«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

Chuqur  yiringli  kon’yunktivit. 
Kasallik  asosan  subkon’yunktival 
to’qimasining  flegmonasi  shaklida  kechadi.  Mustaqil  tarzda  u  jarohatlanishda, 
jarayon yuzada joylashgan to’qimalardan o’tganda va ayrim infeksion kasalliklarda 
rivojlanadi. 
Klinik belgilar.
 Kasallik ikkala qovoqlarni egallab, kon’yunktivaning kuchli 
shishishi,  quruqligi,  yorilishi  va  yuzasidan  qon  tomchilashi  bilan  harakterlanadi. 
Kon’yunktiva to’q – qizg’ish rangga kirib, usti yiring bilan qoplanadi. Keyinchalik 
abssesslar  rivojlanadi.  Flegmonoz  jarayon  yiringli  –  rezorbtiv  isitma  alomatlari 
bilan kechadi. 
Oqibati.
  Serozli  ekssudatsiya  bosqichida  jarayonni  to’xtatish  mumkin. 
Abssesslanishda  esa  qovoq  va  ko’z  bir  –  biri  bilan  yopishishib  ketadi.  Og’ir 
holatlarda panoftalmitning rivojlanish xavfi bor. 
Davolash.
  Davolash  prinsipi  etiopatogenetik  terapiyani  kasallik  bosqichiga 
mos tartibda qo’llashni ko’zda tutadi. Hayvonga tinch sharoit yaratiladi. Antibiotik 
–  novokain  qamali  qo’llanadi.  Kon’yunktival  xalta  iliq  dezinfeksiyalovchi 
eritmalar  bilan  namlanadi,  unga  antibiotikli  va  sulfanilamidli  linimentlar  va 


132 
 
malhamlar kiritiladi. Abssesslarni qovoq chetiga parallel holda kesib ochish lozim. 
Qovoqlar  ko’z  bilan  yopishishning  oldi  olinadi.  Jarayon  sohasida  malhamlarni 
massaj  qilib  surtish,  kon’yunktiva  ostiga  natriy  xloridning  gipertonik  eritmasini 
yuborish taqiqlanadi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə