«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

septiko  –  piyemiya
    ya’ni  aralash 
shakllariga bo’lgan. 
 
Xozirgi  davrda  piyemiya  metastaz  beruvchi  umumiy  yiringli  infeksiya, 
septitsemiya esa metastazsiz umumiy yiringli (anaerob) infeksiya deb ataladilar. 
 
Metastaz beruvchi umumiy yiringli infeksiya
 – 
piyemiya. 
 
Sepsisning bu shaklida organizm  to’qimalariga va a’zolariga hamda  qonga 
birlamchi  o’choqdan  tushayotgan  mikroblar  ushlanib  turiladi  va  ularning 
tarqalishiga  yo’l  qo’yilmaydi.  Retikuloendotelial  sistemasining  faoliyati,  himoya 
moslashuv  va  immunobiologik  reaksiyalar  ham  to’liq  bostirilmagan  bo’ladi. 
Shuning uchun bu shakldagi sepsis nisbatan  yengil bo’ladi va o’tkir hamda yarim 
o’tkir  kechadi.  Bunday  sepsis  asosan  qoramollarda  va  cho’chqalarda  kuzatiladi. 
Qoramollarda  piyemiya  retikuloperitonit,  travmatik  perikardit,  yiringli  artrit, 
yiringli  –  chirituvchi  metrit,  otlarda  manqa,  yag’rinning  yiringli  –  nekrotik 
jarayonlari, yiringli tromboflebitda, cho’chqalarda bichishdan so’ng kelib chiqadi. 
 
Qoramol  va  cho’chqalarda  mikroblar  limfa  orqali,  ot  va  itlarda  qon  orqali 
tarqaladi.  Yiringxonalar  bir  nechta  yoki  ko’p  sonli  bo’lishi  mumkin.  Ular 
ko’pincha limfa tugunlar, yag’rin, sag’rin, son, bel, uch boshli muskullarda, suyak 
iligi, bosh va orqa miyada hamda yelinda joylashadi. Kamroq hollarda ichki a’zo, 
bo’g’im,  pay  qinlarida  va  boshqa  joylarda  joylashadi.  Mikroblarning  o’rnashib 
qolishi  qonning  sust  oqishi,  kapillyarlarning  shakli,  tuzilishi,  yurak  faoliyatining 
sustlashishi,  mushaklar  atrofiyasi,  sensibilizatsiya,  oziqaning  kamligi  va 
boshqalarga bog’liq. 
         Klinik  belgilar: 
birlamchi  o’choqda  keng  tarqalgan  katta  shish  kuzatiladi, 
granulyatsion to’siq sust o’sadi, granulyatsiyalar zamburug’simon shaklda bo’ladi, 
yiringli artrit va boshqa yiringli jarayonlar rivojlanadi. 
         Hayvonning  umumiy  ahvoli  yomon,  tana  harorati  yuqori  bo’ladi,  hayvon 
tanasining ayrim joylari titraydi, otlar esa terlaydi. Hayvon oziqani qabul qilmaydi, 
suvni yaxshi ichmaydi. Uning yurak urishi kuchli, taqillaydigan; pulsi kam to’lgan 


29 
 
va  tez  bo’lib,  patologik  artmiya  kuzatiladi;  qon  bosimi  pasayadi;  nafas  olishi 
tezlashadi. Kecha – kunduz mobaynida tana harorati keskin o’zgaradi (2
o
 С ga va 
ko’prok). Bunday   harorat metastatik absesslar granulyatsiya bilan qoplanishidan 
yoki granulyatsion to’siq buzilib, yiring qonga so’rilishidan dalolat beradi. Qonga 
toksinlar  va  mikroblarning  to’xtovsiz  tushishida  haroratning  o’zgarishi  1

С  dan 
oshmaydi (ayniqsa qoramollarda). 
 
Kasallik yomon kechganda ya’ni oqibati yomon bo’lganda 1 kun ichida tana 
harorati pastga tushib ketadi puls esa o’zgarmaydi yoki tezlashadi. Grafikdagi bu 
ko’rsatkichlarning  bir  –  biri  bilan  o’zaro  kesishishi  “O’lim  xochi”  deb  ataladi. 
Ya’ni bir necha soatdan so’ng hayvon o’ladi. 
 
Jarohatdan olingan surtmalarda o’lgan leykotsitlar, ko’p miqdorda mikroblar 
ko’rinadi, poliblastlar protoplazmasida ko’p sonli vakuollar va azurofil donachalar 
kuzatiladi,  to’qimalar degeneratsiya holatida bo’ladi. 
          

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə