«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

5.  Anaerob  infeksiyani
 
jarrohlik  yo’l  bilan    davolash  va  oldini  olish 
usullari. 
      
    
Davolash  kompleksli  bo’lishi  shart.  Bunda  anaeroblarning  biologik 
xususiyatlari  va kasallikning  kechishi  hisobga olinadi. Birinchi  navbatda   osmo  – 
oksigenli  va  patogenetik  terapiya  (nospetsifik  davolash)  bilan  birgalikda  operativ 
va  spetsifik  davolash  choralari  ko’llanadi.  Hayvonga    tinch  sharoit  ta’minlanadi. 
Antibiotik,  vitaminlar,  glyukoza,  Kadыkov  suyukligi,  yurak  faoliyatini 
yaxshilovchi vositalar yuboriladi.  
Eng muhimi barcha davolash usullari kasallik boshida bajarilishi  lozim. 
 
Kasal  hayvonlar  sog’  hayvonlardan  ajratiladi,  hamma  ishlatiladigan 
asboblar,  oyoq  kiyimi  va  rezin  qo’lqoplar  yaxshi  yuvilib  sterilizasiya  qilinadi. 
Ifloslangan bog’lov materiallari va ishlatilgan arqonlar yoqib yuboriladi. 
 
Anaerob  infeksiyada  davolash  ishlari,  bu  infeksiyadan  holi  bo’lgan 
hayvonlarga  ishlov  bergandan  so’ng  boshlanadi.  Operatsiyadan  avval  shish 
periferiyasi bo’ylab novokain – antibiotikli infiltratsiya bajariladi. 
 
Gazli abssess
 keng kesim orqali ochiladi, o’lgan to’qimalar kesib tashlanadi, 
to’qimali cho’ntak va qovaklar yo’qotiladi va vodorod perikisi, kaliy permanganati 
yoki  xloramin  qo’shilib,  issiq  (40

С)  o’rta  tuzlarning  gipertonik  eritmalari 
qo’llanadi. Xlorgeksidin eritmasi samaraliroq ta’sir qiladi. 
 
Gazli  flegmona,  gazli  shish  va  gazli  gangrena  keng  bir  yoki  bir  nechta  
kesimlar orqali ochiladi, qon paydo bo’lgancha o’lgan to’qimalar olib tashlanadi. 
 
Rivojlanayotgan  anaerob  infeksiya  belgilari  mavjud  tikilgan  jarohatlar 
(krepitatsiya  beruvchi  shish,  gaz  ajralishi  va  boshq.)  zudlik  bilan  ochiladi,  qon 
paydo  bo’lgunga  qadar  qo’shimcha  kesimlar  bajariladi,  kontraperturalar  qilinadi, 
o’lgan to’qimalar yo’qotiladi. To’qimalarini kesishdan avval va keyin jarohat uzoq 
vaqt  (20  daqiqa)  yuqorida  keltirilgan  eritmalar  bilan  yuviladi.    Ularga  2–10%  li 
skipidar  (Ol.  terebenthini)  qo’shilishi  yaxshi  samara  beradi.  Yuvilgan  jarohatlar 
Sol.  natrii  chloridi  20%;  Hydrogenii  peroxydati  3%,  100,0  aa;  Ol.  Terebenthini 
10,0 bilan tarqoq drenajlanadi. 
 
Drenajlashdan  tashqari  jarohatga  murakkab  kukunlar  va  yarim  sintetik 
antibiotiklar  aralashmasini  sepish  mumkin  (Acidi  borici  6,0,  Iodoformii  2,0, 
Ampicillini 0,5 yoki Carbenicillini). Venaga gentamitsin yuboriladi. 


26 
 
 
Oksigenoterapiyada  anaerobli  o’choqqa  va  chegaradosh  sog’  to’qimalarga 
kislorod yuboriladi.
 
 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə