«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

1. 
Anaerob  infeksiya
  asosan  jarohat  infeksiyasi  bo’lib  hisoblanadi.  Ammo 
adabiyotlarda  uning  endogen  yo’l  bilan  ham  rivojlanish  mumkinligi  ko’rsatilgan. 
Bu  infeksiya  emlash  ishlarida  va  inyeksiya  qilishda  antiseptika  qoidalariga  rioya 
qilmaslikdan ham  rivojlanadi. Tekshirishlar  anaeroblar  yerda  100%, tezakda  95% 
holatlarida  borligini  ko’rsatadi.  Anaeroblar  bilan  ifloslangan  yirik  jarohatlar    o’z 
vaqtida  xirurgik  yo’l  bilan  tozalanib,  antiseptika  usullari  qo’llanganda  kamdan–
kam  infeksiya  tarqalishiga  sabab  bo’ladi  chunki  anaeroblar  kislorod  tasirida  10 
daqiqa ichida o’ladi. 
 
 Jarrohlik anaerob infeksiya asosan 4 tur chaqiruvchilar tasirida rivojlanadi: 
1
.  Cl.  perfringens.  2.  Cl.  oedematiens.  3.Cl.  oedematiens
 
maligni.  4.  Cl. 
nystolyticus

 
Infeksiya  rivojlanishiga  jarohat  teshigining  kichikligi,  ezilgan  to’qimalar, 
cho’ntaklar,  qon  laxtalarining  mavjudligi;  asosiy  arteriyalarning  yorilishi  va 
trombozi;  venozli  qonning  turib  kolishi;  gematomalar;  ko’p  qon  yo’qolishi; 
oyoqlarda  jgut  ko’p  turib  kolishi;  yurak  faoliyatining  susayishi  va  boshqa, 
to’qimalarda  kislorod  kamayishiga  olib  boradigan  sabablar  ko’maklashadi. 
Ulardan  tashqari  anaerobli  infeksiyaning  rivojlanishiga  gipo–  va  avitaminozlar, 
hamda xirurgik ishlov kechikib bajarilgani ham yordam beradi. 
 
 Qoramollarda  jarohatda  ko’p  miqdorda  fibrin  to’planishi  sababli 
anaeroblarning ayniqsa ko’prok rivojlanib tarqalishi kuzatiladi. 
 
 Anaerob  infeksiyada  organizmning  immuniteti  juda  kuchsiz  bo’ladi. 
Yallig’lanish  jarayoni  yaqqol sezilmaydi  va  gazli gangrena  va  gazli shishda  hatto 
bostirilgan bo’ladi. 


22 
 
Anaeroblar yaxshi rivojlanishi uchun  asosan ishqorli muhit kerak. Masalan: 
B. tetani  ph 7,0 – 7,6;  Cl. perfringens   ph 7,2 – 7,4; Cl. hystoliticus   ph 6,0–7,6; 
Cl.  vibrion  septicus      ph  7,6;  Cl. oedematiens  ph  7,2  –  7,4  da  yaxshi  rivojlanadi. 
Ular hammasi (B. tetani dan tashkari) gramm bo’yicha bo’yaladi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə