  o’sib  birlashishi 
mumkin. 
Davolash.
 Kataral kon’yunktivitdagidek, undan tashqari qo’shimcha tez–tez 
va  uzoq  vaqt  katta    konsentratsiyada  antibiotik  va  sulfanilamidli  preparatlar 
yuboriladi.  Kasallik  boshlanishi  davrida  novokainga  gidrokortizon,  antibiotik 
qo’shib,  retrobulbar  qamal  qilish  yaxshi  natija  beradi.  Og’riqni  qoldiruvchi 
moddalar bilan malham va linimentlar surtiladi. Qovoq va ko’z soqqasi o’sib bir – 
biriga  yopishib  ketganda  ular  kesib  ajratiladi,  yuzalarini  kuydirish  uchun  kumush 
nitrati (lyapis) bilan yuvish va so’ng malhamlar surtish lozim. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə