«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi


Metastazsiz umumiy yiringli infeksiya – (septitsemiya



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

Metastazsiz umumiy yiringli infeksiya – (septitsemiya
). 
 
Sepsisning  eng  og’ir  toksik  shakli  bo’lib,  o’tkir  yoki  yashin  tezligida 
kechadi.  Qonga  toksinlarning  tushishi  angioretseptorlar,  periferik  nervlar,  orqa 
miya,  bosh  miya  po’stlog’i  va  po’stloq  ostining  kuchli,  haddan  ziyod 
qo’zg’alishiga olib keladi. 
 
Septitsemiyaning  rivojlanishi  himoya  moslashuv  va  immunobiologik 
reaksiyalar  hamda  biriktiruvchi  to’qima  aktivligi  erta  bostirilishi  bilan  kechadi. 
Shuning  uchun  yallig’lanish  jarayoni  to’siq  bilan  o’z  vaqtida  o’ralmaydi  va 
to’xtatilmaydi va natijada o’tkir anaerob jarayonlar hosil bo’ladi. 
 
Bosh  miya  po’stlog’idagi  parabiotik  holatlar  po’stloq  osti  markazlarning 
faoliyatini buzadi, bu esa a’zolar va to’qimalar disfunksiyasiga olib keladi. 
 
Septitsemiya  qorin  devori  va  ichaklarning  kirib  boruvchi  jarohatlari, 
bichishdan  so’ng  asoratlar,  chuqur,  muskullararo  va  g’ilofli  flegmona,  tuyoq 
chirishlari, anaerobli infeksiyada hosil bo’ladi. 
Klinik  belgilar.
Kasal  hayvon  juda    holsizlangan,  jabrlangan  bo’lib,  yotib 
qoladi, ozuqa va suvni qabul qilmaydi, tez oriqlaydi, tana harorati yuqori ko’tarilib, 
bir  kun  mobaynida  ko’p  o’zgarmaydi  (0,5  –  0,8
o
  C).  Otlar  titraydi  va  terlaydi. 
Hayvon o’lishidan avval tana harorati keskin tushadi yoki ko’tarilib ketadi. 
 
Kasallik mobaynida puls tezlashgan, kam to’lgan, ipsimon bo’ladi. Patologik 
aritmiya kuzatiladi. Hayvonning nafas olishi tez, noto’g’ri. Uning oyoqlari soviydi, 
shilliq pardalar to’q qizil yoki kir – sariq rangga kiradi,  ularga qon quyiladi. 
 
Hayvon  vaqti  –  vaqti  bilan  bezovtalanadi,  qochib  ketishga  intiladi,  itlarda 
agressiya kuzatiladi. Otlar yotgan holatda oyoqlari bilan suzish harakatlarni qiladi. 
Qo’zg’alish  keyinchalik  depressiya  bilan  almashinadi.  Itlar    yod  jismlarni  tishlab 
yutishga  intiladi.  Hayvonlarda  profuzli  ich  ketishi  kuzatiladi,  tez  –  tez  siydik 
ajraladi,  va natijada terilari qurib ketib, hayvon tanasi “qoq suyak”ga aylanadi. 
 
Eritrotsit 
va 
gemoglobin 
miqdori 
keskin 
kamayadi. 
Leykotsitoz 
rivojlanmaydi.  Gemogrammada  keskin  chapga  (miyelotsitlargacha)  siljish 
kuzatiladi. Eozinofil va monotsitlar ko’rinmaydi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə