«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi


.  Jarohatlarning tasniflanishi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

3

Jarohatlarning tasniflanishi,
 
ularning klinik va   morfologik tavsifi. 
          
Jarohatlar  asosan  bir  –  biriga  o’xshasa  ham  ammo  oralarida  sezilarli  farq 
bor. Shuning uchun jarohatlar quyidagi asosiy turlarga bo’linadi. 
Operatsion jarohatlar. 
Tasodifiy jarohatlar. 
O’q tekkan jarohatlar. 
 
Operatsion  jarohatlar  asosan  kesilgan  va  aseptik  bo’ladi  va  shuning  uchun 
ular birlamchi tortilish bo’yicha bitadi. 
 
Tasodifiy jarohatlar esa yana bir nechta turlarga bo’linadi: 
          
Sanchilgan  jarohat
:  to’qimaga  o’tkir  uchli  jismning  qadalishi  yoki 
sanchilishidan  kelib  chiqadi  (mix,  igna,  sim,  cho’p).  Agar  jarohat  anatomik 
bo’shliq  bilan  birlashgan  bo’lsa  unga  kirib  boruvchi  jarohat  deyiladi.  Sanchilgan 
jarohat  chetlari  kam  ochiladi  yoki  umuman  sezilmaydi.  Bunda  ichki  qon  ketishi 
juda xavfli bo’ladi, ya’ni u hayvon o’limiga olib kelishi mumkin. 
          Kesilgan  jarohat
  –  o’tkir  kesadigan  jism  (pichoq,  paki,  skalpel,  shisha 
sinig’i) ta’sirida hosil bo’ladi. Bunday jarohatning chetlari tekis bo’lib, ularning bir 
biridan uzoqlashishi va qon ketishi yaqqol bilinadi. 
         
Urib  olingan  jarohat
  –  o’tmas  og’ir  narsa  (hayvon  tuyog’i,  tayoq,  hayvon 
shoxi,  temir  va  boshq)  bilan urganda  hosil bo’ladi.  Bunday  jarohatda  to’qima  va 
qon tomirlar eziladi, suyaklar sinadi. Avval rivojlangan kuchli og’riq keyinchalik 
susayadi. 
          
Yirtilgan  jarohat
  –  to’qimaga  o’tkir  uchli  narsalar  qiya  yo’nalishda  ta’sir 
qilishidan kelib chiqadi (temir ilmoq, hayvon tirnoqlari, daraxt shoxi). Jarohatning 
chetlari  va  devorlari  notekis,  og’riq  sezilarli,  qon  ketishi  kam  yoki  umuman 
bo’lmaydi. Jarohat ichida hayotga yaroqsiz to’qimalar ko’p. 
          
Ezilgan  jarohat
  –  katta  kuch  va  bosim  (traktor  g’ildiragi,  beton  plita) 
ta’sirida  hosil  bo’ladi.  To’qimalarning  anatomik  tuzilishi  buzilgan  va  ular  qon 
bilan shimdirilgan bo’ladi. Qon ketishi bo’lmasligi mumkin. Og’riq kuchli emas. 
Ezilgan  to’qimalarda  tez  vaqtda  infeksiya  rivojlanishi  tufayli  tezroq  xirurgik 
yordamni ko’rsatish lozim. 
          Tishlangan  jarohat
  –  hayvon  tishlari  ta’sirida  kelib  chiqadi.  Bu  jarohat 
infeksion  kasallikni  chaqirishi  mumkinligi  uchun  xavfli.  Undan  tashqari  ayiq  va 
bo’ri  tishlashdan  hosil  bo’lgan  jarohatlarda  ko’p  miqdorda  to’qimalar  buzilgan, 
parchalari uzib olingan, suyaklar singan bo’lishi mumkin. 


36 
 
          O’q  tekgan  jarohatlar
  –  bunday  jarohatda  (Borst  bo’yicha)  uch  zona 
kuzatiladi: 
           1.    Jarohat  kanali  (ichidagi  ezilgan  to’qima,  yod  jism,  mikroblar,  qon 
laxtalari bilan). 
           2. Travmatik nekroz zonasi. Jarohat kanalining bevosita o’rab turadi. 
           3. Molekulyar tebranish yoki nekroz rezervi zonasi. Bu zonadagi to’qimalar 
o’lmagan  bo’lsada  xujayralar  yadrolari,  sitoplazma,  kollagen  tolalarning  tuzilishi 
va innervatsiya buzilgan. To’qimalarda ko’psonli qon quyilishlar kuzatiladi. 
 
 Zaharlangan  jarohatlar  (miksitlar
)  –  zaharli  ilon,  chayon,  qoraqurt,  arilar 
chaqishida va jarohatga ximikatlar tushgandan hosil bo’ladilar. 
          4.
    To’qimalarning  buzilish  jarayoni,  mikroblarning  bor  yoki  yo’qligi  va 
boshqa  sabablar  mavjudligiga  ko’ra  jarohatlar  3  asosiy  yo’nalishlar  bo’yicha 
bitadi. 
 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə