«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   247
umumiy va xususiy xirurgiya

6. 
Ko’z  kosasi  flegmonasi
 
(retrobulbar  flegmona)  deb  ko’z  kosasi 
kletchatkasining odatda o’tkir kechadigan diffuz yiringli yallig’lanishiga aytiladi. 
Etiologiya. 
Flegmona hosil bo’lishiga ko’pincha kon’yunktiva va ko’z atrofi 
terisining chuqur jarohatlari, yotoq yaralar sabab bo’ladi. Kam hollarda bu kasallik 
yallig’lanish  atrof  to’qimalardan  ko’chganda,  infeksiya  gematogen  yo’l  orqali 
kelganda 
(periodontit, 
panoftalmit, 
sepsis) 
rivojlanadi. 
Qon 
tomirlar 
shikastlanganda gematoma hosil bo’lib, u keyinchalik infeksiyalashadi. Birlamchi 
yiringli  jarayon  ekstraorbital  rivojlanib,  keyinchalik  periorbitada  joylashgan 
to’qimalarga o’tadi. 
Patogenez. 
Patogen  mikroblar  periorbitada,  fassiyalar  orasida  joylashgan 
to’qimalarning  flegmonoz  yallig’lanishini  chaqiradi.  Keyinchalik  to’qimalar 
parchalanib,  abssess  rivojlanadi.  Yiring  ko’z  soqqasi  ichiga  kirib  borib  yiringli 
xorioidit,  panoftalmit  va  hatto  ko’rish  nervining  yallig’lanishini  va  atrofiyasini 
chaqiradi.  Undan  tashqari,  yiring  sklera  (ko’zning  oq  pardasi)  va  ko’rish  nervi 
qinining  perivaskulyar  bo’shliklari  orqali  miya  bo’shligiga  o’tib,  meningit  va 
ensefalitlar  rivojlanishiga  sabab  bo’lishi  mumkin.  Jarayon  kam  hollarda  o’z  – 
o’zidan  so’rilib  ketadi  va  ko’pincha  abssess  rivojlanadi.  Abssess  ochilib,  tegishli 
davolash muolajalari bajarilganda kasallik tuzaladi va ko’rish qobiliyati tiklanadi.  
Klinik belgilar.
 Qovoqlar va chakka sohasida kuchli shish rivojlanadi. Shish 
quloq  va  hatto  boshqa  ko’zgacha  tarqaladi.  Qovoklar  yorig’i  yopilib  qoladi, 
ularning chetlari va kon’yunktiva tashqariga bo’rtib chiqadi (chemosis). Mahalliy 
harorat  ko’tariladi.  Palpatsiyada  kuchli  og’riq  seziladi.  Ko’z  usti  chuqurcha 
to’lishib  turadi.  Ko’z  soqqasi  harakatchanligini  yo’qotadi  va  tashqariga  bo’rtib 
chiqadi. 
Kon’yunktiva  qizaradi,  uning  yuzasi  yiringli  ekssudat  bilan  qoplanadi; 
dastlab  u  suyuq  bo’lib,  pastga  oqib  tushadi,  keyinchalik  ekssudat  quyuqlashib, 
yiringli  –  fibrinoz  holatga  kiradi.  Ko’z  shox  pardasi  xiralashadi,  epiteliyi 
deskvamatsiyaga uchraydi, unda eroziya va yaralar paydo bo’ladi. 


139 
 
Hayvonning umumiy ahvoli yomonlashadi, ishtahasi yo’qoladi, tana harorati 
ko’tariladi,  ko’rish  qobiliyati  susayadi.  Ko’z  yoshining  kuchli  oqishi  va 
yorug’likdan  qo’rqish  alomatlari  kuzatiladi.  Ko’z  tubini  tekshirganda  anemiya, 
ko’rish  nervi  ko’rish  so’rg’ichining    shishi  va  keyinchalik  atrofiyasi  aniqlanadi. 
Qonda neytrofiliya va yadroning chapga siljishi kuzatiladi. 
Panoftalmitdan  farqlash  lozim.  Panoftalmitda  ko’z  soqqasining  barcha 
qismlari yiringli yallig’lanadi va old kamerada yiring to’planadi.  
Oqibati.
 Ehtiyotkor va hatto yomon. 
Davolash.
 Retrobulbar flegmonada davolash ishlari iloji boricha erta, tez va 
tartibli  bo’lishi  lozim.  Dastlabki  harakatlar  abssessning  tez  pishib  yetilishiga 
qaratiladi.  Buning  uchun  2  %  li  borat  kislotasi  bilan  isituvchi  kompress,  grelka, 
fizioterapevtik  muolajalar  (sollyuks  lampasi,  infraruj  va  boshq.)  qo’llanadi. 
Flyuktuatsiya  o’choqlari  paydo  bo’lganidan  abssess  ochiladi,  yiringli  –  nekrotik 
massalar olib tashlanadi va drenaj kiritiladi. Mahalliy antibiotik – novokain qamali 
qilinadi.  Muskul  orasiga  antibiotiklar  yuboriladi,  og’iz  orqali  sulfanilamidlar 
beriladi.  Kon’yunktival  xaltaga  so’rdiruvchi  vositalar  –  1–3  %  li  kaliy  yoditi 
eritmasi, 1–2 % li sariq simob malhami, proteolitik fermentlar (tripsin, ximotripsin, 
dezoksiribonukleaza)  kiritiladi.  Septik  holatda  uyqu  arteriyasiga  antibiotiklar 
yuboriladi. Kon’yunktivit va keratitlar tegishli davolanadi. 
 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə