«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   247
umumiy va xususiy xirurgiya

         5. 
Panoftalmit 
– ko’z soqqasi pardalarining birlamchi yoki ikkilamchi o’tkir 
yiringli  yallig’lanishi,  ularning orasida  va  bo’shlikda  yiring to’planishi va  barcha 
qismlarining buzilishidir.  
 
Etiologiya.
  Ko’zning  yuzaki  va  kirib  boruvchi  (ayniqsa  ekvator  qismida) 
jarohatlari,  a’loxida  qismlarning  yiringli  jarayonlari,  infeksion  kasalliklar  (yirik 
shohli  hayvonlarning  hatarli
 
kataral  isitmasi,  manqa  va  boshq.),  ko’z 
rikketsiozining eskirgan yiringli shakllari, qoramollarda tomirli traktning infeksion 
yallig’lanishi va boshq.. 
Klinik belgilar.
 Infeksiyaning kirib borish yo’li va birlamchi o’choqning joyi 
bilan bog’liq holda, jarayon shox parda, sklera, kipriksimon tana, tomirli, rangli va 
to’r  pardalardan  boshlanishi  mumkin.  Yiringli  rezorbsiya  belgilari  –  tana 
haroratining  ko’tarilishi,  holsizlanish,  ishtahaning  yo’qligi  va  boshq.  kuzatiladi. 
Qovoqlar  va  kon’yunktiva  shishadi.  Tomirlarning  perikorneal  inyeksiyasi 
rivojlanadi.  Shox  parda  sarg’ish  rangda  bo’lib,  diffuz  xiralashadi.  Yorug’likning 
qisman  o’tkazuvchanligida,  ko’zning  old  kamerasida  sarg’ish  yoki  yashil  rangli 
yiring  to’planadi. 
Ko’z  kameralarida  o’zgarishlar  kuchli  bo’lganda  uni  qorachiq  orqali 
tekshirish  imkoni  bo’lmaydi.  Ammo  u  yerda  sinn  paychalarning  erib  ketishi, 
gavharning  xiralashishi  va  o’rnidan  siljishi,  shishasimon  tana,  to’r  parda  va 
xorioideyaning  yiringli  zararlanishi,  to’r  va  tomirli pardalarning asosdan  ajralishi 
hosil bo’ladi. Keyinchalik yiring limfatik yo’llar orqali bosh miyaning pardalar osti 


138 
 
bo’shliklariga o’tadi va meningit, ensefalit, sepsis rivojlanib, hayvon o’limiga olib 
keladi. 
Kasallikning  nisbatdan  yengil  kechishida  ko’z  ichidagilar  fermentolizga 
uchraydi, ko’z o’z strukturasini to’liq yo’qotadi va atrofiyaga uchraydi. 
Qoramollarda  limb,  rangli  parda,  shishasimon  tanalar  eriydi,  gavhar  o’z 
o’rnidan qisman yoki to’liq siljiydi, ko’zning ichi esa granulyatsion to’qima bilan 
to’ladi.  Ko’z  atrofiyaga  uchraydi,  yallig’lanish  jarayoni  so’nadi  ammo  ko’rish 
qobiliyati tiklanmaydi. 
Oqibati.
 Barcha hollarda yomon. 
Davolash.
  Mahalliy  va  umumiy  antiseptik  terapiya:  sulfanilamidlar, 
antibiotiklar,  Kadikov  –  Plaxotin  bo’yicha  kamforali  zardob,  vena  orqali  10  %  li 
kalsiy  xloridi  eritmasi  va  boshqa  vositalar  qo’llanishi  shart.  Ko’zning 
ekzenteratsiya  va  evisseratsiya  operatsiyalari  tavsiya  etiladi.  Operatsiyada  limb 
bo’ylab  shox  parda  kesiladi  va  ko’z  ichidagi  barcha  to’qimalar  olib  tashlanadi. 
Bunda  qovoqlar  va  kon’yunktivaning  ham  olib  tashlanishi  maqsadga  muvofiq 
bo’ladi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə