«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi


Birlamchi  tortilish  bo’yicha  bitishda



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

Birlamchi  tortilish  bo’yicha  bitishda
  yiring  hosil  bo’lmaydi  va  kuchsiz 
serozli  yallig’lanish  kuzatiladi.  Bu  yo’l  bilan  faqat  aseptik  operatsion,  hamda 
yangi, xirurgik ishlovi berilgan va chok qo’yilgan tasodifiy jarohatlar bitadi. 
 
B.M.Olikov  bo’yicha  birlamchi  tortilish  bilan  bitadigan  jarohatning 
bo’shlig’i  yoriqsimon,  tor  bo’ladi.  Bo’shliq  to’qimali  limfa  va    ingichka  fibrin 
tolalari bilan to’lgan (qon qanchalik yaxshi to’xtatilgan bo’lsa, fibrin shuncha kam 
bo’ladi). 
 
Jarohat  ichidagi  o’zgarishlar
:  birinchi  soatlarda  pH  kislotali  tarafga 
o’zgaradi.  Zararlangan  eritrotsitlar  va  fibrin  jarohat  chetlarini  o’zaro  biriktiradi, 
ammo bunday birikish hali mustahkam emas. 
          3 soatdan so’ng mikroskop ostida leykotsitlar, limfotsitlar emmigratsiyasi va 
fiziologik sistemasi xujayralarining to’planishi kuzatiladi. 
          6  soatdan  so’ng  bo’kkan  kollagen  tolalar  va  yangi  hosil  bo’ladigan 
kapillyarlarning  izlari  ko’rinadi.  Kuchsiz  (–)  manfiy  elektropotensial  hisobidan 
kapillyarlar o’sadi va o’zaro birikadi. 
         20  soatdan  so’ng  segmentyadroli  leykotsitlar  va  limfotsitlar  emmigratsiyasi 
maksimumga yetadi. 
         Bir kundan so’ng fibroblastlar yaqqol ko’rinadi. 
         48 soat ichida fibroblastlar jarohat yorig’ida to’planib, yo’lduzsimon va oval 
shaklni egallaydi va fibrinli to’qimalar orasiga kiradi. 
         4–7  kunlarga  borib,  jarohat  ichida  ko’p  miqdorda  yangi  qon  tomirlar 
kuzatiladi,  fibroblastlar  degidratatsiyaga  uchraydi  va  jarohat  yangi  to’qima  bilan 
to’ladi.  Rufanov  ma’lumotiga  binoan,  jarayon  ter  va  yog’  bezlaridan  tashqari 
barcha  elementlarning  tiklanishi  bilan  tugaydi.  3–4  haftadan  so’ng  nerv 
retseptorlari tiklanadi. 
 
Xulosa  qilib  aytganda 
birlamchi  tortilish
  bo’yicha  bitishda  hosil  bo’lgan 
jarohat bo’shlig’ida qon va sero – fibrinozli suyuqlik to’planadi, so’ng qon iviydi 
va  bo’shliq  devorlari  o’zaro  fibrinli  to’r  bilan  birikadilar  (birlamchi  yopishish). 
Birinchi 24 soat ichida ko’p miqdorda vazogen va gistiotsitar xujayralar to’planib, 
proteoliz  va  fagotsitoz    boshlanadi.  Shikastlangan  kapillyarlar  fibrinli  to’qimaga 
o’sib  kiradi  va  qarshisidagi  kapillyarlar  bilan  birikadi.  Xar  bir  kapillyar  atrofida 


37 
 
leykotsit,  poliblast,  makrofaglar  to’planib,  makrofaglarni  fibroblastlarga  aylanishi 
kechadi.  Segmentyadroli  leykotsitlar  proteolitik  fermentlar  ishlab  chiqarib, 
mikroblar  va  fibrinni  lizisga  chalintiradilar,  bu  esa 
ikkilamchi  yopishishni
  hosil 
qiladi (3–4 kun). Bunda fibroblast va makrofaglar cho’ziladi va tolali biriktiruvchi   
to’qimani hosil qiladilar – 
uchlamchi yopishish

 
Terining malpigiy qavati epidermisdan holi bo’ladi, uning xujayralari bo’kib 
cho’ziladi,  bo’linadi  va  hosil  bo’ladigan  biriktiruvchi  to’qima  ustiga  chiqib  uni 
qoplaydi.  Jarohat  muhiti  yengil  ishqorli  (pH  7–7,2).  Jarohatning  to’liq  oxirigacha 
bitishi 1 yilgacha cho’ziladi. 
 
Biriktiruvchi to’qimaning yopilishi eng tez bosh sohasida – 4 kunda, boshqa 
sohalarda  itlarda  6–7  kunda,  otlarda  8–10  kunda,  qoramollarda  7–9  kunda  hosil 
bo’ladi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə