«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

   
         
2. Jarrohlik infeksiyaning rivojlanishida makro – va mikroorganizmlar 
roli.
  Zamonaviy  tushunchalar  bo’yicha  infeksion  jarayonning  rivojlanishida 
mikrob va viruslarning ahamiyati quyidagicha: 
 
1. Mikroblar bilan ifloslanish (qontaminatsiya). 


17 
 
 
2. Mikroflora.   
 
3. Infeksiya. 
 
          
Kontaminatsiya 
–    jarohat  va  boshka  ochiq  shikastlanishlarning  tashqi 
muhitdan  mikroblar  bilan  ifloslanishi.  Bu  mikroblar  asosan  yuzada  joylashib 
ko’payadi,  ferment  va  toksinlarni  ajratmaydi    va  boshqa  to’qimalarga  tasir 
qilmaydi.  Ularning  bir  qismi  o’ladi,  qolganlari  esa  sharoitga  o’rganib  ko’payadi, 
aktivlashadi va natijada jarohat mikroflorasiga aylanadi. 
 
Mikroflora 
– jarrohat muhitiga o’rgangan, nisbatan uzgarmas mikroblarning 
assosiyatsiyasi. Jarohat mikroflorasi biologik aktiv bo’lib, mikroblar asosan yuzada 
va o’lgan to’kimalarda joylashadi. Ular o’zidan ferment ajratib, o’lgan to’qimalarni 
suyo’ltiradi  (gidroliz).  Mikroflora  tarkibiga  muhit  pH  i  va  o’lgan  to’qimalar 
mavjudligi  tasir  kiladi.  Masalan:  birinchi  fazada  o’lgan  to’qimalar  ko’pligi  va 
muhit  achchik  bo’lganligi  sababli  asosan  streptokokklar  rivojlanadi.  Ikkinchi 
fazaga  o’tish  davrda  esa  muhit  ishqoriy  bo’ladi  va  natijada  stafilokokk,  ichak 
tayokchasi va boshka alkolafil mikroblar rivojlanadi. 
 
Infekt 
–  o’lgan  to’qimalardan  tirik  to’qimalarga  o’tib,  u  yerda 
rivojlanadigan, o’zidan toksin va fermentlar ajratishi   natijasida tirik to’kimalarni 
yemiradigan patologik mikroorganizmlar. Ular jarrohlik infeksiyani chakiradi.  
    Jarrohlik  infeksiya 
–  infekt  tasirida  hosil  bo’lgan  morfologik  va  funksional 
buzilishlarga makroorganizmning javobi, yani murakkab potologik jarayon. 
 
 
Organizmning bu reaksiyasi infektni to’liq bosish va yo’kotishga, immunitet 
ishlab  chikarishga  hamda  tashki  muhit  bilan  organizmning  buzilgan  birligini  
tiklashga qaratilgan. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə