«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

          5.
  
Ikkilamchi tortilish bo’yicha bitish

 
Ikki  fazada  kechadi;  bitish  jarayoni  1–2  oygacha  cho’ziladi.  Bitish  qon 
to’xtatilishidan  boshlanadi.  Gidratatsiya  fazasida  3–4  soatdan  so’ng  yallig’lanish 
shishi  rivojlanib,  jarohat  bo’shlig’i  qonga  to’ladi,  qoramollarda  bundan  tashqari 
fibrinogen moddasi lahtaga aylanadi. Ikkinchi kunning oxiriga borib qoramollarda 
fibrin  –  to’qimali  massa  hosil  bo’ladi.  Bu  massa  jarohatni  to’ldiradi,  atrofida 
yiringli demarkatsion yallig’lanish boshlanadi, keyinchalik proteoliz hamda o’lgan 
to’qima va fibrinning sekvestratsiyasi kuzatiladi. 
 
Jarayon  yaxshi  kechganda  3–5  kunda  granulyatsion  to’qima  hosil  bo’ladi, 
yiringlash  kamayadi,  yallig’lanish  pasayadi,  jarohat  vazogen  va  gistiotsitar 
xujayralari mavjud bo’lgan detrit bilan qoplanadi.  
 
Detrit
  –    jarohat  ekssudati  bo’lib,  granulyatsiya  o’sishi,  qon  tomirlar 
xalqalarining rivojlanishi va xujayra proliferatsiyasi uchun zarurdir. Birinchi bo’lib 
qon tomirlar endotelial xalqa hosil qiladi va ularning ichida qon aylanadi. Atrofida 
esa  leykotsit,  poliblast,  makrofag  va  fibroblastlar  to’planadi.  Ular  keyinchalik 
biriktiruvchi to’qimaga aylanadi. Jarohat asosan 4–5 kunda granulyatsion to’qima 
bilan qoplanadi. 
 
Lat yegan jarohatlarda o’lgan to’qimalar ko’p bo’lgani sababli granulyatsiya 
yaxshi o’smaydi va shunday jarohatlarning bitishi ancha cho’ziladi. 
 
Granulyatsion  to’qima  degidratatsiyaga  uchraydi  va  asta  –  sekinlik  bilan 
chandiqli  to’qimaga  aylanadi.  Jarohatning  ichi  granulyatsion  to’qima  bilan 
to’lgandan so’ng jarayon epitelizatsiya va chandiqlanish jarayoniga o’tadi. 
 
Umuman  aytganda  ikkilamchi  tortilish  bo’yicha  tasodifiy,  o’q  tekkan  va 
mikroblar  bilan  ifloslangan  jarohatlar  bitadi.  Bunday  jarohatlarda  yiringli 
yallig’lanish  rivojlanadi  va  bitish  granulyatsion  to’qima  o’sishi  bilan  kechadi. 
Bunday jarohatlarga choklar qo’yilmaydi. 
 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə