«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi


  Jarrohlik  infeksiyaning  tasniflanishi  va  uni  oldini  olishning  asosiy



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

3.  Jarrohlik  infeksiyaning  tasniflanishi  va  uni  oldini  olishning  asosiy 
tamoyillari. 
Qo’zg’atuvchining  xususiyatlari  va  organizm  reaksiyasiga  ko’ra 
quyidagi turlari tafovut qilinadi: 
 
1.  Aerob  mikroblar  (stafilokokk,  streptokokk,  diplokokk,  ichak  tayoqchasi, 
ko’k  yiring  tayoqcha  va  boshk.).  chaqiradigan 
aerob 
yoki
  yiringli
  jarrohlik 
infeksiya.  
2.  To’qimalarni  parchalab  erituvchi anaeroblar,  batsillalar,  (gazli  gangrena, 
xatarli  shish),  toksik  shishni  chaqiradigan  mikroblar  qo’zg’atadigan 
anaerob
 
jarrohlik infeksiya

3.  Anaerob  yoki  fakultativ  anaeroblar  (vulgar  protey,  spora  hosil  qiluvchi 
batsillalar, ichak tayoqchasi  va boshk.) 
chirituvchi jarrohlik infeksiya. 
          4. 
Spetsifik  jarrohlik  infeksiya
  (qoqshol,  brutsellyoz,  sil,  aktinomikoz, 
nekrobakterioz, botriomikoz). 
Jarrohlik  infeksiyaning keltirilgan turlaridan  tashqari, xirurgik  patologiyaga 
ayrim  invazion  kasalliklar  ham  kiradi  –  senuroz,  exinokokkoz,  onxotserkoz, 
telyazioz, filyarioz, va boshq.. 
Jarrohlik  infeksiyaning  oldini  olish  tamoyillari  quyidagilardan  tashkil 
topgan: 
1.
 
Inyeksiya,  operativ,  akusherlik  –  ginekologik  va  boshqa  davolash 
muolajalarni  bajarishda  aseptika  va  antiseptikaga  qat’iy  rioya  qilib,  hayvon 
organizmi ichki muhitiga infeksiya qo’zg’atuvchisi kirishiga yo’l qo’ymaslik. 


18 
 
2.
 
O’lgan  to’qimalar  mavjud  bo’lganda  ularni  operativ  yoki  boshqa 
yo’llar orqali iloji boricha ertaroq olib tashlash va to’qimalararo kovaklar, o’yiqlar 
va cho’ntaklarni yo’qotish. 
3.
 
Osmoterapiya va fermentoterapiya vositalarini qo’llab, drenajlashning 
optimal sharoitlarini ta’minlash. 
         4.        Mahalliy  antiseptik  eritmalar,  yangi  yarim  sintetik  antibiotiklarni 
qo’llash va murakkab bakteriostatik kukunlar deposini yaratish. 
5.
 
Himoyalovchi 
terapiya 
vositalari 
(novokain 
qamallari, 
trankvilizatorlar va boshq.) yordamida organizm sensibilizatsiyasini va asab tizimi 
periferik va markaziy bo’linmalarining haddan ziyod  qo’zg’alishini yo’qotish. 
Yuqorida keltirilgan muolajalar va chora – tadbirlar to’liq oqsilli, uglevodli, 
yog’  va  vitamin  –  mineralli  oziqlantirishda,  hamda    to’g’ri  saqlash  va 
ekspluatatsiyasida o’tkazilishi lozim. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə