«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

                 
 


30 
 
4. Sepsisni kompleks davolash usullari. 
 
Samarali  davolash  uslublari  xozirgacha  ishlab  chiqilgan  emas.  Ammo 
shunga  qaramasdan,  davolash  erta  va  kompleksli  bo’lishi  kerak  va  u  mikroblarni 
bostirish,  organizmdan  toksinlarni  neytrallab  chiqarish  va  barcha  funksional 
buzilishlarni tiklashga qaratilishi shart. 
 
Antiseptik  terapiya  kompleksiga  quyidagi  umumiy  va  mahalliy  usullar 
kiradi:  
1. Himoya kuchlarini ishga solish, organizmning oziqlanishini yaxshilash va 
atsidozni  pasaytirish.  Shu  maqsad  bilan  hayvonga  yengil  hazm  bo’ladigan, 
vitaminga boy, ishqorli oziqa beriladi: o’nib chiqqan arpa, osh sodasi (30  – 40 g) 
qo’shilgan kepak atalasi, sabzi va boshqa sabzavotlar. 
 
Jarayon  og’ir  kechganda  toksik  va  alimentar  gipovitaminozlar  rivojlanadi. 
Natijada  immunogenez  va  jigarning  antitoksik  faoliyati  pasayadi,  fagotsitar 
aktivlik  yomonlashadi.  Infeksiyaga  qarshi  rezistentlik  ayniqsa  retinol  defitsitida 
yaqqol  kuzatiladi,  bunda  shilliq  pardalarning  baryer  xususiyatlari  yo’qolib, 
mikroblar  organizmga  kirib  boradi.  Shuning  uchun  vitaminoterapiya  katta 
ahamiyatga  ega.  Oziqa  bilan  tushadigan  vitaminlardan  tashqari  parenteral  yo’l 
bilan uch baravar ziyod miqdorda vitaminlarni, masalan: retinol, askorbin kislotasi, 
tiamin,  riboflavin,  piridoksin,  foliy  kislotasi,  siankobalaminni  yuborish  maqsadga 
muvofiq.  
 
Askorbin,  foliy  kislotalari  va  siankobalaminlarning  ta’sirini  kuchaytirish 
uchun ular bilan birgalikda pentoksil, metiluratsil va prodignozan  yuboriladi. 
 
Metabolik va alimentar atsidozni yo’qotish uchun ratsiondan silos va boshqa 
achchiq oziqalar chiqariladi, hamda organizmga bikarbonat yoki trisamin infuziya 
qilinadi. 
 
Xujayrali  gipokaliyemiyada  vena  ichiga  1–5  %  kaliy  eritmasi  (500  ml 
yuboriladigan  eritmaga,  20–30  mekv/l)  yuboriladi.  Kaliy  miqdori  ko’p  bo’lganda 
10  %  kalsiy  xloridi  qo’llanadi.  Natriy  yetishmasligida  10  %  natriy  xloridi  (1  kg 
tirik massaga 1,5 – 2 mekv/l) bir kunda bir marotaba yuboriladi. 
 
2.  Organizmning  reaktivligini  oshirish;  himoya  reaksiyasini  aktivlashtirish; 
immunologik  jarayonlarini,  qon  hosil  qiluvchi  a’zolar  faoliyatlarini  kuchaytirish; 
parenximatoz  a’zolar  faoliyati  va  dezintoksikatsiyani  yaxshilash.  Bunda  septik 
jarayon  boshlanishida  vena  ichiga  10  %  kalsiy  xloridi  1  :  10  yoki  10  %  natriy 
salitsilati  2  :  10  eritmalari  bilan  konservatsiya  qilingan  qon  yuboriladi  (yirik 
hayvonlarga  1000  –  2000  ml,  kichik  hayvonlarga  50–100  ml).  Sensibilizatsiyaga 
uchragan  nerv  markazlarining  angioretseptorlarini  haddan  ziyod  qo’zg’alishini 
oldini  olish  va    shok  hosil  bo’lmasligi  uchun  qon  tomchi  yoki  sekin  tizillatib 
yuborilishi lozim. Bunda  1000–2000 ml konservatsiya qilingan qonga 1,25– 2,5 g 
novokain  qo’shiladi,  yoki  qonni  yuborishdan  15–20  daqiqa  oldin  venaga  1  kg 
hayvon massasiga nisbatan 0,25 ml, 0,25 % novokain eritmasi yuboriladi. Qon ikki 
kunda bir marotaba quyiladi. 
 
Azot  defitsitida  organizmni  oqsillar    bilan  boyitish    hamda  immunogenez, 
eritropoezni  yaxshilash  va  intoksikatsiyani  kamaytirish  maqsadida  infuzion 
eritmalarga oqsilli gidrolizatlar yoki aminokislotalar eritmalari qo’shiladi. Masalan 


31 
 
gidrolizin (L–103) va aminopeptin (qoramol qonining oqsillaridan olinadi), kazein 
gidrolizati  SOLIPK  (sut  oqsilidan  olinadi).  Oqsil  gidrolizatlari  tomchilatib,  1 
daqiqada  60–70  tomchi  yuboriladi.  Tanlangan  gidrolizat  har  kuni  kichik 
hayvonlarga 150–200 ml, yirik hayvonlarga 2000–3000 ml dan yuboriladi. 
 
Vena  orqali  33  %  etil  spirtning  yuborilishi  bakteritsidli  va  organizm 
reaktivligini oshirish xususiyatlarga ega. Ammo uning uzoq vaqt qo’llanilishi jigar 
va retikuloendotelial sistemasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. 
 
3.  Suvsizlanishning  oldini  olish  maqsadida  infuzion  eritma,  qon  quyiladi. 
Hayvonga  xohlagancha  suv  beriladi.  Infuzion  suyuqlikning  miqdori  30–40  ml/kg 
tashkil qiladi. Yirik hayvonlarga (400 kg)  bir kunda 15–16 litr yuboriladi. 
          4. Nerv sistemasining parabiotik holatini yo’qotish va trofikasini yaxshilash 
maqsadida himoya terapiya usullari va chora – tadbirlari qo’llanadi. Buning uchun 
simpatik  gangliy  va  nerv  tugunlarining  nоvokain  qamallari  o’tkaziladi  hamda 
novokainning  0,5  %  eritmasi  uyqu  arteriyasiga  yoki  aortaga  yuboriladi.  Nerv 
markazi qo’zg’alishining oldini olish maqsadida vena ichiga 10 % natriy bromidi 
(yirik hayvonlarga 100–150 ml) har kuni, 3 kun davomida yuboriladi. 
           5.  Organizmdagi  infeksiyani  quyidagi  uslub  bo’yicha  yo’qotish  mumkin. 
Eng  avval  vena  ichiga  gentamitsin  (yirik  hayvonlarga  10  ml)  bilan  0,25–0,5  % 
novokain  eritmasi  yoki  5  %  li  10–20  ml  glyukoza  eritmasi  bilan  0,002  g/kg 
morfotsiklin  quyiladi,  so’ng  bir  soatdan  keyin  muskul  orasiga  yarim  sintetik 
penitsillinlar (ampitsillin, karbenitsillin va boshq.) yoki sefaloksin va moksalaktin 
va boshq yuboriladi.  
 
Mikroblarni  muvaffaqiyatli  bostirish  maqsadida  venaga  sekinlik  bilan 
eritiluvchi  sulfanilamidlar  (5–10  %  norsulfazol,  10–20  %  etazol)  quyiladi.  Og’iz 
orqali  sulfadimetoksin,  sulfalen  beriladi.    Kamfora  zardobini  qo’llashda  juda 
yaxshi natija kuzatiladi  (I.I.Kadikov). 
 
 
Camphorae tritae                – 4,0 
 
 
Glucosae                            – 60,0  
 
 
Spiritis aethylici                 – 300,0 
 
 
Sol natrii chloridi 0,8 %     – 700,0  
 
Yirik hayvonlarga vena orqali kuniga 2–3 marotaba 200–300 ml dan, kichik 
hayvonlarga  20–30  ml.  Bundan  tashqari  3  baravardan  ziyod  askorbin  kislotasi 
qo’shilib yuborilishi (yirik hayvonlarga 6–8 g) zarur. 
         6.  Energetik  defitsitni  to’ldirish,  jigar  baryerini  himoya  qilish  va  jigarning 
antitoksik faoliyatini tiklashda vena ichiga 20 % glyukoza quyiladi. 
 
Yuqorida aytib o’tilganlarni hisobga olib,  insulin yuboriladi (otga 100–200 
T.B., qoramolga 150–300 T.B., kichik hayvonga 5–20 T.B.). 
         7. Toksinlarni neytrallash va organizmdan chiqarib tashlash. 
Qo’llaniladi:  vitaminoterapiya,  qon  qo’yish,  venaga  gidrolizatlar,  qon,  
glyukin, reopoliglyukin,  kamfora zardobini quyish. Ular hammasi intoksikatsiyani 
pasaytiradi. 
 
Undan tashqari vena orqali 40 % geksametilentetramin    bilan  kofein  (yirik 
hayvonlarga 15–20 g/2–3 g, kichik hayvonga 0,3–2/0,2–0,3 g). 


32 
 
 
Dezintoksikatsiya va tomirlar trombozini oldini olish maqsadida vena ichiga 
geparin  yuboriladi:  400  kg  otlarga  bir  kunda  3  marotaba  4–6  ml  (1  ml  da  5000 
T.B.), kichik hayvonlarga  bir kunda bir marotaba 0,25–0,5 ml. 
 
Geparin  ayniqsa  kuyishdan  hosil  bo’lgan  sepsisda  yaxshi  natija  beradi. 
Gemodezni qo’llash katta ahamiyatga ega, chunki u aktiv adsorbent bo’lib, endo – 
va  ekzotoksinlar  bilan  tezda  kompleksli  birikmalar  hosil  qiladi.  Uning 
dezintoksikasion  ta’siri  vena  orqali  yuborilganda  10–15  daqiqadan  so’ng 
boshlanadi  (1daqiqada  40–80  tomchi).  Preparat  diuretik  xususiyatlarga  ega. 
Gemodez  bir  kunda  bir  marotaba  2–3  kun  mobaynida  qo’llaniladi,  katta 
hayvonlarga 1000–2000 ml, kichik hayvonlarga 50–150 ml. 
         8.  Sensibilizatsiyani  yo’qotish,  tomirlar  va  xujayralar  membranalarining 
o’tkazuvchanligini  pasaytirish  hamda  K  va  Ca  larning  o’zaro  nisbatini 
normallashtirish.  Buning  uchun  vena  ichiga  30  %  natriy  tiosulfati  (yirik 
hayvonlarga 50 ml, kichik xayvnlarga 3–5 ml) yuboriladi. Uning bilan C vitamini 
qo’shib yuboriladi. K va Ca larning o’zaro nisbatini to’g’rilash uchun vena orqali 
10  %  kalsiy  xloridi  eritmasi  yuboriladi  (katta  hayvonlarga  100–150  ml,  kichik 
hayvonlarga  10–15  ml).  gistaminning  yomon  ta’sirini  pasaytirish  maqsadida  teri 
ostiga dimedrol yuboriladi (yirik hayvonlarga 0,2–0,5 g, kichik hayvonlarga 0,02–
0,04 g) yoki og’iz orqali beriladi – 0,2–1,0 va 0,04–0,08 g. Undan tashqari boshqa 
antigistaminli preparatlar qo’llaniladi. 
         9. Simptomatik  davolash. Jarayonga  qo’shilgan  a’zoning funksional  holatini 
yaxshilashga qaratilgan. 
       10. Septik o’choqni mahalliy davolash usullar bilan davolash. Masalan: o’lgan 
to’qimalarni  kesib  olib  tashlash,  qisqa  novokain  qamallarni  bajarish,  mikrobga 
qarshi  kurashish,  to’qimalar  parchalanishidan  hosil  bo’lgan  moddalar 
rezorbsiyasining  oldini  olish  (drenajlash,  qontraperturalar,  osmoterapiya, 
proteolitik fermentlar). 
 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə