«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

Yiringli – rezorbtiv isitma
 sepsis oldi holat hisoblanadi. U kuchli yiringli 
–  nekrotik  jarayonlarning  qo’shimcha  ifodasi  sifatida  namoyon  bo’ladi,  masalan: 
gangrena, yara, jarohatlar va boshq. 
 
Asosiy  belgilari
:  tez  rivojlanadigan  flegmonozli  jarayonlar,  chuqur 
jarohatlar,  to’qimali  cho’ntaklar  va  o’yiqlar,  ko’p  miqdorda  o’lgan  to’qimalar, 
granulyatsion  to’qimaning  sust  o’sishi  yoki  umuman  yo’qligi,  ixor  yoki  ko’p 
miqdorda yiring to’planishi. 
 
Toksik  moddalar  va  kuchli  qo’zg’alishlar  bosh  miya  po’stloq  osti  va 
po’stlog’ida kuchli qo’zg’alishni va natijada ularning  parabioz holatini chaqiradi.  
Buning oqibatida albatta organizmning gumoral boshqarilishi ham keskin buziladi. 
Barcha  yuqorida  keltirilgan  xodisalar  mikroorganizmlarning  qonga  va  limfaga 
o’tishiga moyillik yaratadi. 
 
 Yiringli  –  rezorbtiv isitmada organizmning  umumiy  holati  keskin  buziladi, 
hayvonning  ishtahasi  yo’qoladi,  otlar  terlaydi,  badani  titraydi.  Umumiy  harorat 
yuqori,  puls  odatda  ravon  ammo  tez  bo’ladi.  Otlarda  qon  bosimi  sa’l  ko’tariladi. 
Eritrotsitlar  soni va  gemoglobin    miqdori  kamayadi. Leykoformula  ancha siljigan 
bo’ladi. 
 
Yiringli – nekrotik o’choqlarni tozalash, o’yiq va cho’ntaklarni xirurgik yo’l 
bilan yo’qotish yoki ularni drenajlash kasallik kechishini yaxshilaydi va umuman  
to’xtatadi. 
 
Sepsis oldi holat 2–3  kundan 10 kungacha va ko’proq cho’zilishi mumkin. 
 
Surunkali  kechishida,  jarayon  jarohatli  darmonsizlanishga  o’tadi,  asta  – 
sekinlik  bilan  mushaklar  atrofiyaga  uchraydi,  ichak  –  oshqozon  yo’llarida  va 
jigarda distrofik jarayonlar kechadi (sepsis kuzatilmaydi). 
 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə