|
«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasiumumiy va xususiy xirurgiya2
.
Jarohatning klinik belgilari.
1. Og’riq reaksiyasi
– jarohatlanish natijasida nerv va tugunlarning
shikastlanishidan kelib chiqadi. Og’riq hayvon turi, to’qima xususiyatlari va
jarohatning joylashishiga bog’liq. Masalan: tuyoqning teri asosi, jinsiy a’zo va
anus terisi, qorin pardasi, suyak usti pardasi va ko’zning shox (muguz) pardasi
o’ta sezuvchan bo’ladi. Parenximatoz a’zolar, plevra, bosh miya, tog’ay va
suyaklarning jarohatlarida og’riq uncha sezilmaydi.
Yuqorida aytib o’tilganday og’riq kuchi hayvon turiga ham bog’liq.
Masalan: qoramollarda og’riq otlarga nisbatdan kam seziladi. It va mushuklar
og’riqqa chidolmasligi natijasida og’riq shokidan o’lishlari mumkin. Qushlar esa
og’riqqa ancha chidamlidir.
Og’riq organizmning barcha sistemalariga ta’sir qiladi va u kuchli bo’lsa
shokka olib kelishi mumkin.
Og’riqning klinik ko’rinishlari: yurak urishining tezlashishi, titroq, siydik
ajralishi, ko’z qorachigining kengayishi va ter ajralishi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|